Ikkipallali mollyuskalar- (Bivalvia) - Ikki pallalilar, plastinkajabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi.
- Tanasining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg , baʼzan 200 kg gacha (tridakna), bilaterial simmet-riyali, yon tomondan yassilangan gavda va oyoqdan iborat.
- Boshi boʻlmaydi.
- Koʻpchiligining oyogʻi bitta, ponasimon; tuban tuzilgan turlarida yassi; harakatsiz yopishib yashaydigan turlarining oyogʻi reduksiyaga uchragan (midiyalar, dreyssenalar) yoki yoʻqolib ketgan (ustritsalar).
- Koʻpchilik I.p. oyogʻidagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida sub-stratga mahkam yopishib olib yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |