1.8.
Pedagogik faoliyatga qo‘yilgan talablar, pedagogning asosiy
professional sifatlari
Pedagogik faoliyat, yaxlit olganda bevosita o‘qituvchilik, pedagoglik kasbi -
juda qadimiy sanaladi. Unda avlodlar vorisiyligining minglab yillik tajribalari
mujassamlashgan. O‘qituvchi, o‘z kasbiy mohiyatiga ko‘ra - avlodlarni bir-biriga
bog‘laydigan bo‘g‘in, insoniy, ijtimoiy, tarixiy tajribaning tashuvchisi. Xalqning
ijtimoiy-madaniy bir butunligi, yaxlit taraqqiyotning o‘zi, avlodlarning vorisiyligi
ko‘p jihatdan pedagogik faoliyatga bog‘liq.
Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishi obyektiv hodisadir. Chunki agar katta
avlod o‘rniga keladigan yosh avlod ular to‘plagan tajribani o‘rganmay, uni o‘rab
turgan olamni qayta o‘rgana boshlashganida edi insonlar jamiyati mavjud bo‘lmas
va rivojlanmas edi.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, qadim zamonlarda, hali mehnat taqsimoti
bo‘lmagan bir davrda kattalar tajribasining bolalarga etkazilishi mehnat faoliyati
jarayonida olib borilgan. Bolalar yoshligidanoq shu faoliyatga ishtirok etar va unga
oid usullarni o‘rganganlar (ovchilik, mevalarni terish va h.k.) va kattalar
ko‘magida turli ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lganlar. Ana shu
xususiyatlari bilan inson hayvonlardan ajralib turganlar.
Ish qurollarining takomillashuvi, manifakturani rivojlanishi ko‘proq oziq-
ovqat to‘plash imkonini berdi. SHuning uchun qariyalar va kasallar ishga jalb
qilinmasdan ularga olovni qo‘riqlash va bolalarga qarab turish ishi topshirildi. Ish
qurollarining ongli ravishda tayyorlash va qo‘llash jarayonining murakkablashuvi
mehnat ko‘nikma va malakalarini maxsus o‘rganish ehtiyojini vujudga keltirdi.
Shu bilan bir qatorda qabilaning hurmatga sazovor va tajribali a’zolarining muhim
37
va asosiy vazifasi bolalarga xalq donishmandligini va tajribasini etkazish, ularni
mustaqil hayotga tayyorlash, ijtimoiy hayot me’yorlari va ularga amal qilinishini
ta’minlash bo‘lib qoldi.
Pedagogik faoliyat paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab, turli tarixiy taraqqiyot
davrlarida mazmunan o‘zgargan bo‘lsada, uning asosiy vazifasi yoshlarga ta’lim
berish, tarbiyalash, ularni ma’lumotli qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. YUqorida qayd
etib o‘tilganidek, barcha davrlarning etuk mutafakkirlari pedagogik faoliyat, ta’lim
va tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini alohida ko‘rsatib o‘tganlar. Shuning uchun
pedagogik faoliyat muayyan xususiyatlarga ega.
Pedagogik faoliyatning dastlabki o‘ziga xosligi shundan iboratki, u bilan turli
ijtimoiy qatlam a’zolari ishlab chiqarish ishlarini bajarish jarayonida hamma
shug‘ullanadi. CHunki bu faoliyat tarbiyalashga moyillikni anglatuvchi inson
tabiatiga xos xususiyat hisoblanib, u ota-onalar va qirindosh-urug‘lar, yoshi katta
do‘st- o‘rtoqlar, jamoadoshlar, o‘quv, ishlab chiqarish guruhlari, rahbarlar,
lavozimdagi kishilar va hokazoni qamrab oladi. Ammo bularning barchasi
noprofessional pedagogik faoliyat hisoblanadi.
Professional pedagogik faoliyat esa maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, kasbiy-
pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishni talab etadi. U muayyan pedagogik tizimlarda
amalga oshiriladi, u yashash manbai bo‘lib, tabiiy ravishda unga haq to‘lanadi. Shu
bois bu kasb doimiy mutaxassislik bo‘lib, yashash, tirikchilik manbai bo‘lgan
faoliyat, mashg‘ulot turi bo‘lib hisoblanadi. Doimiy ravishda o‘zgarib turadigan
dunyoda pedagogik faoliyat o‘zgarmaydi, garchi albatta, uning mazmuni, shart-
sharoiti o‘zgarsa ham. CHunki davr, zamon o‘zgargan sari ba’zi kasb-korlar
yo‘qolib ketishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy yashagan davrda eng zarur va
zamonaviy kasb bo‘lgan xatttotlik bugungi kunda butunlay yo‘qolib ketgan.
Pedagogik faoliyatning mazmun, mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilar
ekanmiz, mazkurni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Pedagogik kasbning o‘ziga
xos xususiyatlari shundan iboratki, u o‘z mohiyatiga ko‘ra insonparvarlik,
jamoaviylik va ijodkorlik xususiyatlarga ega.
38
Pedagoglik kasbining
Do'stlaringiz bilan baham: |