Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

Kollektor
 tashkilotlari unmagan kreditlarni undirib beradi. 
Kredit  tizimini  tartibga  soluvchi  va  nazorat  qiluvchi  organlar. 
Odatda  dunyoning  ko`plab  mamlakatlarida  bu  vazifani  Markaziy 
banklar  bajaradi.  Markaziy  bankda  nazorat  funksiyasi  bo`lmagan 
mamlakatlarda  kredit  tizimi  ``moliya  bozori  regulyatori``  tashkiloti 
tomonidan nazorat qilinadi. 
Kredit  tizimiga  ta`sir  qiluvchi  omillar  ko`p  sonli  bo`lib,  ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 
1.sog’lom raqobat muhitining mavjudligi 
2.kredit 
muassasalari 
mijozlarining 
moliyaviy 
holatining 
o`zgarishi.  Banklarning  va  boshqa  kredit  muassasalarining  iqtisodiy 
qudrati  va  moliyaviy  salohiyati  bevosita  mijozlarning  moliyaviy 
holatiga bog’liq. 
3.kredit 
muassasalarining 
likvidliligi 
va 
kapitallashish 
darajasining  o`zgarishi.  Odatda  kredit  muassasalari  aktivlarining 
sifatini yomomlashishi kredit muassasalarining likvidliligi va to`lovga 
qobilligini yomonlashishiga olib keladi. 
4.makroiqtisodiy barqarorlik. 
5.siyosiy  barqarorlik.  Bu  mamlakatda  siyosiy  vaziyatning 
yomonlashishi natijasida siyosiy riskning chuqurlashishi bilan bog’liq. 
6. Markaziy bankning monitar siyosatini o`zgarishi. 
7.  Kredit  muassasalari  faoliyatidagi  risklarni  boshqarish 
tizimining samarali ishlashi. 
-  kredit  tizimining  barqarorligini  ta`minlashda  eng  asosiy  omil 
kredit tizimiga bo`lgan ishonch hisoblanadi. 
-  kredit  muassasalarining  likvidliligi  va  to`lovga  qobilligini 
ta`minlash uchun zarur shart sharoitlarni ta`minlash. 
-  makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta`minlash  usuli.  Bunda  ayniqsa 
inflyatsiya  va  devalvatsiya  darajasi  kredit  muassasalari  faoliyatiga 
kuchli ta`sir ko`rsatadi. 
-  kredit  muassasalari  faoliyatidagi  risklarni  boshqarish  tizimini 
takomillashtirish. 
-  kredit  muassasalari  faoliyatini  davlat  tomonidan  moliyaviy 
qo`llab-quvvatlash  usuli.  Bunda  ayniqsa  soliq  imtiyozlari  berish, 
Markaziy  bank  tomonidan  markazlashgan  kreditlar  berish  davlat 
tomonidan  muammoli  aktivlarni  sotib  olish  usullaridan  keng 
foydalaniladi. 


305 
 
Banklar  yangi  operatsiyalar  bajarishga  buning  uchun  maxsus 
tayyorlangan  kadrlarga  ega  bo`lmasdan  kirishishi  oqibatida  ham 
to`lovga layoqatsizlik kelib chiqishi mumkin. 
Bir  shaxsdan  yirik  miqdorda  depozitlar  qabul  qilish,  ularning 
moliyaviy holati birdan yomonlashgan hollarda ham tijorat banklarida 
to`lovlar  bo`yicha  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  SHuning  uchun 
ham,  bir  omonatchi(kreditor)ga  to`g’ri  keladigan  maksimal  xatar 
hajmi belgilab qo`yilgan. 
Har bir tijorat banki o`z nizom kapitalini har choraklik ajratmalar 
asosida  (yillik  ko`zda  tutilgan  o`sishga  nisbatan  25%)  to`ldirishlari 
lozim. 
YUqoridagilardan  tashqari,  hisobni  to`g’ri  yo`lga  qo`yish,  bosh-
qarishdagi xato va kamchiliklarni tugatish, kadrlar malakasini oshirish 
ham  banklarning  to`lovga  layoqatliligini  ta`minlashga  ta`sir 
ko`rsatadi. 
Biror  mamlakat  iqtisodiyotida  yuz  berayotgan  tangliklar,  no-
mutonosibiklarning  bir  uchi  bank  tizimi  holati  va  tijorat  banklarning 
foaliyatiga  borib  taqaladi.  Ayniqsa,  o`tish  davrini  boshdan 
kechirayotgan 
davlatlarda 
yuz 
bergan 
va 
yuz 
berayotgan 
inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi 
sanaladi.  Rossiyada  1995  yil  va  1998  yilda  sodir  bo`lgan 
inqirozlarning  tahlili  shuni  ko`rsatadiki,  aholining  banklarga 
ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning 
tushkunligi  holatlari  banklarning  to`lovga  qobiliyatini  yo`qqa 
chiqaradi.  SHunday  ekan,  tijorat  banklarning  likvidligi  va  to`lovga 
qobiliyatini  tahlil  etish  davomida  bunga  ta`sir  etuvchi  omillarni 
aniqlash  lozim.  CHunki  likvidlik  va  to`lovga  qobiliyatlilik  murakkab 
iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi 
past bo`lish mumkin. 
Banklar  faoliyatiga  ta`sir  qiluvchi  omillar  turlicha  tasniflanadi. 
Odatda,  ular  ichki  va  tashqi  omillarga  ajratilib  o`rganiladi.  Tijorat 
banklarning  likvidligi  va  to`lov  qobiliyatini  belgilaydigan  ichki 
omillar qatoriga quyidagilar kiradi: 
– bankning mustahkam kapital bazasi; 
– aktivlar sifati; 
– depozitlar sifati; 
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi; 
–  aktivlar  va  passivlarning  muddatlari  bo`yicha 
mutanosibligi; 


306 
 
– malakali menejment; 
– bankning imidji. 
Bankning  mustahkam  kapital  bazasi  xususiy  kapitalining 
mutlaq 
qiymatini 
ifoda 
etib, 
aktivlar 
bo`yicha 
tavakkalchiliklarning  himoya  manbasi  hamda  omonatchilar  va 
depozitchilar mablag’larining kafolati hamdir. Bankning xususiy 
kapitali  nizom  fondi  va  boshqa  maqsadli  fondlardan  iborat 
bo`lib,  moliyaviy  barqarorlik  uchun  ham  asosdir.  SHunday  qilib, 
bankning  xususiy  kapitali  qancha  katta  bo`lsa,  likvidlilik  ham 
shuncha yuqori bo`ladi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish