15-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH,
ICHT BOSQICHLARI VA TASHKILIY SHAKLLARI
Tayanch tushunchalar:
ishlab chiqarish, mehnat faoliyati, ish sifati, mehnat
unumdorligi, mehnat madaniyati, kasbiy mustaqillik.
15.1.
Ishlab chiqarish ta’limi mazmuni va mohiyati.
Zamonaviy sharoitda bozor iqtisodiyoti yuksak kasb
mahoratga
mutaxassilarni tayyorlashni talab etiladi. Bu esa kasb ta`limi muassasalari oldiga
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda mehnatga ijodiy munosabatni tarkib
toptirish uchun ishlab chiqarish ta`limi tubdan yaxshilash vazifasini qo`yadi.
Ishlab
chiqarish
ta`limi
xususiyatlari.
Kasb-hunar
ta`limi
o`quv
muassasalarida o`quv jarayonining ishlab chiqarish ta`limi tashkil etuvchi qismi
hisoblanadi. SHu bilan birga ishlab chiqarish ta`limi maqsadi, mazmuni, shakli va
usullari bilan o`ziga xos xususiyatiga xam ega.
Ishlab chiqarish ta`limining asosiy maqsadi talabalarda ma`lum kasb,
mutaxassislik sohasi buyicha kasbiy mahoratning shakllanishi hisoblanadi.
«Kasbiy mahorat» tushunchasi mohiyatini ochib beruvchi quyidagi ko`rsatkich-
mezonlarni ajratib ko`rsatamiz:
ishni bajarish sifati
– texnik talablarning ish natijalari bo`yicha bajaralishi;
uning o`rnatilgan ko`rsatkich va me`yorlarga mos kelishi; ijobiy natijalarni olish;
mehnat unumdorligi
– o`rnatilgan vaqt me`yorlarining bajarilishi; mehnatni
tashkil qilish va ishni bajarishning eng tejamli va unumli usullarini, yuqori
unumdorlikka ega bo`lgan texnika va texnologiyani o`zlashtirishga va bo`lgan
intilishni aniqlab beruvchi vaqt mezonini baholash qobiliyati va mahorati;
kasbiy mustaqillik
– mehnatning yuqori sifati va unumdorligini ta`minlovchi
ish usulini mustaqil tanlash mahorati; ishlab chiqarish vaziyatlarida muammolvrni
mustaqil hal qilish, to`g’ri qaror qabul qilish qobiliyati; ishda o`z-o`zini nazorat
qilish va boshqarishni amalga oshirish;
mehnat madaniyati
– o`z mehnatini rejalashtirish qobiliyati va odati;
mehnatning maqbul usul va uslublari, zamonaviy texnika va texnologiyani
qo`llash bilan ishlay olish maxorati; ish faoliyatida kasbiy bilimni qo`llash
161
maxorati; ish o`rni va mexnatni to`g’ri tashkil qilish, mexnat xavfsizligi
qoidalariga rioya qilish;
mehnatga bo`lgan munosabat
– mexnatni tashkil etishni va usullarni
takomillashtirish, ish jarayoniga yangi asl nusxadagi mexnat qurolini joriy qilishga
intilish va etakchilik qobiliyati, ilmiy yechimlar va ixtirolarni topishga bo`lgan
intilish va qobiliyat;
mehnat faoliyatining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi
–
bajariladigan mehnat jarayonini iqtisodiy tahlil qilish, ishni bajarish jarayonida
iqtisodiy jihatdan maqbul qarorlarni qabul qilish qobiliyati.
Hozirgi paytda kasb-hunar o ‘quv muassasalarida malakali mutaxassislarni
tayyorlash ikkita mustaqil qismdan iborat, ya’ni nazariy va ishlab chiqarish ta’limi.
Nazariy ta'lim. Kasb-hunar ta’lim o'quv muassasalari o'quv rejalarida
nazariy va ishlab chiqarish ta’limi ko‘zda tutilgan. Nazariy ta’limning vazifasi,
mazmuni, usullari, tashkiliy shakllari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bitta
maqsadga, ya’ni yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratiladi. Shuning
uchun nazariy va ishlab chiqarish ta’limi o'quv muassasalaridagi o'quv
jarayonining mustaqil, ammo o'zaro aloqador qismlari hisoblanadi.
Shunday qilib, nazariy ta’lim o'quvchilarning umumiy bilim, ijtimoiy,
umumkasbiy va maxsus fanlarni o'rganishlarini o‘z ichiga olib, ularda
o'rganilayotgan kasbni ongli tarzda mustahkam va chuqurroq egallashlari uchun
zarur hajmdagi bilimlar tizimini shakllantirish hamda ishlab chiqarish malakasini
yanada oshirishni maqsad qilib qo'yadi.
Bilim deganda, bir maqsadga qaratilgan pedagogik jarayon, mustaqil
o'qish, hayotiy va ishlab chiqarish tajribasi natijasida shakllanadigan va xotirada
mustahkamlanib qoladigan o'quvchilaming fanlar va real voqelik hodisalari
haqidagi, tabiat va jamiyat qonunlari haqidagi tasawurlari, tushunchalari va
mulohazalari tushuniladi.
Umumkasbiy fanlar o‘z mazmuni va o'quv jarayonidagi o'rni jihatidan
umumiy ta’lim va maxsus turkumdagi fanlar o'rtasidagi o'ziga xos bog'lovchi
bo'g'in hisoblanadi.
162
Maxsus fanlar - o'quvchilaming muayyan kasbga muvofiq mashinalar,
mezanizmlar, apparatlar, asboblar va shu kabilarning sistemasi haqida, ishlab
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish, materiallar to'g'risida bilim olishni
ta’minlaydi.
Ta’limda nazariy dars soatlari bilan amaliy mashg'ulotlarning soatlari ma’lum
nisbatda bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |