Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

Sinov uchun savollar: 
1.Blastula nima? Uni aniqlab tushuntiring. 
2.Blastulaning qanday turlarini bilasiz? 
3.Blastulaning tuzilishi. 
10-MASHG‘ULOT 
Gastrulyasiya 
Mashgulotning 
masadi: 
Gastrulyasiya 
jarayoni 
bilan 
tanishish. 
Gastrulyasiya usullarini urganish. 
Kerakli  jiozlar:  mikroskoplar,  yoritgich  chiroqlar,  tayyor  gistologik 
preparatlar  jamlanmasi,  amaliyot  darsi  uchun  uslubiy  qullanmalar,  amaliyot  darsi 
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar. 
 
  Ontogenezda  embrion  varaqalarining  shakllanish  jarayoniga  gastrulyasiya 
deyiladi.  
  Gastrulyasiya  usullari.  Morula  yoki  blastula  hosil  bo‗lishi  bilan 
tugallanadigan  bo‗linishdan  so‗ng  hujayraviy  materiallar  differensiallanishi 
bo‗lmaydi  va  ikki  qatlamli  embrion  -  gastrula  hosil  bo‗la  boshlaydi.  Uning 


shakllanishiga  olib  keladigan  jarayon  gastrulyasiya  deb,  bunda  paydo  bo‗luvchi 
hujayraviy  qatlamlar  esa  embrion  varaqalari  deyiladi.  Ulardan  tashqisi  ektoderma 
(ectos-tashqi,  derma  teri),  ichkisi  esa  entoderma  (entos-ichki)  nomini  olgan. 
 
Ikki  qatlamli  embrion  bosqichini  deyarli  hamma  ko‗p  hujayralilar  o‗taydi. 
Gastrulyasiya vaqtida blastula yoki morula bosqichlarida boshlangan o‗zgarishlar 
davom  etadi,  shuning  uchun  blastulaning  har  xil  tiplariga  gastrulyasiyaning  ham 
turli tiplari mos keladi. Lekin gastrulyasiya qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, gastrula 
to‗rtta  asosiy  usullar  bilan:  ichga  botib  kirish  (invaginatsiya),  ko‗chib  o‗tish 
(immigratsiya),  qatlamlanish  (delyaminatsiya)  va  o‗sib  qoplash  (epiboliya)  bilan 
o‗tishi  mumkin.  Ichga  botib  kirish  (invaginatsiya)  seloblastulada  kuzatiladi.  Bu 
gastrulyasiyaning  eng  oddiy  usuli  bo‗lib,  blastulaning  vegetativ  qismining 
blastosel  ichiga  botib  kirishidan  iborat  bo‗ladi.  Dastlab  kichkina  holda  paydo 
bo‗lgan  ichga  botib  kirish  borgan  sari  chuqurlashadi  va  qatlamli  bo‗lib  qoladi: 
uning devori tashqi - ektodermadan va ichki entodermadan tuzilgan.  Vegetativ 
yarim  sharning  ichga  botib  kirishi  natijasida  blastosel  asta-sekin  siqib  chiqariladi 
va yangi bo‗shliq birlamchi ichak bo‗shlig‗i yoki gastrosel hosil bo‗ladi. U tashqi 
muhit  bilan  birlamchi  og‗iz  yoki  blastopor  teshigi  orqali  tutashadi.  Blastoporning 
chekkalari  lablar  deyiladi.  Blastoporning  yuqorigi,  elka  va  pastki  -  qorin  labi 
farqqiladi. 
  Immigratsiya  -  ayrim  hujayralarning  blastula  devoridan  blastoselga  ko‗chib 
joyini o‗zgartirishidan iborat bo‗lib, mana shu erda ichki varaq - ektoderma hosil 
bo‗ladi. Hujayraning ko‗chishi faqat bir qutbda yuz berishi mumkin va bu vatqda u 
unipolyarli deyiladi yoki blastulaning hamma ichki yuzasidan ko‗chadi, bu  holda 
uni 
multipolyarli 
deyiladi. 
Birinchisi 
gidromeduzalarda, 
ikkinchisi 
sarkomeduzalarda  va  ba‘zi  bir  bulutlarda  kuzatiladi.  Immigratsiyada  hujayralar 
yoki  birdaniga  ichki  varaqni  hosil  qiladiganlar  bo‗lib  yoki  hamma  bo‗shliqni, 
keyinchalik  varaq  paydo  bo‗ladigan  yaxlit  massa  bilan  tuldiradigan  bo‗lib 
joylashadi.  Keyingi  holda  gastrosel  kechroq  paydo  bo‗ladi.  Unipolyarli 
immigratsiyada  blastoporning  holati  hujayralarning  ko‗chgan  joyi  bilan 
belgilanadi, multipolyarlida uni aniqlash mumkin emas. 


  Qatlamlanish (delyaminatsiya) masalan, ba‘zi bir meduzalarda kuzatiladi va 
blastula    devorining  ajralishiga  olib  boradi.  CHo‗zinchoq  hujayralarda  mitozlar 
urchug‗i  blastula  yuzasiga  perpendikulyar  bo‗lib    qoladi  va  shuning  natijasida 
hujayralar  hosil  qiladi,  holbuki  tashkilari  ektodermani  beradi.  Bunday 
delyaminatsiya  birlamchi    deyiladi.  Ikkilamchi  delyaminatsiya  morula  va 
sterroblastula  bo‗lgan  taqdirda  kuzatiladi.  Bu  ham  xuddi  birlamchiday, 
hujayralarning  ajralishidan  iborat  bo‗ladi.  Biroq,  blastoselning  yo‗qligi  tufayli 
hujayraviy  qatlam  ichkariga  emas,  balki  tashqariga  ayriladi.  Bu  qatlam  - 
ektoderma, ichkariga oluvchisi esa - entoderma bo‗ladi. 
  O‗sib  qoplash  (epiboliya)  sterroblastula  bo‗lgan  holda  kuzatiladi.  Mayda 
animal hujayralar juda tez bo‗linadi va sariqlik bilan to‗la band bo‗lganligi sababli 
deyarli  harakatsiz  bo‗lib  qolgan  ancha  yirik  dermal  qoplamni,  ikkinchilari  - 
entodermal qatlamni beradi. Gastrulyasiyaning barcha bayon etilgan tiplari ayrim-
ayrim holda kam uchraydi, odatda ular bir-biriga qo‗shilgan bo‗ladi. Bir vatqning 
o‗zida ko‗pincha qoplab olish bilan ichiga botib kirish sodir bo‗ladi: qatlamlanish 
immigratsiya bilan birga sodir bo‗ladi (25- rasm). 
 
 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish