Buxoro davlat universiteti biokimyo va sport biokimyosi fanidan 2-Amaliy ish


Lipidlar qanday moddalar? Lipidlar



Download 34,64 Kb.
bet2/3
Sana19.02.2022
Hajmi34,64 Kb.
#459928
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu savollari

8. Lipidlar qanday moddalar?
Lipidlar (yunoncha:lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida L. muhim ahamiyatga ega. L. biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi. L.ning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat.
Koʻpchilik L. yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, L. bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy L. yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol L. (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab L. ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab L. molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik L. sirt faol moddalar hisoblanadi. L. organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. KoʻpchilikL. hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi.
Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.

9. Lipoidlar organizmda qandayfunksiyani bajaradi?
Lipidlar almashuvuning nеrv - gumoral boshqarilishi yog` to`qimalarida triglitsеridlarning mobilizatsiyasi va sintеzida namoyon bo`ladi. Adrеnalin, noradrеnalin, glyukagon, tiroksin, triyodtironin, somatotropin, β–lipotropin, kortikotropin, gormonlari; gistamin, sеrotonin kabi gormonsimon moddalar lipoliz va qonga yog` kislotalari o`tishini oshiradi. Insulin esa, aksincha lipolizni to`xtatadi, bundan tashqari uglеvodlardan trigilitsеridlarning yangidan hosil bo`lishini kuchaytiradi, umuman yog` to`qimalarida liridlarni to`planishini ta'minlaydi.


10. Organizmda yog'lar qanday gidrolizga uchraydi?
Ovqat lipidlarining asosiy qismini tashkil etuvchi triatsilglitsеrinlar gidrolizi pankrеatik lipaza ta’sirida amalga oshadi. Lipaza faol bo`lmagan holatda tushadi. U ichakda maxsus kofaktor – kolipaza va o`t kislotalari yordamida faollanadi. Faol lipaza yog` tomchilarining triatsilglitserinlariga ta’sir etadi. Ko`pincha 2-monoatsilglitsеrin va erkin yog` kislotalari gidroliz mahsulotlari bo`lib hisoblanadi.

Ichakning karboksiesterazalari va oshqozon osti bezining shirasi 2-monoatsilglitserinni erkin yog` kislotalari va glitseringa parchalaydi. Triatsilglitserinlarning gidrolizida kaltsiy ionlari yordam berib, erkin yog` kislotalari bilan kompleks hosil qiladi.



11. Fosfolipidlar qanday funksiyalarni bajaradi?
Fosfolipidlar, fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari boʻladi. F. tarkibiga glitserin, yogʻ kislotalari, aldegidlar va azotli birikmalar (xolin, etanolamin, serii) kiradi. Glitserofosfatidlar [fosfatidilxolin (letsitin), fosfatidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin] va fosfosfingolipidlar — fingomiyelinlar F.ning muhim vakillari.
F. tabiatda keng tarqalgan. Asosiy struktura komponentlari sifatida hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar xujayra membranalari tarkibiga kiradi. Oqsillar bilan lipoprotein komplekslar hosil qiladi.
F.dan tashqari fosfonolipidla r ham maʼlum, bularda fosfor atomi azot asosiga (xolin va etanolaminga) R—S kovalent bogʻ orqali birikkan. Bu birikmalar mollyuskalar va bakteriyalarda topilgan.

12. Steroidlar qanday lipidlar jumlasiga kiradi

Download 34,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish