Buxoro davlat universiteti 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bitiruvchisi Xodjayeva Matluba Rustamovnaning “Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
Buxoro davlat universiteti 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bitiruvchisi Xodjayeva Matluba Rustamovnaning “Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Jahon miqyosida aqli zaif o‘quvchilarning shaxslararo munosabati, ularning ta’lim jarayonida muloqot qilish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar dunyoning yetakchi markazlari va oliy ta’lim muassasalarida olib borilmoqda. Maxsus maktab-internat o‘quvchilar nutqini faollashtirish va ularning intellektidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun maxsus tashkil etilgan sharoitlarda muloqot qilish texnologiyalarini qo‘llash asosida ularning hayotga ijtimoiy moslashuvi ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga molik bo‘lib turibdi.
Mamlakatimizda maxsus maktab-internatlarda ta’lim oladigan o‘quvchilarning jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim tizimi takomillashtirilmokda. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritildi hamda jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim olishi belgilandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, aytish mumkinki, M.R.Xodjayeva tomonidan tanlangan magistrlik dissertatsiya mavzusi dolzarb bo‘lib, maxsus maktab-internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini belgilashga qaratilgan.
Magistrlik dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 ta paragraf, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
Magistrlik dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, ish tuzilmasining tavsifi ko‘rsatilgan.
“Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslangan hamda maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishning mavjud holati tahlil etilgan.
Magistrlik dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishning amaliy asoslari” deb nomlangan va mazkur bobda maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish mazmuni hamda maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
Dissertatsiya ishining uchinchi bobi “Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish jarayonining samaradorligi” deb nomlangan va bu bobda magistr maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishga yunaltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodlarini keltirgan va maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasi ko‘rsatilgan.
Magistrlik dissertatsiyasida har bir bob xulosalangan va umumiy xulosa hamda tavsiyalar keltirilgan. Muallif tomonidan olingan natijalar ishonchli, xulosalar asosli.
Magistrlik dissertatsiyasida tadqiqot yo‘nalishiga tegishli mahalliy va xorijiy ilmiy-pedagogik adabiyotlar va internet manzillaridan foydalangan. Ishda ayrim orfografik xatolar mavjud, ammo bu ishning mazmuni va ilmiyliga ta’sir o‘tkazmaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bitiruvchisi Xodjayeva Matluba Rustamovnaning “Maxsus maktab internat o‘quvchilarida muloqot madaniyatini shakllantirish” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasini yakunlangan mustaqil, ilmiy va amaliy qiymatga ega ish deb baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: G.V.Izbullayeva, BuxDUPI dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)