Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
6-5 UZB 19-guruhi talabasi Najmidinova Dilnozaning
"Psixologiya" fanidan
"Temperament" mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Temperament
Reja:
1. Temperament haqida tushuncha.
2. Temperament tiplari va ularning tavsifi.
3. Temperamentning individual farqlari
Insonning ruhiy olami beto'xtov harakatlar majmuasidan iborat
bo'lib , biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz
zanjir tizimiga o'xshash holda mavjuddir. Shu bois shaxs ruhiyatida atrof-muhit to'g‘risidagi taassurotlar, o'tmish
to'g'risidagi taassurotlar, o ‘tmish xotiralari, kelajakdagi ijodiy
xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maqsad va tilaklar,
mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy
sifatlar uzluksiz tarzda o'zaro o'rin almashtirib turishi evaziga
ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi.
Temperamentning bir xil xususiyatlari, favqulodda motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o'laroq , aynan shu shaxsning o'zida uning turli faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.
Temperamentning xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo'lganligi tufayli inson hayoti va faoliyati davomida yoki uning muayyan bir bo'lagida (ta'sirga beriluvchanligidan qat'i nazar) barqaror, o'zgarmas va mustahkamdir.
Yakkahol shaxsga daxldor temperamentning turli xususiyatlari o'zaro bir-biri bilan g 'ayriqonuniy ravishda birlashgan bo'lmasdan, balki ular o 'zaro muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o ‘ziga xos tuzilm ani vujudga keltiradi.
„Psixologiya“ fanida temperamentning xususiyatlari deganda alohida bir shaxsning faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o ‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi.
„Psixologiya“ fanining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar uning moddiy asosi to'g'risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o'ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan.
1
2
3
4
5
Temperament (lotincha „temperamentum“ degan so'zdan olingan bo'lib, buning
ma'nosi "aralashma") degan tushunchani anglatadi. Temperament to'g'risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460— 356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo'llanilib kelinmoqda.
Sangvinik— juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg'on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar ,ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo- ishoralarni ko'p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo'lshiga qaramay, kuchsiz ta ’sir (qo'zg‘atuvchilar) ni seza olmaydi.Serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, o'zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo'shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tcz payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari
o ‘zgaruvchan.
Xolerik—sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko'pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinim siz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekin ko‘proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarida qat'ylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to'plashda qiynaladi.
Flegmatik — sentizivligi sust, his-tuyg‘usi kam o'zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko'ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan m unosabatda bo'ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko'zga
yaqqol tashlanmaydi. Lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur'ati sust. Farosati kamroq. Diqqatni to'plashi osoyishta. Diqqatni ko'chirish
qiyin.
Melanxolik—sentizivligi yuksak. Tortinchoq, g ‘ayratsiz. Arazchan, xafaqon. Jimgina yig'laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas.
Diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust o'zgaradi. Rigid. Interavertirovanlashgan.
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |