34-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
10.3.Ma'naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.Qoraqalpog‘iston
Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash
borasidagi davlat siyosati.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-
g‘arbida, Amudaryoning quyi, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1932-yil 20-martda tashkil qilingan.
Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u
hududning kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari o‘rtasida
birinchi o‘rinda turadi.
Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning
shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum
sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida
joylashgan.
Mintaqa yer maydonlarining 80 foizdan ortig‘ini qum barxanlaridan iborat
cho‘l hududlari tashkil qiladi.
Respublika aholisi (2014 yil boshiga) 1 million 736 ming kishidan ziyod
bo‘lib, aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 38,1 foizni, qoraqalpoqlar 35,7 foizni,
qozoqlar 18,2 foizni, turkmanlar 5,1 foizni ruslar 0,7 foizni koreyslar 0,4 foizni,
tatarlar 0,3 foizni va boshqada millatlar 1,5 foizni tashkil qiladi.
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 14 ta tuman, 1 ta shahardan
iborat bo‘lib, markazi - Nukus shahri.
Mintaqa Qozog‘iston (990 km) va Turkmaniston (784,1 km) davlatlari,
Xorazm (263,2 km), Navoiy (300 km) va Buxoro (66 km) viloyatlari bilan
chegaradosh.
Quyi Amudaryoning janubiy qismida, qumli kengliklar o‘rtasida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti, uning iqtisodiy, ma’muriy va
madaniy markazi bo‘lgan Nukus shahri joylashgan. Jug‘rofiy nuqtai nazardan
shahar respublikaning qoq o‘rtasida, turli transport kommunikatsiya tarmoqlari
kelib tutashadigan juda qulay manzilda joylashgan. Shaharning tarixan uchta
darvozasi sanalmish To‘rtko‘l, Chimboy va Xo‘jayli guzar yo‘llari orqali
respublikaning istalgan tumaniga yetib borish mumkin. “Qizketken” va
“Qattag‘ar” deb nomlangan katta magistral kanallari shaharning nafaqat
shaharning, balki butun respublikaning qon tomirlaridir.
Hududdan halqaro ahamiyatdagi magistral avtomobil yo‘llari va temiryo‘llar
o‘tib, bu yo‘llar orqali Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga chiqish imkoniyati
mavjud.
Mustaqillik davrida – 1999 yilda Amudaryo uzra Nukus va Xo‘jayli
shaharlarini bog‘lab turgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan temir-
beton ko‘prik qurilib, ishga tushirildi.
Nukus – mamlakatimizning zamonaviy va tez rivojlanib borayotgan
shaharlaridan biri. Bu yerda milliy va jahon me’morlik madaniyatining ilg‘or
yutuqlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab muhtasham ma’muriy, madaniy-
maishiy binolar, turarjoylar, tibbiyot, ta’lim va sport maskanlari barpo etilgan.
Shaharda yirik sanoat korxonalari, banklar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining
Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Yozuvchilar, Kompozitorlar, Arxitektorlar uyushmalari,
teatr va muzeylar, kinostudiya, ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muqaddas Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi o`zining 27 yillik mustaqil
rivojlanish yillarida asrlarga teng yo`lni bosib o`tdi. Tarixan qisqa bu davrda
shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy
munosabatlar butunlay o`zgardi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida
barqaror o`sish sur`atlari kuzatilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz qalbida o`z yurtiga
egalik hissi, shu ulug` Vatanning bugungi va ertangi kuni uchun mas`uliyat va
daxldorlik tuyg`usi ortib, uning ongu tafakkuri va dunyoqarashi yuksalib
bormoqda.
Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga
bunyodkorlik
va
yangilanishlar
boshlab
kelganining
tasdig`ini
O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi
misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojida
alohida
o`rin
tutadi. Bu
haqda
so`z
yuritganda,
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz
Islom
Abdug`anievich
Karimovning
“Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan
so`zlarini esga olish o`rinlidir.
Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori
Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana
shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan
boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har
tomonlama
o`zgarib,
rivojlanib
bormoqda. Bunda,
ayniqsa,
davlatimiz
rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan ishlab
chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki,
bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy-iqtisodiy
infratuzilmalar,
transport-kommunikatsiya
tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni
nazarda tutadi.
Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida
qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga
chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy
o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi.
O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan
Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-
Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med
Tex» MChJ, «Tөrtkүl
shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jayli
shisha
zavodi,
“Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid,
Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks”
majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining
Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus
temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot
avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim
muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari
singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu
yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning
qurilishidir.
Shuni
ham
alohida
ta`kidlab
o`tishimiz
kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning
tashabbusi
bilan tamal
toshi
qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari
e`tiborini jalb etmoqda.
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan
ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi,
madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini
anglash imkoniga ega bo`ldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida,
Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan.
Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-
g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi
yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida
joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat
kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston
Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018
yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat.
Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq,
Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy,
Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.
Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv
shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi,
bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab
chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi –
Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi.
Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning
o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar
rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z
vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga
kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining
doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
jarayonlari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ekologik vaziyatning og‘irligi
mazkur jarayonlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. Tobora jahon ekologik
muammosiga aylanib borayotgan Orol dengizining qurib ketishi mintaqada og‘ir
ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni keltirib chiqardi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni saqlab qolish, aholi salamatligi
haqida g‘amxo‘rlik qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri
hisoblandi. O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan nafaqat Markaziy Osiyo
davlatlarining diqqati, balki butun jahon hamjamiyatining ham e'tibori Orol va
Orolbo‘yi muammolari yechimiga qaratildi. Xududda vujudga kelgan ijtimoiy-
ekologik muammolarni hal etish uchun dunyo hamjamiyati investisiyalari jalb
qilindi, hududdagi ekologik ahvolni sog‘lomlashtirishga doir qator kompleks
tashabbuslar ilgari surilib, ular muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu bilan bir
qatorda hozirgi kunda Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan mavjud ijtimoiy-
ekologik muammolarni hal etish uchun xukumat tomonidan ijtimoiy loyihalar ham
yo‘naltirilmoqda. Joriy yilda faoliyatiga 5 yil to‘ladigan O‘zbekiston ekologik
harakati ham Orolbo‘yi aholisining salomatligini muhofaza qilish va mintaqaning
ekologik barqarorligini ta'minlash maqsadida turli mahalliy jamg‘armalarning
ijtimoiy loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2009 yilda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondining ijtimoiy
buyurtma loyihasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining suv tanqis 2 ta
fermer xo‘jaligining 9,5 ga yer maydonida mevali bog‘ yaratildi va ushbu bog‘ga
tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Ushbu texnologiya esa suv resurslarini
iqtisod qilgan holda bog‘ning hosildorligini oshirishda o‘z samarasini bermoqda,
Orolbo‘yi fermerlari uchun suv resurslarini muhofaza qilish borasida ko‘rgazmali
texnologiya sifatida xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, loyiha asosida asosiy
elektr tarmog‘idan yiroqda bo‘lgan 2 ta qishloq vrachlik punktiga quyosh
stansiyasi hamda quyosh kollektorlari o‘rnatildi. Hozirgi kunda mazkur qayta
tiklanuvchi energiya manbalari tibbiy anjomlarni uzluksiz elektr ta'minotida va
issiq suv ta'minotida qo‘l kelmoqda. Joriy yilda esa O‘zbekiston ekologik harakati
Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘linmasi tomonidan Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-
quvvatlash fondi ko‘magida «Orolbo‘yi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida
ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirildi. Shuni ta'kidlab
o‘tish joizki, mazkur loyiha g‘oyasi 2012 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida
o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” xalqaro festivaldagi mahalliy ishtirokchilarning taklif
va istaklariga asosan Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashabbusi
orqali ishlab chiqilgan edi. Fondning ekoturizm yo‘nalishidagi loyihasi asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Quyi-Amudaryo» davlat biosfera rezervati
bufer hududida ekoturistlarni qabul qilish uchun tashrif markaziga asos solindi.
Tashrif markazi biosfere rezervati mablag‘lari hisobiga turistik anjomlar bilan
ta'minlandi. Tashrif markaziga kelgan ekoturistlar uchun biosfera rezervati haqida
ma'lumot beruvchi bukletlar, ekoturistlar uchun eslatmalar va rezervat xududida
ekoturistlarning xarakatlanish yo‘nalishlari tayyorlandi va chop etildi. Katta
magistral' yo‘ldan rezervatning asosiy kirish joyigacha bo‘lgan 2 km masofadagi
asfal't yo‘lni joriy ta'mirlash va yo‘l atrofini ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib
borildi. Yo‘l atrofiga asosan cho‘l xududiga moslashgan saksavul va cherkez
butalari, tashrif markazi atrofiga esa archa daraxtlari ekildi. Ijtimoiy tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash fondining mazkur loyihasini qo‘llab quvvatlash maqsadida
Ekoharakat tomonidan ushbu loyihaning uzviy bir qismi sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondining “Orolbo‘yi
muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlarida
ekoturizm
infrastrukturasini
rivojlantirishda muqobil energiya turlaridan foydalanish” mavzuidagi grant
loyihasi amalga oshirildi. Loyihaga asosan «Quyi-Amudaryo» davlat biosfera
rezervatining bufer hududida tashkil etilgan tashrif markazi va asosiy reklama
bannerini yoritish uchun quyosh chiroqlari o‘rnatib berildi. Loyiha asosida maxsus
ishlab chiqilgan o‘quv modullari orqali biosfera rezervati xodimlari va mahalliy
yoshlar muqobil energiya turlaridan foydalanish bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga ega
bo‘ldilar. Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash kerakki, «Quyi-Amudaryo» davlat biosfera
rezervati O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
tizimida 2011 yilda ilk bor yaratilgan yangi muhofaza xudud sifatida faoliyat olib
boradi. Biosfera rezervatining maqsadi rezervat hududidagi tabiiy landshaftlarni,
to‘qayga xos fauna va floraning yo‘q bo‘lib ketish havfi ostidagi turlarini hamda
biosfera rezervati hududiga xos boshqa tabiiy ob'ektlarini saqlab qolish, qayta
tiklash, ekologik holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni va
aholining ijtimoiy farovonligini ta'minlash, tabiat jarayonlarini o‘rganish, ekologik
ta'lim va tarbiyaning rivojlanishiga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil topgan.
Ta'kidlab o‘tish joizki, respublikamizning mavjud muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarida ekoturizm infrasrukturasini rivojlantirish hamda asosiy elektr
tarmog‘idan yiroqda joylashagan muhofaza etiladigan tabiiy xududlarda muqobil
energiya turlarini joriy etish O‘zbekiston ekologik harakati va hamkorlari
faoliyatining yaqin kelajakdagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari bo‘lib qoladi.
Respublika xukumati tomonidan Orolbo‘yi xududi aholisining ijtimoiy turmush
tarzini yaxshilash, uning salomatligini mustaxkamlash ustuvor maqsad qilib
qo‘yilganligi mazkur xudud rivojida katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur
xududda olib borilayotgan tibbiyot sohasidagi islohatlar, olib borilayotgan tibbbiy
chora-tadbirlar aholi sog‘lig‘ini saqlashda ijobiy natijalar bermoqda. Orolbo‘yida
vujudga kelgan ekologik tannazulning aholi salomatligiga ta'siri natijasida turli
kasalliklar, jumladan ayollar o‘rtasida keng tarqalgan kamqonlik, saraton kasali,
oshqozon ichak kasalliklari paydo bo‘lishi kuzatildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi buyicha sil kasalligidan kasallanish ko‘rsatkichi esa O‘zbekiston
ko‘rsatkichida ancha yuqoriligi statistik ma'lumotlarda keltirilmoqda. Hozirgi
kunda sil kassaligi bo‘yicha epidemiologik ko‘rsatkichlar jahon miqyosida jiddiy
tibbiy va ijtimoiy muammolardan bo‘lib qolayotganligi, sil bilan kasallanish
ko‘rsatkichining keng ko‘lamda o‘sishiga noqulay ijtimoiyiqtisodiy, ekologik va
demografik omillar, migratsiya jarayonlari hamda odam immuniteti tanqisligi virus
infeksiyali shaxslar kontingentining ko‘payishi ta'sir ko‘rsatayotganligi
ta'kidlanadi. O‘zbekiston xukumati tomonidan olib borilayotgan tibbiyot
sohasidagi islohatlari avvalombor mazkur ekologik tang xudud aholisining
salomatligini muhofaza qilishga yo‘naltirildi. Orolbo‘yida ko‘plab tibbiyot
maskanlari qurilib ishga tushirildi va ular zamonaviy tibbiy anjomlar va dori-
darmonlar bilan ta'minlandi, aholiga ko‘p miqdorda xukumat va xalqaro
tashkilotlarning gumanitar yordami ko‘rsatildi. Respublika aholisining sog‘lig‘ini
muhofaza qilish O‘zbekiston ekologik harakatining ham asosiy ustuvor faoliyat
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishda ham Ekoharakat bir qancha
mahalliy jamg‘armalarning yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalarini amalga oshirib
kelmoqda. Jumladan, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi ko‘magida
amalga oshirilgan “Orolbo‘yi hududida bolalar o‘rtasida sil kasalligining oldini
olish” mavzusidagi ijtimoiy loyihasi xududda sil kasalligi profilaktikasiga
bag‘ishlandi. Loyiha asosida Orolbo‘yi mintaqasining sil kasalligi ko‘p tarqalagan
xududida kasallik profilaktikasi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi, keng
aholi o‘rtasida sildan saqlanish va uni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilildi. Bu
yo‘nalishda metodik ko‘rsatma va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqildi va chop
etildi. O‘tkazilgan tadbirlarda silning atrofdagilarga yuqtirish xavfi yuqori
bo‘lganligi sababli, aholining mazkur kasallik bo‘yicha tibbiy bilimlarini oshirish,
o‘z vaqtida tibbiyot muassasalariga murojat etish, aholi o‘rtasida profilaktik ko‘rik
dispanserizasiyaning ahamiyati haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga katta
e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, mamlakatimizda
hozirgi kunda sil kasalligi profilaktikasi uchun mukammal tibbiy tizim ishlab
chiqilgan bo‘lib, mazkur tadbir davlat miqyosida olib boriladigan asosiy tibbiy
tadbirlardan biri hisoblanadi. Jumladan, sil kasalligi profilaktikasi uchun 5 kunlik
chaqaloqlar birinchi marta to‘g‘riqxonalarda va ular 7 hamda 15 yoshida qayta BSJ
bilan bepul emlanadi. Har yili 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Mantu sinamasi
orqali kasallik aniqlanadi. Katta yoshli aholi esa har yili bir marta kasallikni erta
aniqlash uchun flyuografiya ko‘rigidan bepul o‘tkaziladi. Ijtimoiy loyihalarni
amalga oshirish jarayonida ortirilgan amaliyot kelgusida keng xalq ommasini atrof
tabiiy muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston ekologik
harakatining mahalliy va xalqaro jamg‘armalar, ekologiya va tibbiyot
yo‘nalishidagi davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada
takomillashtirish imkoni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |