2-tajriba.Naysimon suyakning bóylama kesimi. Bu kesmada ham 1-tajri-
badagidek barcha suyak tarkibiy qismlarini kórish mumkin. Bunda Gavers
kanallari buylama kesilganligi tufayli ularning uzun naychalar shaklida tuzilganligi
yaxshi kórinadi. Ammo uning devoridagi Gavers sistemasi plastinkalarining
kontsentrik joylashuviga kelsak, buning butun kórinmasligi tabiiydir. Folkman
kanallari bu kesmada juda yaxshi kórindi. Ular Gavers kanallarini tutashtirib «N»
shaklini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |