Sirtlarning o’zaro kesishuv chizig’i
mavjud bo’lgan detalning ortogonal va aksonometrik proyeksiyalari bajarilsin.
Ushbu masala A3 chizma formatida bajariladi.
Shuning uchun uning 4 bosqichli
chizmasi keltiriladi. Quyida tarkibida sirtlarning kesishish chizig‘i mavjud bo‘lgan
detalning ortogonal proyeksiyalarini bajarish 4ta bosqichda ko‘rsatilgan.
1-bosqich. Dastlab, berilgan variantdagi detal o‘chamlari asosida 2ta
ko‘rinishi bajariladi.
2-bosqich. Keyin detal tarkibidagi o‘zaro kesishayotgan sirtlarning kesishish
chizig‘i aniqlanadi va maqsadga muvofiq qirqimlar tadbiq qilinadi.
3-bosqich. Detal ko‘rinishlarga uning o‘lchamlari to‘liq qo‘yiladi.
4-bosqich. Detalning ortogonal proyeksiyasi asosida uning aksonometrik
proyeksiyasi quriladi. So‘ngra chizma taxt qilinadi. Ya‘ni chiziq turlariga rioya
qilinadi va asosiy yozuv o‘rni to‘g‘rilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |