DISSOMNIYA NEVRALOGIYA 509-GURUH QOYILOVA UMIDABONU - Uyqusizlik – yuzaki yoki chuqur uyquning tez-tez buzilish holatidir. Bunday holatni davolash juda muhim sanaladi, chunki uyqusizlik dardiga duchor bo‘lganlar normal uxlay olmaganlari uchun charchash, kunduzgi uyquchanlik, qo‘zg’aluvchanlik, ish qobiliyatining pasayishi va diqqatni jalb qilish qobiliyati pasayishi kabi holatlardan aziyat chekadilar. Uyqu – bu inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi holatdir. Uyquga bosh miya markazlari javob beradi va ular gipotalamusda joylashgan bo‘ladi. Normal uyqu ikki fazani o‘z ichiga oladi: tez (yuzaki) va sekin (chuqur) uyqu.
- Uyqu holatida organizm kun davomida sarflagan jismoniy va psixik resurslarni qayta tiklab oladi. Bolalik davrlarida uyqu vaqtida o‘sish gormonlari ishlab chiqariladi. Statistika bo‘yicha dunyo aholisining 35 % qismi uyqusizlik dardidan aziyat chekadi. Shuning uchun ham bu kasallik bilan kurashish dolzarb muammolardan biridir.
- yqusizlik kelib chiqishi organizmning biologik soati buzilganidan dalolat beradi. Uyqusizlikka olib keluvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Uyqu gigiyenasiga rioya etmaslik – noqulay o‘rin yoki yostiqlar, baland shovqinlar va boshqalar;
- Psixologik qo‘zg‘aluvchanlik, stress, xavotirlanish va boshqa kuchli emotsioanal holatlar;
- Nevroz va depressiya holatlari;
- Bosh miya kasalliklari (bosh miya chayqalishi, infeksion kasalliklarida);
- Har qanday somatik kasalliklari, ayniqsa infeksion kasalliklar;
- Xurrak otish (ranxopatiya), apnoe holatlari;
- Bezovta oyoqlar sindromi;
- Stimullovchi dori preparatlarini qabul qilish;
- E’tibor bering: ilmiy jihatdan isbotlangan fakt – uyqusizlik kelib chiqishida nasliy omil ham katta rol o‘ynaydi.
- Uyqusizlik davosi
- Uyquning buzilishi ko‘pgina kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin, shuning uchun uyqusizlikni davolashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Tungi uyquga ketishni va uyquni osonlashtiruvchi bir qator chora tadbirlar bor, ular quyidagilar:
- Jismoniy mashqlarni muntazam bajarib turing;
- Tunda uyqudan oldin ko‘p ovqat yemang;
- Kunning ikkinchi yarmida kofein saqlovchi har qanday mahsulotlarni iste’mol qilmang;
- Yotoq joyingizda qulay sharoitni hosil qiling;
- Uxlashdan 5-10 daqiqa oldin – sokinlashtiruvchi mashqlar bajaring, sokin musiqa tinglang, vanna qabul qiling va shu kabilar;
- Shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, uyqu dorilarini qabul qilmang;
- Amaliyotda uyqusizlik dardiga duchor bo‘lganlarning 70 % ga yaqini, dori preparatlar qabul qilmasdan, normal uyqu holatini tiklab olishga erishishgan. Birinchi navbatda kun tartibini aniq tuzib olish va unga qat’iy rioya etish kerak. Ma’lum bir vaqtda yotib, ma’lum bir vaqtda uyg‘oning, shunda biologik soatingizni belgilab olasiz. Bundan tashqari yotoq xonangizga ham e’tibor qarating.
- Uyqusizlikni noan’anaviy usullar bilan davolash
- Uyqusizlik dardini noan’anaviy tibbiyot muolajalari yordamida ham davolasa bo‘ladi. bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- Gomeopatik davo – uyqusizlikning darajasiga asoslanib, kichik dozalarda gomeopatik preparatlar tavsiya etiladi. Bu vositalarning nojo‘ya ta’sirlari kam va o‘rganib qolish hissini chaqirmaydi. Ammo, gomeopatik vositalarning samarasi tibbiyot tomonidan isbotlanmagan.
- Autotrening mashqlari. Barchaga ma’lum bo‘lgan “qo‘ylarni sanash” usuli ham tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
- Uyqusizlikni oldini olish
- Uyqusizlikka uchramaslik uchun bir qator tavsiyalar bor:
- Doimo ma’lum bir vaqtda uxlab, ma’lum bir vaqtda uyg‘oning, shunda organizm o‘zining biologik ritmiga tushib oladi;
- Ovqatlanish tartibini to‘g‘ri tanlang, tana vazningizga e’tibor qarating, uyquga ketishidan oldin ovqatlanmang, kunning ikkinchi yarmida energetik ichimliklar ichmang;
- Kun davomida uxlamaslikka harakat qiling;
- Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajarib turing;
- Jismoniy va ruhiy jihatdan tinchlanishni o‘rganing;
- Uxlash uchun spirtli ichimliklar ichmang, ular uyquga ketishingizni osonlashtirishi mumkin, lekin uyqu sifatini buzadi;
- Bolalar uchun optimal uxlash holati – qorin bilan yotishdir.
- Uyqusizlik organizm sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va hayot sifatini pasaytiradi. Shuning uchun uyqusizlikni bartaraf etishda shifokor mutaxassis tavsiyalari kerak bo‘ladi. sog‘lom uyqu – yaxshi kayfiyat va sog‘liq garovidir!
Do'stlaringiz bilan baham: |