Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
11.5. Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy 
bankning lombard stavkasi. 
Markaziy  bankning  xisob  (diskont)  siyosatining  moxiyati 
shundaki,  u  tijorat  banklardan  veksellarni  sotib  oladi.  Aytaylik  mol 
sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol (tovar va xizmatlar va 
x.k)ning kakini to`lash uchun mablag’i etarli bo`lmasa, u tovar uchun 
tulovni  ma`lum  vavk  5tgandan  keyin  amalga  oshirishi  tugrisida 
veksel’  berotpi  mumkin.  Mol  sotuvchi  korxonaga  pul  mablag’lari 
zarur bo`lgan vaktda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat 
banki    vekselni  sotib  olganda  unda  ko`rsatilgan  summadan  kam 
summaga  (ma`lum  foiz  ushlab  uolgan  xolda)  sotib  oladi.  Zarur 
bo`lganda  tijorat  banki  vekselni  Markaziy  bankda  xisobga  qo`yishi 
mumkin.  Bu  xolda  Markaziy  bank  ham  o`z  foydasiga  ma`lum  foiz  -
xisob  stavkasini  ushlab  qolishi  mumkin.  Markaziy  bankning  xisob 
stavkasi  alohida  olingan  davlatlarda  zkar  xil  -  5%  dan  15  %  gacha 
bo`lishi  mumkin-Tijorat  banklari  veksellarni  sotib  olishda  Markaziy 
oankning  xisob  stavkasiga  tayanadilar.  Markaziy  bankning  xisob 
stavkasi  tijorat  bavklari  o`rnatadigan  xisob  stavkaning  eng  past 
chegarasi  xisoblanadi.  Odatda  tijorat  banklarining  xisob  stavkasi 
markaziy  bankning  xisob  stavkasidan  yukori  (0,5dan  -  2%gacha) 
bo`ladi. 
Tijorat 
banklarining 
qaytamoliyalashtirish 
siyosati 
-bu   
to`g’ridan-to`g’ri  kreditlash,  veksellarni  xisobga  olish,  kimmatbaxo 
vrgozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auktsionlarni 
utkazish  yuli  bilan  amalga  oshiriladi.  Bundan  kelib  chikkan  xolda 
markaziy  bankning  qaytamoliyalashtirish  operatsiyasi  kuyidagi 
usullarda olib borilishi mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo`li 
bilan kreditlash, 
-  tijorat  banklari  ixtiyoridagi  kimmatbaxo  qog’ozlarni  garovga 
olish  yo`li  bilan  kreditlar  berish.  Bunday  kreditlar  lombard  kreditlar 
deyiladi.  
O`zbekistan 
respublikasida 
Markaziy 
bank 
o`rnatilgan 
qoidalarga asosan, kuyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha 
bo`lgan muddatda kreditlar berishi mumkin: 


207 
 
-  oltin,  chet  el  valyutasi,  xalqaro  rezervlar  toifasiga  kiruvchi 
valyuta boyliklari va boshqa boyliklar, 
-  davlatning  karz  majburiyatlari  va  davlat  tomonidan 
kafolatlangan. boshqa karz vositalari, 
- Markaziy bankda depozitga o`tkazilgan va uning depozitariysi 
uchun  makbo`l  bo`lgan,  xarid  kilinishi  va  sotiltishiga  ruxsat  berilgan 
va  Markaziy  bank  ular  bilan  ushbu  konun  doirasida  boshqa  xil 
operatsiyalar o`tkazishi mumkin bo`lgan aktivlar, 
-  to`lanishiga  banklar  kafolat  bergan  tijorat  veksellari  asosida 
kreditlar berilishi mumkin. 
Lombard  kreditini  berish,  qaytarish  va  ulardan  foydalanganlik 
uchun foizlar to`lash tartibi umumiy  asoslarda amalga  oshiriladi va u 
alohida qarz hisobvarag’i bo`yicha kredit tartibiga o`xshashdir. 
Asosiy faoliyat bilan bog’liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan 
ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar haqini to`lash maqsadida to`zilgan pul 
hisob  -  kitob  hujjatlari  pulini  to`lash  uchun  qabo`l  qilinadi.  Qarz 
oluvchi  bankka  garovga  qo`ygan  qimmatli  qog’ozlar  bo`yicha 
olinadigan daromadlarga foizlar qo`shilmaydi. 
Qimmatli  qog’ozlarni  garovga  olib  kredit  shartnomasi 
tuzilgandan keyin bank qimmatli qog’ozlar emitentiga uning qimmatli 
qog’ozlarini  garovga  qo`yish  bitimi  to`zilganligini  hamda  qimmatli 
qog’ozlar  bo`yicha  daromadlar  kiritilishi  lozim  bo`lgan  depozit 
hisobvarag’i  nomerini  ma`lum  qiladi.  Lombard  krediti  beriladigan 
hollarda  garovga  qo`yilgan  qimmatli  qog’ozlar  bo`yicha  olinadigan 
daromadlar  qarz  oluvchining  muddatsiz  depozit  hisobvarag’iga 
qo`yiladi  (depozit  shartnomasini  rasmiylashtirmasdan)  va,  birinchi 
navbatda,  ularni  saqlash  xarajatlarini  qoplashga,  shuningdek, 
kreditdan foydalanish uchun foizlarni to`lashga yo`naltiriladi. 
Kredit  jarayonida  bank  garovga  qo`yilgan  qimmatli  qog’ozlar 
kotirovkasi  birja  kursidagi  o`zgarishlar  to`g’risida  teleks,  komp’yuter 
aloqasi  va  aloqaning  boshqa  turlari  yordamida  axborot  to`plab 
boriladi. 
Kredit  davomida  fond  birjasida  o`tkazilgan  savdo  natijalariga 
ko`ra, garovga qo`yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo`lsa, 
u  holda  kredit  qo`mitasining  qaroriga  muvofiq  qarz  oluvchiga  shu 
summada  qo`shimcha  ta`minot  berish  talabi  bildirilishi  yoki  kredit 
miqdori qaytariladi. 


208 
 
Tovar  (mol)  garovi  ostidagi  lombard  krediti
.  Lombard  krediti 
uchun  garov  ko`rinishida  faqatgina  nisbatan  baholi  tovarlar,  qaysiki 
ularning  savdosi  birjada  yuritilishi,  tovar  partiyasini  miqdori  va 
sifatini  belgilash  bilan  bir  vaqtda  bahosini  ham  aniqlash  imkonini 
berishi shartidir. 
Qimmatbaho  metall  garovi  ostidagi  kredit
.  Bu  lombard 
kreditining  eski  usullaridan  bo`lib,  hozirda  u  juda  kam  ishlatiladi. 
Garovni  baholashdagi  qiymati  bu  asosan  oltin  tangalar,  slitkalar, 
kumush,  platina  va  boshqalar  qariyb  95%  foiz  qimmatbaho  metall 
narxiga mos keladi. 
Lombard  krediti
  - 
  kreditlashning  bu    usuli    asosan  likvid  mol 
mulk  hisoblangan  tillo  taqinchoqlar  garov  asosida  kredit  berishga 
asoslanadi.  Bu kredit kredit  muassasi uchun  deyarli  risk darajasi past 
xisoblanadi.  CHunki  tillo  buyumlar  eskitdan  yuqorilikvidli  tovar 
sifatida  tarixga  ega.  Biz  kreditlashning  bu  usuli  orqali    pul 
mablag’lariga muxtoj bo`lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini 
moliyaviy qo`llab quvvatlnib boriladi. 
SHu  tarzda  Markaziy  banklar  bozorlarning  o`rtacha  foiz 
stavkalarini  belgilaydi.Bu  mazkur  sharoitda  barcha  bozorlar  xususan 
kredit  va  kapital  bozorlari  uchun  bazaviy  foiz  stavkalari  qabo`l 
qilinadi. 
Bank  kredit  siyosati  bank  resurslari,  ularning  joylashtirilish 
bilan  chambarchas  bog’liq.  Bank  resurslarining  asosiy  qismini  jalb 
qilingan  mablag’lar,  jumladan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 
depozitlaridan tashkil topadi. SHuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan 
resurslar  ichida  banklararo  kredit  xam  alohida  o`rin  egallaydi. 
Depozitlar  bo`yicha  belgilangan  foiz  stavkalari,  hamda  boshqa 
bankdan  olingan  kredit  uchun  foiz  stavkalari  bank  tomonidan 
beriladigan  kreditning  foiz  stavkalari  bilan  bog’liq  bo`ladi.  Kredit 
siyosatining  aniq  va  mukammal  tayyorlanish  va  izohlanish  xar  bir 
bank  uchun  kreditlash  jarayonini  ijobiy  tashkil  etish  uchun  asos 
bo`ladi.  Bank  tomonidan  to`plangan  resurslarni  to`g’ri  va  oqilona 
joylashtirish  bankning  kredit  siyosatining  sifatiga  bog’liq  bo`ladi. 
Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini 
to`g’ri joylashtirish va oldindan ko`zlangan daromad olish imkoniyati 
yaratiladi. 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish