Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

1.2.
 
Kasb-hunar ta’limi tizimida tibbiyot mutaxassisliklar bo‘yicha 
Davlat ta’lim standartlari, malakaviy tavsifnoma, o‘quv rejasi va 
o‘quv dasturlari, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari, 
ularga qo‘yiladigan talablar 
 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining maqsad va 
vazifalari 
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartining  maqsadi 
—  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ilg‘or  tajribalari 
hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalariga 
asoslangan  holda  tashkil  etish,  belgilangan  talablarga  javob  beruvchi,  ma’naviy 
barkamol,  kasb  mahoratiga  ega  bo‘lgan,  mehnat  va  ta’lim  xizmatlari  bozorida 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. 
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartining  vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni 
belgilash; 
- milliy,  umuminsoniy  va  ma’naviy  qadriyatlar  asosida  o‘quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
- o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini  joriy  etish,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining 
o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
- kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta’lim,  fan  va  ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 


60 
 
- ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari 
turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; 
- o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga  va  uning  pirovard  natijalariga, 
o‘quvchilarning bilimi va kasbiy malaka darajasini baholash tartibiga, shuningdek, 
ta’lim  faoliyati  sifati  ustidan  nazorat  qilishga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablarning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
- davlat  ta’lim  standartlari  talablarining  ta’lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  ta’lim  standartining  asosiy 
printsiplari 
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi: 
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarining ustuvorligi
- o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  boshqa  ta’lim  turlari  va  bosqichlari 
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
- mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi, 
fan, 
texnika 
va 
texnologiyalarning  istiqbolli  rivojlanishi  hamda  jamiyat  talablarining  zamonaviy 
holati hisobga olinganligi; 
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi mujassamligi; 
- o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  xalqaro  ta’lim  standartlariga  hamda 
mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  ilm-fan  va 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanganligi
- o‘quvchilarda  fanlarni  o‘rganish  va  ta’lim  olishni  davom  ettirish  uchun 
tayanch  va  fanlarga  oid  umumiy  kompetentsiyalarni  rivojlantirishning 
ta’minlanganligi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari 
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi; 
- o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari  bitiruvchilariga  qo‘yiladigan 
umumiy talablar; 


61 
 
- akademik  litseylarning  ta’lim  yo‘nalishlari  bo‘yicha  malaka  talablari 
tuzilmasi; 
- kasb-hunar  kollejlarining  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha  malaka  talablari 
tuzilmasi; 
- o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va 
ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi 
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limning  tayanch  o‘quv  rejasi  fanlar  bo‘limlari 
nomi,  o‘quv  yuklamasining  minimal  hajmi  hamda  ularning  kurslar  bo‘yicha 
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Tayanch  o‘quv  reja  ta’lim  mazmunidan  kelib  chiqib,  akademik  litseylar  va 
kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi hamda ularning  o‘quv 
rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Tayanch o‘quv rejasining birinchi va ikkinchi bosqichida har bir o‘quv yili 40 
haftadan  iborat  bo‘lib,  bir  semestr  20  haftani  o‘z  ichiga  oladi.  Uchinchi  bosqich 
o‘quv yili 38 haftani tashkil etib, birinchi semestri 20 haftani, ikkinchi semestri 18 
haftani o‘z ichiga oladi. 
Tayanch o‘quv rejalarida umumiy 4470 soatdan 100 soati ta’lim  muassasasi 
pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv fanlarini o‘qitishga ajratiladi.  
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari  o‘quvchilarining  umumiy 
haftalik yuklamalari 54 soatni, shundan 37-38 soati auditoriya yuklamasi va 17-16 
soat mustaqil ishni tashkil etadi.  
Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 
daqiqa etib belgilanadi.  
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining  pedagogik  kengashlariga 
ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar 
hajmi  doirasida  ayrim  bo‘limlar  uchun  ajratilgan  soatlar  miqdoriga  o‘zgartirish 
kiritish huquqi beriladi. 


62 
 
O‘quv  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  uchun  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalarida  guruhlarda  o‘quvchilar  soni  26  nafar  va  undan  ortiq  bo‘lganda 
ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi: 
- o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun); 
- rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun); 
- chet tili;  
- informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;  
- chuqurlashtirilib  o‘rganiladigan  fanlar  (ta’lim  yo‘nalishlari)  bo‘yicha 
akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari; 
- jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 15 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda) 
mashg‘ulotlari; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida 
olib  boriladigan  guruhlarda  kichik  guruhlarda  o‘rganiladigan  til  ko‘pchilik 
o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori 
bilan belgilanadi. 
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  tomonidan  manfaatdor  vazirliklar 
va  idoralar  bilan  kelishilgan  va  tasdiqlangan  namunaviy  o‘quv  rejalari  asosida 
akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  tibbiyot,  ta’lim  (musiqa  xodimi), 
madaniyat, sport, tasviriy, amaliy, dizayn va boshqa san’at yo‘nalishlari bo‘yicha 
maxsus  mutaxassislik  fanlarining  amaliy  mashg‘ulotlari  kichik  guruhlarga  bo‘lib 
o‘qitiladi. 
Madaniyat,  san’at  va  ta’lim  (musiqa  xodimi)  yo‘nalishlari  bo‘yicha  yakka 
tartibdagi  o‘quv  mashg‘ulotlari  tayyorlov  yo‘nalishlarining  o‘ziga  xos 
xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  tasdiqlangan  namunaviy  o‘quv  rejalariga  muvofiq 
amalga  oshiriladi.  Bunda  tegishli  xarajatlar  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
muassasalari  uchun  nazarda  tutilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti 
mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi. 
Boshqa  fanlar  bo‘yicha  guruhlarni  kichik  guruhlarga  bo‘lib  o‘qitish  (o‘quv 
amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi.  


63 
 
Kasb-hunar  kollejlarida  o‘quv  amaliyotini  kichik  guruhlarga  bo‘lib  o‘qitish 
ishlab  chiqarish  ta’limi  ustasi  lavozimini  kiritish  normasi  doirasida  amalga 
oshiriladi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish