Bog'liq embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1
Maxsus gistologik preparatlar tayyorlash va bo'yash. Yog‘ to'qima va
yog‘ moddalarni bo'yash. Yog‘ to'qimalarni va turli yog‘ moddalarni tekshirish
uchun ko'pincha sudan III va
qizil Sharlax
bo'yoqlari ishlatiladi. Yog‘ to'qimalarni
va yog‘ moddalarni tekshirish uchun ob‘ektlarni formalinda 1-2 sutka konservlab,
keyin yuviladi va muzlatuvchi mikrotom yordamida kesiladi. Bu kesmalarni
distillangan suvga solinadi. So'ng 1 minut 20° li spirtda, so'ngra 20 minut spirtli
sudan III eritmasida tutiladi. Shundan keyin ularni tezda 20° li spirtda chayqab,
distillangan suvda yuviladi.