Shampi suyuqlig'i. Bu suyuqlik 7 ml 1% li xrom kislotasi,7 ml 3% li kaliy
bixromat, 4 ml 2% li osmiy kislotasidan iborat.Shampi suyuqlig'i hujayra ki-
ritmalarining nozik tuzilishini (xondriosom, Goldjining to'r apparati va boshqa
kiritmalar) juda yaxshi konservlash xususiyatiga ega. Bu suyuqlik ob‘ektning ichki
qavatlariga sekin-asta shimiladi, shuning uchun ob‘ekt mumkin qadar kichik va
yupqa bo'lishi lozim. Kichik ob‘ektlar o'rtacha 1-3 kun davomida konservlanishi
kerak. Yuqorida ko'rsatilgan konservlovchi suyuqliklardan tashqari yana juda ko'p
konservlovchi aralashmalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |