Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

11.2. Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari.  
Kredit resursovlari bozori 
bu – turli to`lov vositalariga talab va 
taklif  mavjud  bo`lgan  bozorlarning  umumiy  belgilanishidir.  Kredit 
bitimlari  qoidaga  ko`ra,  pul  qarz  oladigan  va  qarz  beradigan  kredit 
institutlari  (banklar  va  b.)  yoki  qimmatli  qog’ozlar  bozorida 
sotiladigan  va  sotib  olinadigan  turli  qarz  majburiyatlari  harakati 
vositasida ifodalanadi. 
Demak,  kredit  resurslari  bozori  korxonalar  tasarrufiga 
investitsiyalar  uchun  mablag’lar  taqdim  etadi  va  aynan  shu  erda 
iqtisodiyotning pul mablag’lari ortiqcha bo`lgan sektorlaridan ularning 
etishmovchiligi  his  etilayotgan  sektorlarga  pul  mablag’lari  ko`chib 
o`tishi  ro`y  beradi.  Kredit  bozorida  korxonalar  o`z  investitsiyalarini 
moliyalashtirish  uchun  pul  qarz  oladi;  ba`zida  korxonalar  pulni  qarz 
beradi,  lekin  qoidaga  ko`ra,  ishlab  chiqarish  sektori  berishdan  ko`ra 
ko`proq oladi. 
SHu  sababli  aytish  mumkinki,  kredit  resurslari  bozorining 
asosiy  vazifalaridan  biri  –  aholining  jamg’armalari  va  bo`sh 
mablag’larini  vositachi  shaxslarga  investitsiyaga  yo`naltirish 
hisoblanadi. 
Kredit bozorining institutsional strukturasi 
Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o`zining yoki 
o`zgalarning kapitali foydalanilishiga bog’liq emas, ya`ni bankir faqat 
o`z  kapitali  yordamida  ish  olib  boradimi  yoki  undan  deponentlangan 
kapital yordamidami – buning ahamiyati yo`q. 
Kredit  bozorining  rivojlanish  qonuniyatlari,  foydalanish 
xarakteri  va  mazmuni  ishlab  chiqarishning  kapitalistie  usuli  ijtimoiy-
iqtisodiy  munosabatlari  bilan  belgilanadi.  O`z  navbatida,  ushbu 


200 
 
bozorning  mohiyati  u  davlat-monopolistik  kapitalizmi  zamonaviy 
mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi. 
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o`sishiga, 
mamlakat  ichkarisida  kapital  harakatiga,  pul  jamg’armalarining 
kapital  qo`yilmalarga  aylanishiga,  ilmiy-texnika  inqilobini  amalga 
oshirishga,  asosiy  kapitalni  yangilashga  xizmat  qiladi.  Bu  ma`noda 
bozor turli ishlab chiqarish bosqichlarini bilvosita ifodalaydi, u erdan 
qo`shimcha  pul  resurslarini  oladigan  moddiy  ishlab  chiqarish 
sohasining o`ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi. 
Banklar  orasidagi  resurslarni  jalb  qilish  uchun  raqobatli 
kurashda  muhim  vosita  bo`lib  turlicha  foiz  siyosati  hisoblanadi, 
chunki  qo`yilgan  mablag’larga  daromad  olish  mijozlarning  qo`yilma 
qo`yishga  undovchi  muhim  omil  hisoblanadi.  Depozit  foiz  stavkalari 
darajasini  har  bir  tijorat  banki  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o`zining depozit siyosatidan 
kelib  chiqib,  mustaqil  ravishda  belgilaydi.  Depozit  schetlarining 
alohida  ko`rinishlari  bo`yicha  daromad  hajmi  qo`yilma  muddati, 
summasi,  hisobvarag’ini  amal  qilish  xususiyati,  xizmatlar  hajmi  va 
xarakteri  va,  nihoyat,  mijozning  qo`yilma  shartnomasi  shartlariga 
amal qilishiga bog’liq. 
Talab 
qilingungacha 
bo`lgan 
depozitlar 
bo`yicha 
hisobvaraqalari  egalari  tomonidan  joriy  operatsiyalarni  amalga 
oshirish  uchun  ishlatiladi  va  ular  qoldiqning  nomuntazamligi  bilan 
xarakterlanadi.  SHuning  uchun  bunday  schetlar  guruhi  daromadlik 
darajasi  bilan  ajralib  turadi.  YUridik  shaxslarga  ochilgan  talab 
qilinguncha  hisobvaraqalaridagi  mablag’lar  qoldig’i  bo`yicha  foizlar 
umuman  to`lanmasligi  mumkin.  Bunday  foyda,  odatda,  mijozlarni 
hisob  kassa  xizmatlari  uchun  to`lov  mablag’larini  talab  qilinguncha 
hisobvaraqalarda 
mablag’larni  minimallashtirish  va  ortiqcha 
summalarni  qo`yilmalarning  daromadliroq  shakllariga  joylashtirishga 
undaydi. 
Jismoniy  shaxslar  uchun  ochilgan  talab  qilinguncha  varaqalar 
bo`yicha  foizlar  deyarli  majburiy  tartibda  o`rnatiladi,  ammo  u 
bo`yicha daromad hamisha muddatli qo`yilmalarga qaraganda pastroq 
bo`ladi.  Muddatli  qo`yilmalar  bo`yicha  foiz  stavkasi  hajmini 
o`rnatishdagi  muhim  omil  bo`lib,  mablag’lar  joylashtirilgan  muddat 
hisoblanadi. 


201 
 
Markaziy  bank  emissiya  markazi  sifatida  makroiqtisodiy 
darajadagi  pul  aylanishi  hamda  bank  tizimining  likvidliligi  nuqtai 
nazaridan  tijorat  banklarining  ular  tomonidan  jalb  qilingan 
mablag’lardan  foydalanish  imkoniyatlarini  doimiy  ravishda  tartibga 
solib turadi. 
Nazariy  jihatdan  zamonaviy  bank  tizimida  naqd  pulsiz 
aylanishlarning  rivojalanishi  natijasida  dastlabki  shakllantirilgan 
depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan 
chiqarilgan  naqd  pullar  asosida  shakllanganlikni  taqozo  qiladi) 
cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o`tkazish, shu bilan 
birga,  tijorat  banklari  tomonidan  berilayotgan  kreditlarni  cheksiz 
oshirish  imkoniyati  mavjud.  Xorijiy  nazariyada  bu  jarayon  depozit 
mul’tiplikatsiyasi  (ya`ni  mablag’larning  bir  bankdan  boshqasiga 
zanjirsimon  shaklda  o`tkazilishi)  va  kredit  ekspantsiyasi  deb  nom 
olgan. 
Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan majburiy zaxira talablari 
bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi 
bo`lib xizmat qiladi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish