Muomala vositasi funksiya
sining vazifasi pulni mahsulotni
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar ayirboshlash
jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatilishini anglatadi. Pul mahsulotni
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar aylanishi
jarayonida (T - D - T) vositachi vazifasini bajaradi. Binobarin,
hisoblanadigan (aqlan xayol qilingan) pullar tomonidan amalga
oshiriladigan qiymat o`lchovi funksiyasidan farqli o`laroq, muomala
vositasi vazifasini real pullar bajaradi.
Pulni muomala vositasi sifatida
ishlatishning asosiy sharti uning ommaviy tan olinishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |