Tinish belgilari mazmun,ohang va grammatik qurilishiga ko'ra qo'llanadi:
1.Ifodalanmoqchi bo'lgan mazmun tugallangan bo'lsa,nuqta,undov yoki so'roq belgisi,uch nuqta qo'yiladi.Masalan:-O'zimiz institut ochyapmiz,bilib qo'y...-Institut?-Institut!
O'zgalarning gapi bo'lsa,qo'shtirnoqqa olinadi:,-dedi o'qituvchimiz.
3.Ohang.Ayrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qo'yiladi:Qush mag'rur -qanoti bo'lgani uchun,Tog' mag'rur-savlati bo'lgani uchun.Bu jumlada tire ohang talabi bilan,birinchi gaplarning ma'nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo'yilgan.
2.Grammatik qurilish.Ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi yoki qo'yilmasligi ma'lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.Ayrim ergash gaplar o'z tuzilishiga ko'ra vergul bilan ajratiladi.Masalan:Yo'lchi,qancha aqchasi bo'lsa ham,berishga tayyor edi.Bu jumladagi qancha aqchasi bo'lsa ham ergash gap bo'lgan bo'lgani uchun ,bosh gap orasida to'xtalish bo'lmasa ham,undan so'ng vergul qo'yiladi.
Jumladan, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari” tasdiqlanadi. Oʻzbek tili alifbosi va yangi imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga moʻljallangan axborot dasturiy taʼminotlar uchun yagona talab ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
Turli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning xodimlari, mustaqil oʻrganuvchilar uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida faoliyat koʻrsatayotgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda uning 13 ta hududiy boʻlinmasida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi. Eʼtiborli jihati, oʻqish va oʻrganish istagida boʻlgan aholi vakillarining bepul oʻqitilishi taʼminlanadi.
Uzluksiz taʼlim tizimining maktabgacha taʼlim boʻgʻinidan boshlab bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsa, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari, darsliklar toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida nashr etiladi. Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi elektron koʻrinishlari bosqichma-bosqich yaratiladi.
Mamlakatimizda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash choralari koʻriladi.
“Yoʻl xaritasi”da kirill yozuvidan lotin yozuviga savodli oʻgiradigan dasturiy taʼminot hamda ularning mobil ilovalari yaratilishini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan boʻlib, bu, oʻz navbatida, yoshlarni izlanishga va yangiliklar yaratishga undashi tabiiy.
Turli sohalar boʻyicha atamalar, joy nomlari, kishi nomlari lugʻatlari va oʻquv lugʻatlarining tayyorlanishi, nashr etilishi va keng tarqatilishi aholining lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalarini tez va oson oʻzlashtirib olishiga xizmat qiladi.
Yurtimizning shahar va qishloqlarida, joy va koʻchalar, tashkilotlar nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlarning yangi tartibda yozilishini toʻliq taʼminlashda keng jamoatchilikning faolligi va har birimizning masʼulligimiz yaqin muddatlarda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtishimizda muhim omil boʻladi. O'zbekistonda lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosi haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo’yildi.
Ma’lumki, O’zbekistonda hukumat qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to‘liq o’tilishi ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.
Hozirda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Ushbu qonun loyihasining muhokamasi 31-martga qadar davom etadi.
Mazkur loyihaga ko’ra, O’zbekistonda lotin yozuviga asoslangan 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilgan.
Mamlakatda lotin alifbosiga o'tish jarayoni
Eslatish joizki, o'tgan oyda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi.
Unga ko‘ra, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;
Rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi ta’minlash.
Shuningdek, quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi:
shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
ish qog‘ozlari, turli blanklar;
mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar.
Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.
O’zbekistonda rasmiy yozishmalarda hanuzgacha kirill alifbosi qo'llanib kelinayotgan bo'lsa, mamlakatdagi maktab va universitetlarda ta'lim lotin alifbosidagi o'zbekcha kitoblar asosida beriladi.
Bir vaqtning o'zida kirill va lotin alifbolaridan foydalanilayotgan O'zbekistonda lotin alifbosiga to’liq o'tish to'g'risidagi qonun 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan edi. 31 harfdan iborat ushbu alifbo 1995 yilda 29 harfdan iborat yangi lotin alifbosiga o’zgartirilgandi.
Mamlakatda hali ham eng munosib tarzda lotin alifbosini o'zbek tiliga moslashtirish borasida munozaralar davom etayotgan bo'lsa-da, aksariyat mutaxassislar 1993 yilda qabul qilingan lotin alifbosi o'zbek tiliga ko'proq mos keladi, degan fikrda.
Do'stlaringiz bilan baham: |