4.3.
Dunyo nigohidagi ko`rsatkichlar. O`zbekistonning iqtisodiy
mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlaboq
O`zbekistonning har bir sa'y-harakati uzoq va yaqin qo`shnilar
tomonidan sinchiklab kuzatildi. Qulay geografik sharoitlar,
tabiiy boyliklar va kadrlar salohiyatiga ega yosh davlat bilan aloqalarni o`rnatishga
bo`lgan ishtiyoq yildan-yilga kuchayib borardi. Ammo ular har safar hamkorlikni
taklif etish oldidan barqarorlikka ishonch hosil qilish uchun mamlakatimizdagi
vaziyatni chuqur o`rgandi. Chunki investorga uning qo`yilmalari foyda keltirishi
juda muhim: biznes, bu — biznes.
Shunday ekan, statistik hisobotlar, prognoz parametrlari, OAVdagi
materiallar va boshqa manbalar juda puxta, ta'bir joiz bo`lsa, lupa orqali tahlil
etilardi. Diqqat bilan tanishgandan so`ng esa hamkorlar to`plangan dalillarni
qoniqish bilan qayd etardi: O`zbekiston sobiq sovet respublikalari orasida 1997
58
yildayoq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1990 yildagiga nisbatan 12,7
foiz oshira olgan yagona mamlakat edi. Boshqa ko`pgina mustaqil davlatlar bir
necha yil o`tgandan keyin ham bu ko`rsatkichni, hatto 1990 yoki 1991 yil
darajasiga yaqinlashtira olmagan edilar.
Bunday natijalarga iqtisodiy islohotlarni asosiy maqsad qilib qo`ymagan
holda erishildi. Bu islohotlar dastlabki davrda, avvalo, odamlarga, ularning eng
zarur kundalik ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirildi. Keyinchalik esa ularning o`z
qobiliyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratishga qaratildi. Buni teran
anglagan dono xalqimiz mustaqil davlatning har bir qadamini mamnuniyat bilan
qarshi oldi.
O`sha yillarda ommaviy axborot vositalaridagi tendentsiyani ko`pchilik
yaxshi eslaydi. Televidenie va gazetalar MDH mamlakatlarida ish haqi o`z vaqtida
berilmayotgani haqidagi xabarlar bilan to`lib-toshgan edi. 1998 yildan keyin
“rel'slar jangi” tushunchasi qo`llanila boshlandi: ya'ni o`shanda ko`mir qazib
chiqaruvchi mintaqalarda yetti oylab maoshini ololmasdan sillasi qurigan konchilar
asosiy transport magistrallarini to`sib qo`yishardi. Pensionerlarning ahvoli ham
havas qilarli emasdi. Xorijlik sotsiolog Leonid Gordon ta'biri bilan aytganda, ular
uyda o`z muammolari bilan yolg‘iz qolishdan ko`ra, namoyishga chiqishni afzal
ko`rishardi. Ayni paytda bu davlatlarda aholining besh foizga yaqini shu qadar
boyib ketgan ediki, ularning daromadi qashshoq qatlam vakillarinikidan 25 — 40
baravar ortiq edi.
“O`zbek modeli” asosida past va o`rta daromadli aholi qatlamlarining
turmush darajasini ko`tarish bo`yicha puxta o`ylangan siyosatni amalga oshirish
asnosida jamiyatda keskin tabaqalanishga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rildi.
Yurtimizda 10 foiz ta'minlangan va 10 foiz yetarlicha ta'minlanmagan aholi
daromadlari o`rtasidagi tafovut, ya'ni “detsil koeffitsienti” deb ataluvchi
ko`rsatkich 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. Xalqaro e'tirof etilgan Jini indeksi,
ya'ni aholining tabaqalanishi ko`rsatkichi 0,280 ni tashkil etdi va bu ko`pgina
rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarnikidan ancha past edi.
59
Shu ma'noda, quyidagi raqamlar e'tiborni tortadi: 2016 yilda aholining real
daromadlari 11 foiz o`sdi, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foiz,
pensiya va ijtimoiy nafaqalar — 12,1 foiz oshirildi. Bu raqamlar jahonda davom
etayotgan moliyaviy inqiroz sababli qator davlatlarda ijtimoiy to`lovlar qisqarib
borayotgan bir sharoitda bizning davlatimiz o`z fuqarolariga qanchalik g‘amxo`rlik
ko`rsatayotganidan dalolat beradi.
Barqarorlik, yuqorida sanab o`tilgan omillar, shuningdek, tobora
takomillashayotgan transport sohasi, jozibador investitsiya muhiti, xalqaro
reytinglardagi yuqori o`rinlar — bularning hammasi O`zbekiston bilan hamkorlik
qilishga
tayyor
bo`lgan
yangidan-yangi
investorlarni
jalb
etmoqda.
Iqtisodiyotimizga, asosan, sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash loyihalarini amalga oshirish uchun kiritilayotgan sarmoyalar faqat 2016
yilda deyarli 10 foiz ortdi va 16,6 milliard dollarni tashkil etdi. Jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan O`zbekiston hududida bugun besh mingdan
ziyod chet el kapitali ishtirokida o`zaro manfaatli hamkorlik asosida tuzilgan
korxonalar faoliyat yuritmoqda. “O`zbek modeli” asosida amalga oshirilgan
islohotlar ekspertlar tomonidan hamisha yuqori baholanib kelinmoqda. Xususan,
Jahon iqtisodiy forumi O`zbekistonni eng tez rivojlanayotgan beshta davlat
qatoriga kiritdi.
Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik
bo`yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigulening fikricha, O`zbekiston o`z taraqqiyot
yo`lini bundan 25 yil avval qanday holatda boshlaganini hisobga olsak, mamlakat
mustaqillik yillarida aqlbovar qilmas yutuqlarga erishgan.
— Bugun O`zbekiston barcha sohada ildam rivojlanishni namoyish
etmoqda. U o`z fuqarolarining xavfsizligini ta'minlashga, ularning moddiy
farovonligini
va
ijtimoiy
himoyasini
yaxshilashga,
turli
xizmatlardan
foydalanishlari uchun imkon yaratishga alohida e'tibor qaratadigan davlatga
aylandi, — deydi parlament a'zosi.
Keng ko`lamli islohotlar natijasida O`zbekiston iqtisodiyoti bir necha
barobar o`sdi, aholi nufusi bir yarim marta ko`paygan bo`lsa-da, jon boshiga
60
daromad ko`rsatkichlari sezilarli darajada ortdi. Shaharu qishloqlarimiz qiyofasi
tubdan o`zgardi, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma vujudga
keldi. Bularning barchasi taraqqiyotning “o`zbek modeli” hayotga muvaffaqiyatli
tatbiq etilayotganining, mamlakat hamda uning har bir fuqarosi farovonligi yo`lida
-davom ettirilayotgan islohotlar siyosatining amaliy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |