3-tajriba. Baqa qonining surtmasi. Ma‘lumki, yadrosiz eritrotsitlar faqat sut
emizuvchi hayvonlar qonidagina bóladi. Baqaning eritrotsitlari odam
eritrotsitlariga nisbatan anchagina katta bólib, diametri 23 mk.ga etadi. Ular oval
shaklga ega. Markaziga tóq binafsha rangga bóyalgan ovalsimon yadro joylashadi.
Sitoplazmasi esa pushti rangga bóyaladi. Eritrotsitlar orasida trombotsitlar ham
uchraydi. Baqa qonining tromboitlari odam, it, kalamush trombotsitlaridan
binafsha rangli ovalsimon yadrosining borligi bilan farq qiladi.
Topshiriqlar: Órganilgan preparatlardagi tóqimalar rasmini albomga chizish
va ma‘lum kónikmaga ega bólish.
Do'stlaringiz bilan baham: |