Zarur jihozlar: mikroskop, silliq muskul hujayralari tasvirlangan
mikropreparatlar, tablitsalar, slaydlar, albom.
Ishni bajarish tartibi:
1-tajriba.Silliq mushak hujayrasi (siydik pufagidan tayyorlangan).
Preparatni kichik obektiv bilan kuzatganda yumshoq biriktiruvchi tóqima tolalari
orasida yakka yoki dasta-dasta bólib yotgan silliq mushak hujayralari kózga
tashlanadi. Mushak hujayrasi chóziq, duksimon; uning bir muncha yóg‘on órta
qismida tayoqchasimon yadrosi yotadi. Hujayra sitoplazmasi eozin bilan pushti
rangga bóyalib, undagi maxsus organellalar-miofibrillalar yaxshi kórinmaydi.
Silliq mushak hujayralari ba‘zan tarmoqlangan bólishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |