Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

29-rasm. Baqaning neyrulasi 
1-ektoderma, 2-nerv valigi, 3-xorda, 4-entoderma(I.V.Almazov va L.S.Sutulov, 1978 bo‗yicha). 
 


Sut emizuvchilar neyrulyasiyasi. 
  Xorda  ustida  joylashgan  nerv  plastinkasi  nerv  nayiga  aylanadi.  Nerv 
plastinkalar  esa  ektodermadan  kelib  chiqadi.  Dastlab  ekdermaning  bir  qismi 
cho‗zinchoq  plastinka  shaklida  ichki  tomonga  bo‗rtib  chiqadi  va  qalinlashadi. 
Keyinchalik  bu  plastinkaning  o‗rtasi  cho‗ka  boshlab,  uning  yon  cheti  bir-biriga 
yaqinlashaveradi, so‗ngra ular qo‗shilib ketadi. Natijada boshlanich miya naychasi 
hosil  bo‗ladi  va  ektodermadan  uzilib,  mustaqil  holat  oladi.  Miya  naychasining 
ustki  qismi  keyinchalik  uchta  pufak  hosil  qilib,  bosh  miyaga  asos  soladi,  pastki 
(dum tomondagi) qismi esa bir tekisda o‗sib, orqa miyaga aylanadi. Dastlabki nerv 
plastinkasi  avval  bir  qator  epiteriy  (qoplovchi)  hujayralardan  iborat  bo‗lsa, 
plastinkaning  chetlari  birikib  naycha  hosil  bo‗lishi  davriga  kelib,  hujayralarning 
soni ortadi, natijada, yana ikki qavat yangi hujayralar paydo bo‗ladi. Bu uch qavat 
hujayralarning  eng  ichki  (naychaning  ichiga  qaragan)  qavaqtidan  orqa  miyaning 
markaziy  kanalini  ichidan  qoplab  turgan  parda  taraqqiy  etadi.  o‗rta    qavat 
neyroblastlardan  iborat  bo‗lib,  undan  orqa  miya    markazidagi  kulrang  modda 
vujudga  keladi,  eng  tashqi  tomondagi  qavatdan  neyritlar,  ya‘ni  nerv 
hujayralarining o‗simtalari paydo bo‗ladi.  Miya 
naychasining 
pastki 
(ya‘ni 
keyinchalik  orqa  miyaga  aylanadigan)  qismining  hamma  devorlari  dastlab  bir  xil 
qalinlikda bo‗ladi. Keyinchalik,  naychaning  ikki  yon  devorlari  qalinlashaveradi, 
oldingi  va  orqa  devorlari  esa  u  qadar  tez  taraqqiy  etmaganligi  tufayli  bir-biridan 
uzoqlashgandek,  ya‘ni  chuqurlashgandek  bo‗ladi.  SHunday  qilib,  orqa  miya  ana 
shu  oldindan  orqaga  tomon  cho‗zilgan  bo‗shliq  yordamida  ikkita  teng  bo‗lakka  - 
o‗ng va  chap  bo‗lakka  ajraladi.      YUqorida  miya  naychasining ustki qismi  uchta 
pufakcha  hosil  qilganligini  qayd  qilgan  edik.  Bu  birlamchi  pufakchalarning 
oldingisiga  telecefalon  (oldingi  miya),  o‗rtasidagi  mezecefalon    (o‗rta  miya)  va 
uchinchisiga  rombecefalon  (rombsimon  miya)  deyiladi.    Ko‗p  vaqt  o‗tmay  bu 
birlamchi  pufakchalarning  birinchisi  va  uchinchisi  yana  ikkitadan  pufakchalarga 
bo‗linadi. Oldingi miyadan hosil bo‗lgan pufakchalarning oldingisiga orta miya va 
ikkinchisiga uzunchoq miya deyiladi. o‗rta miya pufakchalarga bo‗linmay, aslicha 
qolaveradi.  Bu  pufakchalar  embrion  taraqqiyotining  dastlabki  davrida  to‗g‗ri,  bir 


qatorda  joylashgan  bo‗lsa,  keyinchalik  bosh  miyaning  tez  o‗sishi  natijasida  o‗z 
joyini  o‗zgartirib,  bukila  boshlaydi.  Natijada  uch  joyda  egilish  vujudga  keladi. 
Bukilmalarning bittasi o‗rta miya sohasida bo‗lib, buni tepadagi bukilma deyiladi. 
Ikkinchisi ko‗prik bukilmasi nomi bilan orqa miya sohasida bo‗ladi, uchinchisi esa 
uzunchoq sohasida bo‗lib, ensa bukilmasi deyiladi. Bu bukilmalarning o‗rtasidagi 
(ikkinchisi)  oldinga,  birinchisi  va  uchinchisi  esa  uzunchoq  miya  sohasida  bo‗lib, 
ensa  bukilmasi  deyiladi.  Bu  bukilmalarning  o‗rtasidagisi  (ikkinchisi)  oldinga, 
birinchi  va  uchinchisi  esa  orqaga  tomon  ko‗tarilgan  bo‗ladi.  Bunday  bukilmalar 
bosh  miya  qismlarining  bir  vaqtda  va  bir  xil  tezlikda  taraqqiy  etmasligidan  kelib 
chiqadi.  Bir  qismning  tez  o‗sishi  va  takomillashishi,  ikkinchi  qismning  sekinlik 
bilan  o‗sishi  ana  shunday  o‗zgarishlarga  olib  boradi,  miyaning  umumiy  tuzilishi 
esa  asta-sekin  murakkablashadi.  SHunday  qilib,  sut  emizuvchi  hayvonlarda, 
jumladan  odamda  nerv  sistemasi  taraqqiy  etadi.  Nerv  sistemasining  shakllanishi 
aniqrog‗i nerv nayining shakllanishi bilan bir vaqtda embrionning ichki varaqidan 
bo‗lajak ichki organlar rivojlanadi. 

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish