Gistologik preparatlarni tayyorlashda filtr qog'ozi, marli, gigroskopik paxta,
spirt lampasi, farfor havoncha (kristall kimyoviy moddalarni yanchish uchun), elektr
plitkalar, kimyoviy tarozilar, qum soatlar, shishaga yozadigan har xil rangli qalamlar
bo'lishi lozim.Bulardan tashqari, ob‘ektlarni turlicha yo'l bilan ishlashda kerak
bo'ladigan kimyoviy moddalar, reaktivlar hammavaqt zapas bo'lishi zarur.
Shuningdek, turli moddalarni eritish, preparat va idishlarni quritish va zarur bo'lgan
temperaturada saqlanadigan ob‘ektlami qo'yish uchun ishlatiladigan termostatlar ham
zarur bo'ladi. Termostat turli katta-kichiklikda bo'lib, metalldan yasalgan qutichadan
iboratdir; uni elektr quvvati bilan kerakli turg'un temperaturada saqlash
mumkin.Nihoyat, gjstologik laboratoriyaning eng muhim qurollaridan biri
mikroskopdir.
Do'stlaringiz bilan baham: