Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

2.3. Pulning miqdoriylik nazariyasi.  
 
 Pulning    miqdoriylik    nazariyasining    mohiyati    shundaki  
muomalada    pul    miqdorining    oshishi    tovarlar    bahosining    va 
pulning  qiymatini  o`zgarishiga  sabab  bo`luvchi  asosiy  omildir.  
  XVI asrda  Yevropalik  mustamlakachilar  va  birinchi  navbatda  
ispanlar  Amerikadagi  ko`plab  oltin  va  kumush  konlarini  topdilar. 
Natijada  Amerikadan    Yevropaga    juda    katta    miqdorda    oltin    va  
kumush    oqib    keldi.    Bu    esa    G’arbiy    Yevropada    tovarlar  
bahosining  keskin  oshishiga  sabab  bo`ldi. Shu  bog’liqlikni  birinchi  
bo`lib  fransuz  faylasufi  Jan  Boden  aniqladi. 
  J.Bodenga  qadar  tovar  bahosining  oshishi  metall  tangalarni  
yemirilishi    bilan    izohlanar    edi.    Pulning    miqdoriylik    nazariyasi  
XVII-XVIII    asrlarda    Angliyada    J.Lokk    va    D.YUm;  Fransiyada  
Monteske    rivojlantirdi.    Ular    bu    nazariyani    qog’òz    pullarga  
nisbatan  qo`llashning  mumkinligini  asoslab  berishdi. 
  Klassik    iqtisodchi    D.Rekardo  pulning    miqdoriylik  
nazariyasini    tarafdori.  Rekardo    qiymatning    mehnat    nazariyasini  
yaratgan.  Ushbu  nazariyaga   ko`ra  metal  pullarning  qiymati  ularni  
ishlab    chiqarish    uchun    sarflangan    mehnat    xarajatlari    bilan  
belgilangan. Ammo  keyinchalik  Rekardo  o`zining  ushbu  qoidasiga  
qarshi    chiqdi.  U    yozadiki  ayrim    davlatlarda    pulning    qiymati  
muomaladagi  pul  miqdoriga  bog’liq  ravishda  o`zgaradi. 
  Karl  Marks  pulning  miqdoriylik  nazariyasini  ayovsiz  tanqid  
qildi. Marksning  fikriga  ko`ra  miqdoriylik  nazariyasining  eng  kata  
xatosi    shundaki,    ular    pulning    mohiyatini    faqatgina    pulning  
muomala    vositasi    bilan    tushuntiradilar.      Ular    pulning    qiymat  
o`lchov    funktsiyasini    tan    olmaydilar.    Karl  Marksning    fikricha  
pulning    miqdoriylik    nazariyasining    ikkinchi    xatosi    pullar    va  
tovarlar    muomala    jarayoniga    qadar    bahoga    va    qiymatga    ega  
bo`lmaydilar  deganlaridadir.  


45 
 
  Marksning  fikriga  ko`ra muomalaga  kirishgunga  qadar  pullar  
qiymatga    tovarlar    esa    bahoga  ega    bo`ladi.    Pullar    qiymati    va  
tovarlarning    bahosiga    bog’liq    ravishda  tovarlarning    bahosi  
shakllanadi. 
  Pulning  miqdoriylik  nazariyasi  namoyondalari  bilan  K.Marks  
o`rtasidagi   munozara  quyidagida  namoyon  bo`ladi. 
  Marks aytadiki: tovarlar  bahosining  oshishi  muomaladagi  pul  
miqdorining    ko`payishiga    olib    keladi.  Pulning    miqdoriylik  
nazariyasining    namoyondalari    aytadiki:  muomaladagi    pul  
miqdorining  ko`pligi  tovarlar  bahosining  oshishiga olib  keladi. XX  
asrda  pulning  miqdoriylik  nazariyasi  hukmron  nazariyaga  aylandi. 
XX    asrda  miqdoriylik    nazariyasining    2    xil    ko`rinishi    paydo  
bo`ldi. 
1.
 
Transaksion ( I.Fisher  yaratdi) 
2.
 
Kembridj 
    1911-yilda  Irving  Fisherning  mashhur  “Pulning  xarid  kuchi  
nomli”  asari  nashrdan  chiqdi.  Ushbu  asarda  Fisherning almashuv  
tenglamasi  o`z  ifodasini  topdi. 
   
 
 
MV=PQ 
M-muomaladagi pul massasi 
V- pulning  aylanish  tezligi 
P –tovarlarning  o`rtacha  bahosi 
Q –ishlab  chiqarilgan  tovarlar  miqdori 
   
 
 
P=MV/Q 
  Fisherning    xulosasiga    ko`ra    tovarning    bahosi    muomaladagi  
pul  miqdoriga  va  pulning  aylanish  tezligiga  to`g’ri  proporsional. 
Bunda  Q  va  V    o`zgarmasdir.    Bu    ikkala    komponent    o`zgarmas  
bo`lganligi    sababli    shunday    xulosa    kelib    chiqadi.    Tovarlar  
bahosining    o`zgarishi    muomaladagi    pullarning    o`zgarishiga  
bog’liq. 
  Kembridj variantini  Alfred  Marshal  yaratdi.  Ushbu  nazariyani  
Pigu    rivojlantirdi.  Fisherdan    farqli    o`laroq    Marshal    va    Pigu  
tahlilni    mikroiqtisodiy    darajada    amalga    oshirdi.    Ular    asosiy  
e’tiborini    xo`jalik    sub’ektlarining    kassa    qoldiqlarini    o`zgarishiga  
qaratdilar. 
   
 
 
M =KPY 
  K-pulning    aylanish    tezligi    ammo    bu    tezlik    xo`jalik  
yurituvchi    sub’yektlarning    pul    shaklidagi  nominal    daromadiga  


46 
 
qarab  o`rganiladi.  Fisherda  pulning  aylanishi  tovarlar  aylanishiga  
qarab    belgilanadi.  Kembridj    variantidan    shunday    xulosa    chiqadi: 
muomaladagi    pul    miqdori    pulning    aylanish    tezligiga    teskari  
proporsional.      Pulning    aylanish    tezligi    real    kassa    qoldiqlarining  
miqdori    va    ularning    hisobidan    qilingan    xarajatlar    nisbatiga  
bog’liq    bo`lganligi    sababli    muomaladagi    pul    miqdorining 
o`zgarishi    pul    shaklidagi    nominal    daromadning    o`zgarishiga  
bog’liq. 
  Kembridj  variantida    kassa    qoldiqlarini  shakllantirishning    ikki  
xil  varianti  keltiriladi: 
  -pulning  qulay  to`lov  vositasi. 
  -ko`zda  tutilmagan    holatlar    munosabati    bilan    nominal  
daromadning  bir  qismini  pulda  saqlash. 
   
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish