Osteonda yorug‘roq va qoramtirroq bólib kórinuvchi plastinkalar ketma-ket
bólib joylashadi. Suyak plastinkalari orasida suyak hujayralari yotadi. Gavers
kanalchalari ichida esa suyakni oziqlantiruvchi qon tomirlar, nervlar joylashadi.
Osteon oralarida oraliq suyak plastinkalari joylashib, bular osteonga nisbatan
kóndalangiga yónaladi. Ayrim Gavers kanallari kóndalang Folkman kanallari
yordamida ózaro tutashib turadi. Folkman kanallari ózining xususiy devoriga ega
bólmay, osteonni teshib ótadi.
Do'stlaringiz bilan baham: