30
Har qanday fanning metodologik asoslarini o‘zlashtirmasdan turib, ushbu fanni
ilmiy bilimlar sohasini uni amaliyotda qo‘llanilishi mohiyatini tushunish mumkin
emas. Fan metodologiyasining umumiy holatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Lug‘atlarda metodologiya bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta'limot sifatida,
nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va yo‘llari to‘g‘risidagi
ta'limot sifatida, u yoki bu fandagi qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi sifatida
izohlanadi.
Metodologiyaning falsafiy va maxsus ilmiy darajasi mavjud.
Fan metodologiyasining yuqori darajasi falsafa hisoblanadi. Bizga ma'lumki,
sobiq sho‘ro tuzumi davrida fanlarni o‘qitishning falsafiy asosi sifatida dialektik
materializm qabul qilingan. Shuning uchun ko‘plab mutaxassislar ijtimoiy,
gumanitar va tabiiy fanlarning falsafiy asosini dialektika tashkil qiladi deb
hisoblaydilar. Ularning fikricha, dialektika qoidalari butun bir pedagogik tizimdagi
ta'lim va tarbiya jarayonlari uchun umumiydir. Shuning uchun zarur falsafiy
nazariyalar har qanday fan bilan o‘zaro aloqadordir.
Falsafada fanni atributlari sifatida g‘oya va prinsiplar, qonun va qonuniyatlar,
tushuncha va kategoriyalar qabul qilingan.
Dialektik materializm g‘oyalari orasidan determinizm prinsiplarini, ya'ni
hodisalarni o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Pedagogikada
rivojlanish prinsipi pedagogik jarayon ta'lim va tarbiya jarayonlaridan tashkil
topgan ijtimoiy va murakkab hodisa ekanligini ifodalaydi.
Unda barcha komponentlar: jamiyat ehtiyoji va ta'lim-tarbiya maqsadi, pedagog
va talabalar, o‘zlashtiriladigan material va uni uzatish yo‘llari, o‘qituvchi
rahbarligidagi mashg‘ulot va o‘quvchilarni mustaqil ishi, o‘quv va
tarbiyaviy ishlar
orasida o‘zaro aloqadorlik mavjud.
Shunday qilib, pedagogika metodologiyasi fanni falsafiy va maxsus ilmiy
metodologik darajalariga asoslanadi. Metodologiyani barcha darajalari o‘zaro
aloqadorlikda va bir-biriga bo‘ysungan holda tizimni shakllantiradi.
Pedagog uchun pedagogika fani metodologiyasi mohiyatini bilishligi ta'lim
jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishda zarur bo‘ladi. Har qanday fan
32
Har qanday tadqiqotda analiz va sintez uzviy aloqada bo‘ladi.
Taqqoslash — o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘xshashliklarni va
farqlarini o‘rnatish.
Taqqoslashda taqqoslash asoslarini, ya'ni mezonlarini aniqlab olish maqsadga
bog‘liq.
Hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash uchun avvalo ularni asosiy belgilarini
ajratib olish lozim. Taqqoslashning tarkibiy qismi hamisha analiz hisoblanadi,
ayrim hollarda sintez ham qo‘llaniladi.
Umumlashtirish — hodisa va jarayonlarning umumiy jihatlarini ajratish.
Tadqiqotni umumlashtirish.
Hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash natijasida tadqiqotchi hodisalarni umumiy
jihatlarini topib va u asosida bir fikriy guruhga birlashtiradi.
Modellashtirish — hodisa va jarayonlarni real va ideal modellar yordamida
tadqiq qilish.
Induksiya, deduksiya — amaliy yo‘llar bilan olingan ma'lumotlarni
umumlashtiruvchi mantiqiy metodlar. Induktiv metod xususiy fikrlardan umumiy
xulosalarga borishni, deduktiv — umumiydan xususiy xulosalar chiqarishni
ifodalaydi.
Tadqiqotning empirik (amaliy) metodlariga: ma'lumotlarni yig‘ish va to‘plash
metodlari (kuzatish, suhbat, anketa, test); nazorat va o‘lchash metodlari;
ma'lumotlarni qayta ishlash metodlari (matematik, statistik, grafik, jadvalli;
baholash metodlari (o‘z-o‘zini baholash, reyting); tadqiqot natijalarini pedagogik
amaliyotda qo‘llash metodlari (eksperiment, tajribali ta'lim, masshtabli qo‘llash) va
b.
Ayrim metodlarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: