Buxoro davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti



Download 141,45 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2022
Hajmi141,45 Kb.
#686200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5388857417175931147

Mavzuning maqsadi: Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak
Mavzuning vazifalari: Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon,demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etish” O’zbekiston nashriyoti
Ta’limiy: Talabalarni yangilanib borayotgan qonun farmonlar bilan tanishtirib borish.
Tarbiyaviy: Xalq bilan muloqotga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: Yangi O’zbekistondagi o’zgarishlar bilan tanishib borish.
Mavzuning predmeti: Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak
Mavzuning obyekti: Xalq bilan muloqot bo’lgan jarayonni o’rganish.

I.BOB.O’zbek davlatchiligi tarixi
I.1.Amir Temur davridagi davlat boshqaruvi
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo davriga taalluqli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlar-u, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil.av.2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil.av. 7-6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik davlatlar-"Katta Xorazm" va qadimgi Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona viloyatlari qadimgi tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilariga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narshaxiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va boshqa mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik davlatlari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida xorazmshohlar mamlakatni markazlashtirishga harakat qildilar, ammo bu jarayonga moʻg’ul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha-iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va kurashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin.18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta davlat xonligi paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqlolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqdi. Oʻzbekiston davlati mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi.Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillikvarvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi.Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qarab bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi.Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysuntirdi.U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi,balki bo’ysuntirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi.Bag’dod,Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir.Karvon yo’llarida rabotlar,qal’alar,ko’priklar,shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’-u bo’stonlar barpo etdi.Siyosiy tarqoqlik tugatilib,markazlashgan davlatning tashkil topishi kata ijobiy oqibatlarga olib keldi.Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazullga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi.Ayni vaqtda xo’jalikning asosi bo’lgan sug’orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro’y berdi.Yangi-yangi kanallar qazilib,sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi.Hunarmadchilik,ichki va tashqi savdo rivojlandi,fan va madaniyat ravnaq topib,shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi,mohir sarkarda sifatida O’zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o’rin tutadi.U hayotlik davridayoq uning harbiy yurishlari va davlat boshqarish usullariga bag’ishlangan maxsus asar yaratilib,u “Temur tuzuklari” nomi ostida shuhrat topdi.Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish,toj-u taxt egalari faoliyatining tartibi-tutumi va vazifalari,vazir va qo’shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan.Amir Temurning “…..davalt ishlarining to’qqiz ulushini kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, “Kuch adolatdadur”degan so’zlari uning mamlakatni aql zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o’ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davalati bilan dunyoni lol qoldirdi.

Download 141,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish