7.3.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish.
Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yil 4
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan maqsad
korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar
to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi. Qonunda korrupsiyaga qarshi
kurashning asosiy prinsiplari
sifatida qonuniylik
; fuqarolarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish
va javobgarlikning
muqarrarligi
bo‘yicha
choralar
ustuvorligi
kabilar
mustahkamlab qo‘yilgan. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan
ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini
oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z
vaqtida aniqlash
, ular
oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda
korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash
tamoyilini tadbiq etish.
BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
Ma’lumotida shunday deyiladi: “Korrupsiya - bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadlarida
davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”dir.Korrupsiya tushunchasiga berilgan shu
kabi ta’rif Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan
hisobotida ham berilgan: korrupsiya - bu “shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat
hokimiyatini
suiiste’mol
qilish”dir.
BMTning
Korrupsiyaga
qarshi
konvensiyasi
.
Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu -
shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
majlisi
Qonunchilik
palatasi
tomonidan “BMTning
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi
to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil
28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur
konvensiyaga
bir
nechta
bildirishlar,
bayonotlar
va
shartlar
bilan
qo‘shildi.
Jumladan
, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh
prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi
korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni
amalga oshirishda boshqa ishtirokchi - davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan organlar sifatida belgilanganligi keltirildi. Bu qoida Konvensiyaning 6-
moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga
korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan
organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to‘la
javob beradi.
Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yil 4
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan maqsad
korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar
to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida
qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining
o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi
bo‘yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini
oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan
ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular
oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda
korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash
tamoyilini tadbiq etish.
Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish
bo‘yicha qator choralar belgilandi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining
ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati,
mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab
pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovlar
asosidagi saralashlarga amal qilish mexanizmlarini joriy etish belgilandi. Davlat
organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularni ijtimoiy himoya qilish,
moddiy ta’minotini oshirish va mehnat faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish
choralarini ko‘rishga shart-sharoitlar yaratildi. Korrupsiya to’g’risidagi Qonunning
7-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi davlat organlari sirasiga quyidagilar kiritildi:
-Bosh prokuratura,
-Milliy xavfsizlik xizmati,
-Ichki ishlar vazirligi,
-Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining huquqiy maqomi
va vakolatlari belgilab qo‘yildi. SHu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan
ham amalga oshirishi belgilandi.
Shu bilan birga, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish ham nazarda tutildi.
Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
tomonidan
belgilanishi
nazarda
tutildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etilishi
belgilandi. Unga muvofiq tarzda idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari
sifatida quyidagilar belgilandi:
–korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab
chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
–korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga,
ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko‘rish;
–korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish;
–hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Ushbu qonunning 12, 16, 18 va 20 moddalari bevosita ta’lim tizimi
jarayoniga qo‘llash mo‘ljallandi. Qonunning 16-moddasiga asosan davlat organlari
va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib
borishlari lozim.
Qonunda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishga ham alohida urg‘u berildi. Kelgusida
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va
tarbiya davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan ta’lim standartlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga
olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni
kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda
takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari belgilab
qo‘yildi.
Shuningdek, qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini
olishga doir quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
—davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini
ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat
organlarining, ular mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish;
—korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati
ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab
chiqilgan va uning farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasi”da ham korrupsiyani tugatishga shart-sharoitlar yaratadigan yangi
qonunlar qabul qilish nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonunlar va istiqboldagi yillar
nomlari bo‘yicha qabul qilinayotgan davlat dasturlariga muvofiq, amaldagi
qonunchilikni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun me’yorlariga
muvofiqlashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |