2.FAYLLARNI ARXIVLASh
Fayllarni arxivli nusxasini yaratish uchun maxsus arxivlovchi dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlar disketadan joyni tejaydi va arxiv faylidan foydalanishda qulayliklar yaratadi. Arxivlovchi dasturlar fayl nusxasini diskda siqib joylashtiradi, fayllarni arxivdan olish va arxiv mundarajasini ko’rish imkonini beradi.
Arxivli fayl bir necha fayllarning siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, oxirgi o’zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tekshirish kodi haqidagi ma’lumot beriladi.
Fayllarni arxivga siqishda matnli axborotlar 80-90%, grafik axborotlar 60-70% , rasm fayllar 20-30% va bajariluvchi fayllar esa 10-20% ga siqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |