Mavzuni asoslash
Tibbiyotning turli sohalarida ishlaydigan shifokorlar trixomonodoz, mikoz kasalliklari bilan to‘qnashishi mumkin. Bu kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash uchun bu kasalliklarda qo‘llaniladigan dori vositalarni bilishi zarurdir. Bu mavzuni bilish talabalarga tibbiyotning boshqa sohalarini o‘rganishda yordam beradi.
Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik
SHu mavzuni o‘qitish talabalarning mikrobiologiya va patologik fiziologiya bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar terapiya, xirurgiya, akusherlik-ginekologiya, dermatologiya,infeksion kasalliklar va boshqa klinik yo‘nalishlardagi vositalarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulot mazmuni:
Nazariy qismi
ZAMBURUG‘LARGA QARSHI VOSITALAR
(MIKOZLARGA QARSHI VOSITALAR)
Mikozlar (mykes) patogen va shartli patogen zamburug‘lar bilan chaqiriladigan keng tarqalgan xastaliklardir. Mikozlar antibiotiklar va buyrak usti bezi preparatlarini qo‘llaganda asorat sifatida ham kelib chiqishi mumkin (kandidamikalar).
Mikozlarga qarshi preparatlar ta’sir spektriga asosan quydagi guruhlarga bo‘linadi:
I. Patogen zamburug‘lar bilan chiqarilgan xastaliklarni davolashda qo‘laniladigan vositalar.
CHuqur mikozlarda qo‘llaniladigan (sistemali mikozlar): -koksidoidoz, gistoplazmoz, kriptokokkoz, blastomikozlarda) vositalar:
A) antibiotiklar (amfoteritsin V, mikogeptin)
B) imidazol unumlari (mikonazol,ketakenazol)
V) triazol unumlari (intrakonazol, flukonazol)
epidermomikoz (dermatomikoz)larda qo‘llaniladigan vositalar:
A) antibiotiklar (girezeofulvin)
B) nitrafenol ununmlari (nitrofungin)
V) yod preparatlari (yodning spirtli eritmasi, kaliy yodid)
G) imidazol unkmlari (mikonazol, klotrimazol)
D) N – metil naftalin unumlari (terbinafin-lamizil)
II. SHartli – patogen zamburug‘lar bilan chaqirilgan xastaliklarni davolash vositalari:
A) antibiotiklar (nistatin, levorin, amfoteritsin)
B) imidazol unumlari (mikonazol, klotrimazol)
V) bis-to‘rtlik ammoniy tuzlari (dekamin)
Amfoteritsin V Streptomyces nodosum zamburug‘ ajratuvchi antibiotik sistemali, chuqur mikozlarni davolashda asosiy preparatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Zamburug‘larning sitoplazmatik membranalari o‘tkazuvchanligini buzib ularning rivojlanishi va ko‘payishini susaytiradi (fungistatik ta’sir). MITdan yomon so‘riladi shu sababli uni parnetal yo‘l bilan kiritiladi. GEBdan o‘tmaydi. Amfoteritsin Vni ingalyasion va mahalliy qo‘llash mumkin. Organizimda juda sekin, buyrak orqali ajraladi. (I haftada 20-40% preparat ajraladi), shu sababli kumulatsiya bo‘lishi mumkin. Amfoteritsinga chidamlik sekin-asta rivojlanadi. Preparat katta zaharlikka ega bo‘lganligidan ko‘p, jiddiy asoratlar chaqiradi (qon bosimini pasayishi, isitimalash, dispepsiya, anemiya, gipokaliemiya, nefro- va neyrotoksiklik, tromboflebitlar, allergik reaksiyalar). Amfoteritsinni faqat statsionarda, buyrak, jigar, qon holatlarini nazorati asosida qo‘llaniladi. Boshqa preparatlar samara bermagan hollarda ham amfoteritsin yaxshi natija beradi. Gepatit, nefritlarda berish mumkin emas.
MIKOGEPTIN-kimyoviy tuzilishi bo‘yicha amfoteritsinVga yaqin. Aktinomitsetlar maxsuloti hisoblanadi. Preparat chuqur sistemali mikozlar va achitqisimon zamburug‘larga yaxshi ta’sir etadi. Preparatni ichish va tashqi qo‘llash mumkin. MITdan qisman so‘riladi, peshob tarkibida ajraladi. Amfoteritsinga xos noxush ta’sirlarga ega.
MIKONAZOL-imidozol hosilasi. Zamburug‘larning sitoplazmatik membrana-si o‘tkazuvchanligini buzadi. Koksidioidozlar, blastomikoz kabi (disseminir-langan) keng tarqalgan kandidomikozda parenteral, qin shilliq qavatining kandida bilan jarohatlanishida, dermatokozlarda maxalliy qo‘llaniladi. GEBdan yomon di. Amfoteritsinga nisbatan kam zahar bo‘lsa ham ko‘pgina noxush asorat beradi. Tromboflebit, anemiya, leykopeniya, dispepsiya, allergik raksiyalar.
GRIZEOFULVIN-Penicillinum griseo fubvinum maxsuloti. Dermato mikozlarda (teri, tirnoq, sochlarni) qo‘llaniladi. Fungistatik ta’sir etadi, chunki nuklein kislotalarning sentezini susaytiradi. CHuqur mikozlarda samara bermaydi. Zamburug‘larning grizefulvinga chidamliligi rivojlanmaydi. MITdan yaxshi so‘riladi. Qonda max. konsentratsiyasi 4-5 soatdan keyin rivojlanadi. Organizimdan sekin ajraladi T1/2=20soat. Jigarda qisman parchalanadi. Peshob va sarfo tarkibida ajraladi. Keratinni mujassamlashtiruvchi xujayralarda grizeofulvin ko‘p miqdorda to‘langanligidan terining shox qatlami, sochlar, tirnoqlar zamburug‘lar-dermatomitsetlarga chidamlik ortiradilar. Grizefulvini boshqa zamburug‘larga qarshi (mahalliy) preparatlar bilan bigalikda qo‘llash yaxshi natija beradi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, bosh og‘rig‘i, allergik reaksiyalar, dezorientatsiya, bosh aylanish (transport haydovchilari ehtiyot bo‘lishlari kerak).
Kamdan kam hollarda leykopeniya, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi.
Terining zamburug‘lik xastaliklarida mikanazol, mikoseptin, undenin, nitrofungin, yod preparatlari mahalliy qo‘llaniladi.
NITROFUNGIN-asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi qisim bu 2-xlor 4-nitro fenoldir. Asosan mahalliy qo‘llaniladi. Terining zamburug‘li xastaliklari: epidermofitiya, trixofitiya, zamburug‘li ekzema, teri kadidozida. Terining jarohatlangan qismini kuniga 2-3 marta ishlov beriladi. Agar preparat mahalliy yallig‘lanish bersa yoki preparatga sezgirlik yuqori bo‘lsa preparatni 1:1 nisbatda suyultirib qo‘llaniladi. Preparat terini sariq rangga bo‘yaydi.
NISTATIN-nursimon zamburug‘lar maxsuloti bo‘lgan antibiotik. Polmen tuzilishga ega bo‘lgan antibiotiklarga kiradi. Kandida tipidagi zamburug‘larning sitoplazmatik membranasi o‘tkazuvchanligini buzishi hisobiga fungistatik va fungitsid ta’sir ko‘rsatadi. MITdan preparat yomon so‘riladi. SHu sababli visseral kandidzda va kandida sepsisda samara bermaydi. Asosan tetratsiklin bilan davolashda kadidamikozni oldini olish uchun qo‘llaniladi. Nistatinga rezzistentlik rivojlanmaydi. Preparat kam zahar. Kamdan kam noxush ta’sir ko‘rsatadi (dispepsiya, diariya). Enteral, rektal, intravatinal va tashqariga surtma sifatida qo‘llaniladi.
LEVORIN-polien guruhiga kiruvchi antibiotik. Nistatinga ko‘ra zaharliroq. Unga nisbatan ko‘proq noxush asoratlar chiqaradi. Kandida mikozni davolash uchun qo‘llaniladi. Mahalliy yo‘l bilan qo‘llaniladi. Nistatin samarasiz holatlarida ham yaxshi natija beradi.
KLOTRIMAZOL-imidazol hosilasi bo‘lib, nistatin va levorin samarasiz bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Preparat yuqori zaharlilikka ega. SHu sababli faqat mahalliy qo‘llaniladi.
DEKAMIN – antibakterial va fungitsid ta’sirga ega. Asosan mahalliy (surtma) va karamel sifatida enteral qabul qilinadi: chaqaloqlarning zamburug‘lar ta’sirida tilni oqarishi (molochnitsa) teri kandidamikozida, tirnoq va uning yonidagi to‘qimalarning (paranixi), tovonning epidermofitiyasida. Dekamin angina-tonzillitlar, stomatitlar, faringit, glossitlar, aftoz yaralarda, karamelni lunjga yoki tilni tagiga, to erib so‘rilguncha saqlanadi. Dekaminni tashqariga (teri va boshqalarga) surtilgandan keyin sovunlab yuvilsa (anionli detertentlar) ta’siri tezda yo‘qoladi, chunki parchalanadi.
KETOKONAZOL-imidozol unumli, enteral yo‘l bilan kiritilganda ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari ham yuzaki, ham chuqur mikozlarga ta’sir etadi. Ta’sir mexanizmi zamburug‘larning xujayra menbranasi hosil qilishga kerakli bo‘lgan ergosterin, triglitserid va fosfolipdlar sintezini susayishi bilan bog‘liq. MITdan yaxshi so‘riladi. Bir kunda bir marta ichiladi.
Ko‘rsatmalar: yuzaki va sistemali mikozlarda: blastomitsetalar bilan chaqirilgan dermatomikoz, onixo mikoz, boshning sochli qismi va qinning mikozlarida. Og‘iz bo‘shlig‘i, MIT, peshob va jinsiy yo‘llar va boshqa ichki a’zolarning blastomitsetozlari. Ko‘z mikozlarida.
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, qayd qilish, bosh og‘rig‘i, terining qichishi, bosh aylanish, uyquchanlik, artralgiya, ginemastiya, alopetsiya, jigar funksiyasining va libidani pasayishi.
Homiladorlik, emizikli ayollar, jigar va buyrak funksiyalarining buzilganida qo‘llash mumkin emas. Ketokonazol bilan birga antatsid preparatlar, xolinolitiklar, simitidin ichilsa uning MITdan so‘rilishi yomonlashadi.
FLUKONAZOL – triazol unumli bo‘lib tarkibida 2 etom ftor atomi bor, kuchli antimikoz ta’siga ega. Zamburug‘larning sterinlarini sintezini tanlab susaytiradi. MITdan tez so‘riladi. Qonda uzoq saqlanadi. 80% peshob bilan ajraladi. Enteral vaparenteral yo‘l bilan kiritiladi.
Qo‘llanilishi: kriptokokkozlarda (miningitda ham), sistemali kondidalar, shilliq qavatlar kandidozlarida, qining kondidalari, immunitet pasayishi tufayli zamburug‘li xastaliklar kelib chiqish xavfi tug‘ilganda (o‘smalar, nur terapiyasi, sitostatik).
Noxush ta’siri: diareya, meteorizm, terida toshmalar bo‘lishi mumkin. Homiladorlik, emizuvli ayollarga va 16 yoshga etmagan bolalarga berish mumkin emas.
ITRAKENAZOL- triazol unum. MITdan yaxshi so‘riladi. GEB o‘tmaydi. Jigarda metabolizmga uchraydi T1/2=36.Peshob tarkibida ajraladi.
Qo‘llanilishi: gistoplazmoz, blastomikoz, koksidioidomikoz, kandidamikoz.
Noxush ta’siri: dispepsiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, allergik toshmalar, jigar funksiyasining buzilishi.
TERBINAFIN (lamizil) – zamburug‘larning xujayra devorini tuzishda zarur bo‘lgan ergosterol sintezini keskin kamaytiradi. Fungitsid ta’sirga ega. Asosan enteral usul bilan qo‘llaniladi. Teri, teri osti yog‘ to‘qimasida tirnoqlarda to‘planadi. Jigarda metobolizmga uchrrab, metobolitlari peshob tarkibida ajraladi. Terbinafinni krem sifatida tashqi qo‘llash mumkin.
Qo‘llanilishiga ko‘rsatmalar: onixomikozlar, trixofitiya, mikrosporiya, terining candida bilan shikastlanishida va boshqa dermotomikozlar.
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, bosh og‘rig‘i, terida toshmalar, ba’zan bo‘g‘imlar va mushaklarda og‘riqlar, kamdan-kam hollarda gipototoksik ta’sir yuzaga chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |