Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH Federal



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

15.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH Federal 
zaxira tizimining mustaqillik darajasi. 
 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
Markaziy 
banklari 
mustaqilligining  ob`ektiv  omillariga  baho  berishda  quyidagi 
mezonlarni kiritish mumkin: 


245 
 

 
Markaziy  bank  kapitalida  va  foydani  taqsimlashda  davlatning 
ishtiroki; 

 
bank  rahbarlarini  tayinlash  (saylash)  dagi  tartib  va  ularning 
faoliyat ko`rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning 
faoliyatini nazorat qilish shakli; 

 
Markaziy  bank  vazifalarini  aniqlashning  qonunchilikda 
yoritilish darajasi; 

 
Markaziy  bank  rahbariyati  qarorini  davlat  organlari  qrnatilgan 
qonun  bilan  tqxtatishini  yoki  davlatning  umumiqtisodiy  yo`nalishi 
bilan  Markaziy  bankning  pul-kredit  doirasidagi  tadbirlarni  tartibga 
solishning mavjudligi; 

 
mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri 
moliyalashtirishini  tartibga  soluvchi  qoidaning  mavjudligi  va  uning 
shakllari. 
Markaziy  bankning  kapitalida  va  foydasini  taqsimlashda 
davlatning  ishtiroki  omili  Markaziy  bank  iqtisodiy  mustaqilligining 
qanchalik darajadaligini ko`rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol’ 
o`ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga 
tegishli  bo`lmasa  ham,  qonunchilikda  ma`lum  sharh  (izoh)  mavjud 
bo`ladi. Agar mavjud bo`lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi. 
Misol  qilib,  Avstriya  Milliy  banki  haqidagi  qonunni  olaylik.  Bu 
bank  xuddi  hissador  jamiyati  shaklida  tuzilgan  va  faoliyat 
ko`rsatmoqda  (Markaziy  bankning  50  foiz  kapitali  Federatsiyaga, 
qolgan    50  foizi  kapitali  avstriyalik  huquqiy  va  jismoniy  shaxslarga 
tegishli).  Markaziy  bank  kapitaliga  faqat  Moliya  vazirligidan  ruxsat 
olgan  huquqiy  va  jismoniy  shaxslargina  ulush  qqsha  olish  huquqiga 
egadirlar. 
Pay  (ulush)  meros  (vorislik)  orqali  qtishi  yoki  Moliya  Vazirligi 
ruxsati  bilan  sotilishi  mumkin.  SHu  orqali  davlat  bilvosita  nazoratni 
amalga oshirishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  Markaziy  bankning  funktsiya  va  vazifalari 
qonunda  ko`rsatilgan.  SHu  sababli  ulush  egalari  yig’ilishi 
chegaralangan  masalalarnigina  echa  oladi.  Albatta,  bu  masalalar 
bankning iqtisodiy siyosati bilan to`g’ridan-to`g’ri bog’liq bo`lmaydi. 
SHunday  qilib,  mamlakat  Markaziy  bankining  kapitalida  100 
foizi  davlatning  ishtiroki  -  ko`proq  Markaziy  bank  salohiyatiga  va 
an`analariga  hamda  ulush  egalariga  ham  bog’liq.  Misol  tariqasida 


246 
 
AQSHning  Federal  Rezerv  Tizimini  va  Germaniyaning  Federal 
bankini  ko`rsatish  mumkin.  Ikkala  Markaziy  bank  jahonda  eng 
mustaqil  markaziy  banklar  sifatida  tan  olingan.  SHunday  bo`lsa-da, 
Nemis  Federal  bankining  100  foiz  kapitali  Federatsiyaga,  Federal 
Rezerv  Tizimi  kapitali  esa,  100  foiz  a`zo-banklarning  to`liq  mulkiga 
tegishli. Va aksincha, banklar va  sug’urta kompaniyalarining mulkiga 
tegishli  bo`lgan  Italiya  Markaziy  banki  davlat  boshqaruv  organlariga 
qaramdir. 
Bu  omilning  tahlilidan  kqrinadiki,  markaziy  banklar  kapitali 
egalarining  tarkibidan  qat`iy  nazar,  ular  uning  pul-kredit  siyosatidagi 
mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi. 
Markaziy  bankning  mustaqilligi  darajasini  belgilovchi  keyingi 
omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. 
Bu  omil  Markaziy  bankning  davlat  organlari  boshqaruvidan 
qanchalik  darajada  siyosiy  mustaqilligini  belgilashda  muhim  omil 
bo`lib  hisoblanadi.  Birinchi  qarashda,  mamlakatlar  o`rtasidagi  farq 
faqat  Markaziy  bankning  boshqaruv  lavozimiga  nomzodlarni  kim 
tavsiya  etishida  namoyon  bo`ladi.  Ko`pgina  rivojlangan  davlatlarda  
YAponiya,  AQSH,  Avstriya)  bank  rahbariyatiga  xukumat  tavsiya 
etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi. 
Markaziy  banklarning  raislari  va  boshqaruv  a`zolarini  qonun 
bo`yicha  ishdan  olish  tartibi  ham  qiziqarli  holatda  rasmiylashtirilgan. 
Ko`pgina  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  (Germaniya,  Buyuk 
Britaniya,  YAponiya,  AQSH,  Daniya,  Avstriya,  SHveytsariya  va 
Gollandiya)ning  markaziy  banklar  raislarini,  boshqaruv  a`zolarini 
saylangan 
muddatlaridan 
ilgari 
ishdan 
bqshatib 
bo`lmaydi. 
Xukumatga  yuqoridagi  davlatlarga  nisbatan  qaramroq  bo`lgan 
markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya). 
Markaziy  bankning  siyosiy  mustaqilligini  ko`rsatuvchi  uchinchi 
omil,  uning  qonunda  ko`rsatilgan  faoliyati  darajasi  va  maqsadlari 
hisoblanadi.  Bu  omil  bir  tomondan,  Markaziy  bank  faoliyatini 
erkinligiga  chegara  qqysa,  boshqa  tomondan,  uning  qonunda 
ko`rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi. 
Bir  qator  mamlakatlarda,  masalan,  AQSH,  SHvetsiya,  Buyuk 
Britaniya  va  Italiyada  Markaziy  bank  vazifalarining  ta`rifi  qonunda 
qayd  etilmagan  yoki  umumiy  holda  ko`rsatilgan,  xolos.  SHunday 
bo`lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq 
bo`lgan markaziy banklar bordir. 


247 
 
SHunday  qilib,  bu  omilning  ta`sirini  faqat  Markaziy  bankning 
tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin. 
Markaziy  bankning  vazifa  va  maqsadlari  qonunda  aniqlanish  omili 
shu sababli ikkinchi darajali rol’ qynaydi. 
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning 
pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo`yicha 
qanchalik  darajada  qrnatil-ganligidadir.  Bu  omil  birinchi  galda 
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta`sir ko`rsatadi. 
Mustaqillik  darajasi  nisbatan  past  bo`lgan  markaziy  banklarga 
Frantsiya  va  Italiya  markaziy  banklarini  misol  qilib  ko`rsatish 
mumkin. 
Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo`nalishini xukumat belgilashi 
qonun  bilan  mustahkamlangan.  Markaziy  bank  esa,  xukumat 
ko`rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o`taydi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  davridan  boshlab  Frantsiya  banki  Moliya 
Vazirligi 
qaramog’idadir. 
Pul 
bozoridagi 
interventsiyaning 
tashabbuskori  ham,  nemis  markasiga  nisbatan  frantsuz  franki  kursini 
ushlash  masalasi  hamda  Evropa  Hamjamiyati  bozorining  tashkil 
topishida  valyuta  operatsiyalarini  tartibga  solishda  ham  xukumat 
ishtirok etmoqda. 
Albatta,  Frantsiya  Markaziy  banki  tomonidan  xukumatning  pul-
kredit  siyosatini  tartibga  solishdagi  harakatini  qoralab  chiqishlar 
bo`ldi. Masalan, 1982  yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga 
binoan  xukumatning  kreditlayotgan  summa  miqdorini  oshirishdan 
bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo`ldi va Frantsiya 
banki  odatdagidek,  Moliya  Vazirligi  ko`rsatmasiga  bo`ysinishga 
majbur bo`ldi. 
AQSHning  Federal  Rezerv  Tizimidan  farqli  ravishda  Nemis 
Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u o`zfaoliyati vakolatini 
“Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi. 
SHveytsariya,  Italiya,  SHvetsiya  va  Daniyada  xukumatni 
kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy 
banklarining  bu  mezon  bo`yicha  davlatga  qattiq  qaramliklarini 
ko`rsatadi. 
SHular  orqali,  tahlil  qilingan  besh  omil  ichidan  uch  asosiy 
(aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. 
Markaziy  bankning  xukumat  boshqaruv  organlaridan  mustaqilligini 
belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga: 

 
bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi; 


248 
 

 
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi; 

 
xukumatni 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
kreditlash 
chegaralanganligining  mavjudligi  va  qat`iyligini  ajratib  ko`rsatish 
mumkin. 
Markaziy  bank  kapitalida  davlat  ulushini  va  qonunchilikda 
Markaziy  bankning  maqsadi  va  vazifalarini  aniq  belgilanganligi 
yuqoridagi  tahlildan  ko`rinib  turibdiki,  u  Markaziy  bank  mustaqilligi 
darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi 
omillar bo`lib hisoblanadilar. 
YUqorida  qayd  etilganlar  asosida  xulosa  qilish  mumkinki, 
rivojlangan  mamlakatlar  markaziy  banklari  o`zlarini  mustaqil  ta`sir 
o`tkaza oladigan institut sifatida ko`rsatishlari zarur. Bu bir tomondan, 
ularga  qonun  asosida  ruxsat  etilgan  vositalar  yordamida  iqtisodiyotni 
tartibga  solishni  amalga  oshirish  huquqini  beradi,  boshqa  tomondan 
esa,  Milliy  bank  va  pul  tizimi  manfaatlarining  ximoyachisi  sifatida 
maydonga chiqadi. 
SHu  munosabat  bilan  Markaziy  bankning  iqtisodiyotni  tartibga 
solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, 
mamlakat xukumati bilan o`zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, 
uning pul-kredit tizimi va xukumat organlari o`rtasida oddiy vositachi 
emasligini,  balki  ma`lumot,  tadqiqot,  tartibga  soluvchi  va  nazorat 
qiluvchi markaz ekanligini alohida ta`kidlashni istardik. 
Biroq,  mamlakat  pul-kredit  sohasidagi  Markaziy  bankning 
mustaqillik  darajasi 
masalasi  hanuzgacha 
munozarali  bo`lib 
qolmoqda.  Milliy  pul  birligi  qadrini  oshirish  bilan  bog’liq  chora-
tadbirlar  faqatgina  pul-kredit  sohasiga  tegishli  emas,  balki  u  yaxlit 
butun  iqtisodiyotga  ta`sir  qtkazadi,  bu  esa  har  qanday  darajadagi 
iqtisodiy  siyosat  bilan  kelishishni  va  davlatning  barqarorlashtirish 
dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bundan tashqari, 
Markaziy  bankning  mustaqillik  darajasi  ko`pgina  makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlarga faqat bilvosita ta`sir ko`rsatadi. 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish