Navashin-Krilov suyuqligi. Buning tarkibida 10 ml 1% li xrom kislota
eritma- si, 10 ml 10% li formalin va 90 ml distillangan suv bor. Bu eritmani
ishlatish oldidan unga 1-2 ml sirka kislotasi solinadi.Bunda ob‘ektlarni 4-6 soat
saqlab, so'ngra ob‘ektdan xrom kislotasini chiqarib yuborish uchun uzoq vaqt (24-
26 soat) oqar suvda yuviladi. Krilovning taklifi bo'yicha, ob‘ektlar Navashin
suyuqlig'idan olingandan keyin 5-10% li formalinga solinishi kerak, bunda
ob‘ektda qolgan xrom kislotasi tezda chiqib ketadi, natijada ob‘ektlarni yuvish
muddati ancha qisqaradi. Navashin va Krilov suyuqlig'i hujayra o'zaklarini va
protoplazmaning tarkibiy qismlarini temir gematoksilin bilan bo'yashda yaxshi
natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |