Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
17.4. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan 
investitsion operatsiyalari. 
Tijorat  banklari  aktiv  operatsiyalarining  yana  bir  turi  fond 
operatsiyalaridir. 
Turli  qimmatli  qog’ozlar  uning  ob`ekti  bo`lib  xizmat  qiladi. 
Banklarning  qimmatli  qog’ozlar  bo`yicha  operatsiyalarining  ikki  turi 
ko`proq  qo`llaniladi.  Bo`lar  qimmatli  qog’ozlarni  kreditning 
ta`minlanganligi  uchun  qabo`l  qilish  yo`li  bilan  ssudalar  berish  va 
ularni  bank  tomonidan
 
o`z
 
hisobiga  sotib  olish  yo`li  bilan 
operatsiyalar o`tkazish.  
Qimmatli  qog’ozlar  ta`minoti  bo`yicha  ssudalar  ularning  to`liq 
bozor  kursi  qiymati  bo`yicha  emas,  balki  ularning  ma`lum  bir  qismi 
(6080%) bo`yicha beriladi. 
Qimmatli  qog’ozlar  soxta  kapitalni  ifodalasada,  ular  bo`yicha 
ssudalar  haqiqiy  tovar  ishlab  chiqarish  bilan  bog’langan  jarayonga 
xizmat qiladi.  
Bundan  tashqari,  qimmatli  qog’ozlardagi  bank  investitsiyalari 
ham  mavjud  bo`lib,  bu  holda  bank  turli  emitentlardan  qimmatli 
qog’ozlarni  sotib  oladi  va  bank  qimmatli  qog’ozlar  portfeli  vujudga 
keladi.  
Bank  tomonidan  qimmatli  qog’ozlarning  xarid  qilinishidan 
maqsad  –  bu  qimmatli  qog’ozlarni  keyinchalik  qayta  sotish  yoki 
kapitalning  o`zoq  muddatga  qo`yilishi  yo`li  bilan  foyda  olishdan 
iborat. 
Oxirgi  yillarda  Respublikaning  ko`pgina  tijorat  banklari  yuqori 
foyda  olish  maqsadida,  davlatning  xazina
 
majburiyatlarini  ko`p 
miqdorda  sotib  olishdi.  CHunki  qimmatli  qog’ozlarning  bu  turi 
bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari 
tomonidan  berilayotgan  kreditlarning  ta`minoti  sifatida  ko`chmas 
mulk, boshqa bank yoki sug’o`rta tashkilotining sug’o`rta kafolati ham 
qabo`l  qilinishi  mumkin.  Tijorat  banklarining  aktiv  operatsiyalari 
ichida  kreditlash  jarayoni  asosiy  o`rinni  egallaydi.  U  quyidagi  asosiy 
bosqichlarni o`z ichiga oladi:  


288 
 
–  kredit  olish  uchun  berilgan  mijozning  ariza  talabnomasini 
ko`rib chiqish;  
 –  qarz  oluvchining  to`lovga  va  kreditga  layoqatliligini  bank 
tomonidan o`rganib chiqilishi;  
– kredit qo`mitasining qarori;  
– kredit bitimini rasmiylashtirish; 
– kredit berilishi; 
–  ssuda  va  u  bo`yicha  foiz  to`lashning  bank  tomonidan  nazorat 
qilinishi. 
Kredit  va  uni  to`lash  jarayoni  kredit  shartnomasida  ko`rsatilgan 
bo`lib,  kredit  va  qarz  oluvchi  o`rtasidagi  majburiyat  va  huquqlarni 
belgilab  beradi.  Unda  kreditlashning  maqsadi  va  ob`ekti,  kredit 
miqdori,  ssudani  berish  va  uni  to`lash  muddati,  kredit  ta`minotining 
turlari,  kredit  uchun  foiz  stavkasi  va  boshqalar  ko`rsatiladi.  Ssudani 
to`lashni  nazorat  qilish  bankning  kredit  portfelini  muntazam  tahlil 
qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi 
            Tijorat  banklari  o`z  faoliyati  davomida  turli  xil  xizmatlar 
ko`rsatadilar.  Tijorat  banklarining  bu  xizmatlari  ular  uchun  ma`lum 
daromad olib keladi. Bu daromadlar komission  mukofot, o`tkazmalar 
va  yig’imlar  shaklida  bo`lishi  mumkin.  Keyingi  yillarda  bank 
xizmatlarining  turlari  va  miqdori  o`sib,  bu  soha  bank  faoliyatining 
sezilarli  yo`nalishiga,  ularning  daromadining  manbalaridan  biriga 
aylanib  bormoqda.  O`zbekistonda  tijorat  banklar  faoliyatining  tahlili 
shuni  ko`rsatadiki,  ba`zi  banklar  daromadlari  tarkibida  asosiy  o`rinni 
har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. 
Keyingi  yillarda  tijorat  banklari  faoliyatida  ijara  yoki  lizing 
(Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq 
faoliyat  turlari  keng  rivojlanmoqda.  Bu  operatsiyalarning  mohiyati 
shundaki,  banklar  mashinauskuna,  jihozlar,  transport  vositalarini 
sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing 
shartnomalarini  to`zadi.  Bu  holda  bank  vositalarni  sotib  olish  uchun 
sanoat  korxonalariga  ssuda  berish  o`rniga  ularni  o`zi  sotib  oladi  va 
iste`molchilarga  ijaraga  bergan  holda  egalik  huquqini  o`zida  saqlab 
qoladi.  Bunda  bank  ssuda  foizini  emas,  balki  ijara  haqini  (lizing 
to`lovini)  oladi.  Korxonalar  uchun  esa  lizing  investitsiyalarni 
moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. 
Tijorat  banklari  o`z  faoliyati  davomida  turli  xil  xizmatlar 
ko`rsatadilar.  Tijorat  banklarining  bu  xizmatlari  ular  uchun  ma`lum 


289 
 
daromad olib keladi. Bu daromadlar komission  mukofot, o`tkazmalar 
va  yig’imlar  shaklida  bo`lishi  mumkin.  Keyingi  yillarda  bank 
xizmatlarining  turlari  va  miqdori  o`sib,  bu  soha  bank  faoliyatining 
sezilarli  yo`nalishiga,  ularning  daromadining  manbalaridan  biriga 
aylanib  bormoqda.  O`zbekistonda  tijorat  banklar  faoliyatining  tahlili 
shuni  ko`rsatadiki,  ba`zi  banklar  daromadlari  tarkibida  asosiy  o`rinni 
har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. 
Keyingi  yillarda  tijorat  banklari  faoliyatida  ijara  yoki  lizing 
(Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq 
faoliyat  turlari  keng  rivojlanmoqda.  Bu  operatsiyalarning  mohiyati 
shundaki,  banklar  mashinauskuna,  jihozlar,  transport  vositalarini 
sanoat korxonalariga o`zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing 
shartnomalarini  to`zadi.  Bu  holda  bank  vositalarni  sotib  olish  uchun 
sanoat  korxonalariga  ssuda  berish  o`rniga  ularni  o`zi  sotib  oladi  va 
iste`molchilarga  ijaraga  bergan  holda  egalik  huquqini  o`zida  saqlab 
qoladi.  Bunda  bank  ssuda  foizini  emas,  balki  ijara  haqini  (lizing 
to`lovini)  oladi.  Korxonalar  uchun  esa  lizing  investitsiyalarni 
moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. 
Lizing  operatsiyalarida  uch  sub`ekt  –  ijaraga  beruvchi,  ijaraga 
oluvchi va mol etkazib beruvchi ishtirok qiladi. 
Ijaraga  beruvchi  bu  –  moliyaviy  xarakterdagi  vazifani 
bajaruvchi,  ixtisoslashgan  moliyaviy  (lizing)  korxonadir.  Lizing,  eng 
avvalo,  moliyaviy  investitsiyayalarning  vositasi  va  ishonchli 
moliyaviy  manbalarni  talab  qilgani  uchun  jahon  amaliyotida  lizing 
kompaniyalari  banklar  tomonidan  nazorat  qilinadi  yoki  ularning 
sho``ba korxonalari bo`ladi. 
Ijaraga  oluvchi  –  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanish  uchun 
vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir. 
Mol  etkazib  beruvchi  tomon  lizing  shartnomasi  ob`ektini  ishlab 
chiqaruvchi  korxona  yoki  tashkilot  bo`lib,  u  ishlab  chiqarish  yoki 
savdo korxonasi sifatida bo`lishi mumkin. 
Odatda,  mol  etkazib  beruvchi  va  ijaraga  oluvchi  tijorat 
shartnomasining  asosiy  shartlarini  ishlab  chiqadi.  SHu  bilan  bir 
qatorda,  ijaraga  beruvchi  (bank)  moliyalashtirish  shartlarini  o`rganib 
chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi. 
Moliyalashtirish  masalasini  hal  qilishda  bank  mijozning 
daromad  darajasini  o`rganib  chiqadi.  Lizing  ob`ektidan  to`g’ri  va 
samarali  foydalanish  imkoniyatlarini  ba`zida  mutaxassislar  ko`rib 


290 
 
chiqishi va qo`shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. SHartnomada 
lizing operatsiyalari bo`yicha ijara muddati, miqdori, valyutasini, ijara 
haqini  to`lash  muddati  va  shartlari,  ijaraga  olinuvchining  vositaning 
(asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo`yicha majburiyatlari va 
boshqa ko`rsatkichlar o`z ifodasini topishi lozim. 
Amaliyotda  lizingning  bir  necha  turlari  qo`llaniladi.  Bo`lar 
operativ  yoki  ishlab  chiqarish  lizingi,  moliyaviy  lizing  va 
boshqalardir. 
Operativ  lizing  ko`proq  ishlab  chiqarish  davri  bilan  bog’liq 
bo`lib;  ob`ekt  qisqa  davrga,  ya`ni  uning  hayotiy  yaroqlilik  davridan 
qisqaroq  vaqtga  ijaraga  beriladi.  Bu  holda  ob`ektning  amortizatsiyasi 
(eskirishi)  to`liq  amalga  oshmaydi,  ya`ni  ob`ektni  yana  bir  necha 
marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi. 
Tijorat  banklari  va  ularning  lizing  kompaniyalari  tomonidan, 
odatda, ko`proq moliya lizing operatsiyalari o`tkaziladi. Lizingning bu 
turi  eng  ko`p  tarqalgan  lizing  shakllaridandir.  U  shartnomaning  o`rta 
va  o`zoq  muddatligi  bilan  tavsiflanadi.  Bunda  amortizatsiya  to`liq 
bo`lishi  yoki  ijara  ob`ekti  qoldiq  bahoda  qaytarib  berilishi  mumkin. 
Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e`lon qiladi. 
Moliyaviy  lizing  haqiqatda  ijara  ob`ektini  o`zoq  muddatli 
kreditlash  bo`lib,  oddiy  savdosotiqdan  (egalik  huquqi  xarid  vaqtida 
iste`molchiga o`tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vositalarni 
ijaraga oluvchi korxonaning ko`rsatmasiga binoan sotib oladi. Uni shu 
korxonaga  o`zoq  yoki  o`rta  muddatga  (3,  5,  7  yilga)  ijara 
shartnomasiga  asosan  sotishi  va  lizing  muddati  tugagandan  keyin 
qoldiq  bahoda  sotib  olish  huquqi  bilan  ijara  shartnomasini  tuzishi 
mumkin. 
Tijorat  banklarining  moliyaviy  operatsiyalarining  yana  bir  turi 
bu  faktoring  operatsiyalari  hisoblanadi.  Bu  operatsiyalar  butun 
xo`jalik  ko`lamida  to`lovlar  aylanishini  amalga  oshirish  bilan 
bog’liqdir.  Faktoring  (ingl.  Factor  –  vositachi)  –  hisob-kitoblarni 
tashkil  etish  sohasidagi  yangi  xizmat  turlaridan  bo`lib,  mijozning 
aylanma  kapitalini  kreditlash  bilan  muvofiqlashadi.  Bunday 
operatsiyalarni  chet  ellarda,  odatda,  maxsus  faktoring  kompaniyalari 
amalga  oshiradilar.  Ular  banklar  bilan  bog’liq  yoki  ularning 
ixtisoslashgan sho``balari va kompaniyalari hisoblanadi.  
Moliyaviy  aktivlar  miqdorining  o`sishi  bilan  rivojlangan 
mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust“ishonch” ) 


291 
 
operatsiyalarining  hajmining  oshishiga  olib  kelmoqda.  Bankning  bu 
xizmatlari  bank  bilan  mijoz  o`rtasida  ishonchlilik  munosabatlarining 
o`rnatilishi bilan bog’liq. Tijorat banklarining trast bo`limlari, mijozlar 
topshirig’i bo`yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq 
va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy 
korxona  va  firmalar,  shaxslar  va  boshqa  tashkilotlar  uchun  amalga 
oshiradi.  Trast  operatsiyalarini  uch  turga  bo`lish  mumkin: 
dalolatnoma,  g’amxo`rlik  bilan  bog’liq  operatsiyalar  va  vositachilik 
xizmatlari bo`yicha ko`rsatiladigan operatsiyalardir. 
Merosni  boshqarish  bilan  bog’liq  trast  operatsiyalari  xususiy 
shaxslar  dalolatnomasi  bo`yicha  amalga  oshirilib,  bankning  trast 
bo`limi  qator  majburiyatlarni  o`z  zimmasiga  oladi.  Ularning 
asosiylariga:  merosxo`rning  merosini  sud  qarori  yoki  meros  xati 
asosida 
to`plash, 
boshqaruv 
ma`muriy 
xarajatlarini 
to`lash, 
merosxo`rlar o`rtasida merosni bo`lishi va shu oila a`zolariga xususiy 
xizmatlarni ko`rsatish kiradi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish