Mavzuning maqsadi: Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi.
Mavzuning vazifalari: ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Mavzuning predmeti: Sh.Mirziyoyev asarlari
Mavzuning obyekti: “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” konsepsiyasi
I.1.Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. SHu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi - skelet bo‘lsa, amerikancha orzu - uning qalbidir“ degan edi. Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar tarbiyasiga quril di. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali - Human Capital uchun sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko‘rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. CHunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo‘porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g‘oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.
Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori - O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi - har yilning bosh Dasturi, mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib qolmaydi. CHunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g‘oya ro‘yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Demokratiya - to‘g‘rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan - haqni, zolimdan - mazlumni, zo‘ravondan - ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo‘lsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib qoladi. Xalq norozi bo‘ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g‘oya o‘z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. YAxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi - yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq- tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o’sishini, inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
I.2.Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Quyidagilar:
— 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya muvofiq;
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar muvofiq tuzilsin.
Belgilab qo’yilsinki:
Harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanadi;
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
2017 yil O’zbekiston Respublikasida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini
— 2021 yillarda amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar bilan birgalikda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin.
Belgilab qo’yilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi to’g’risidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar tomonidan har chorakda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratsin:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda byurokratik to’siq va g’ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo’l qo’ymaslikka;
Davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni ta’minlasin.
O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog’ida keng sharhlab borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik- osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, to’g’ridan-to’g’ri muloqotini kuchaytirishga yo’naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to’g’risidagi xolis, to’liq ma’lumot aholiga tezlik bilan etkazilishini ta’minlasin.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyot tajribasini, zarur bo’lganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, o’rganishda ko’maklashsin.
Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Milliy g‘oyamizning bosh g‘oyasi “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari”. Yuksalish - harakatni talab qiladi. Demak, milliy g‘oyamiz harakatlar mafkurasi bo‘ladi. Milliy g‘oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. YOtganni - o‘tqazadi, o‘tirganni - turg‘izadi, turganni - yurgizadi, yurganni - yugurishga undaydi. Tushuntiradi. CHunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko‘r-ko‘rona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin bo‘ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo‘ladi.G‘oyaviy birlik odamlarning qaysi xatti- harakatlarida ko‘rinadi? O‘zaro mehribon, hamfikr va bir-birini qo‘llab- quvvatlayotganida, ishda, o‘qishda, innovatorlikda, tadbirkorlik, ilm, ijodda faolliklarida va buni milliy g‘oyaga bog‘lab tushunishlarida, oila, ishxona, real va virtual hayotda o‘zaro ahilliklarida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, milliy g‘oya ro‘yobiga xalaqit beruvchi buzg‘unchi g‘oyaga qarshi tez va uyushishlarida. Masalan, 2019 yil aprel-may oylarida davlat tili bo‘yicha boshlangan bahs- munozaralar bizning birlasha olishimizni ko‘rsatdi. Baxtli, hayotdan rozi bo‘lishiga ishonchida, so‘z va amal birligida ham milliy g‘oya yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida barcha sohalardagi muhim masalalarga birma-bir to‘xtalib o‘tib, jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, shu bois, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o‘ta sharafli vazifaligini alohida ta’kidladilar.
Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2020 yilga «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berilishi har bir fuqaroni qay lavozimda bo‘lmasin, o‘z ustida tinmay ishlashi, ilm-ma’rifatni o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda faoliyatini yanada rivojlantirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
II.1. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi.
Barchamizga ma’lumki, bugun dunyo hamjamiyatidagi har bir davlat xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini egallashga, mavjud salohiyatlarini yana-da yuksaltirishga intiladi. Shu jumladan, mamlakatimiz ham bugun dunyoning nufuzli indikatorlari tizimida o‘zining o‘rnini egallashga, ko‘rsatkichlari darajasini ijobiy tomonga siljitishda barcha zarur chora- tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir ma’lumot: Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o ‘rganishni ta ’minlasin ”, deya qayd etilgan edi. Bu esa O‘zLiDeP uchun ham nihoyatda muhim masalalar sirasiga kiradi. Zero, Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish borasida mas’uliyatni his etayotgan siyosiy kuch, partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar esa investitsiyalarning kirib kelishidan bevosita manfaatdor qatlamdir.
Shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ham partiyamiz kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi va unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish; iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan masalalar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi O ‘zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan alohida eshituvlar tashkil etish; hamkor tashkilotlar bilan birgalikda markazda va joylarda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini o ‘rnatish; tadbirkorlar, fermerlar bilan doimiy muloqot o ‘rnatish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chor- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar buning isbotidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq boshqa vazifalar qatorida 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |