Buxoro davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
Bozorova Dilovar Bahodir qiziga
TAQDIMNOMA
Bozorova Dilovar Bahodir qizi 2021-yilda kirish imtihonlarida 164,5 ball to‘plab, davlat granti asosida Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutining 1-bosqichiga qabul qilindi. Talabalikning ilk kunlaridanoq uning faoliyatida intiluvchanlik, tashabbuskorlik, g‘ayrat, shijoatlilik, har qanday ishga mas'uliyat bilan yondashish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, o‘z ilmiy-ma‘rifiy dunyoqarashini rivojlantirib borish yo‘lida doimo izlanuvchanlik, fidoiylik xislatlari yaqqol sezilib turadi. O‘qish faoliyati jarayonida har tomonlama yuksak qobiliyat egasi bo‘lganligi sababli iqtidorli talaba sifatida e'tirof etiladi.
Dilovar Bozorova o‘qish davomida barcha tengdoshlariga o'rnak bo‘lib, hozirda Tillar fakulteti kanalining yurutuvchisi sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, Dilovar Bozorova ijodiy izlanishlari, kreativ fikrlashi orqali o‘ndan ortiq turli mavzularni ochib bergan qiziqarli va professional videoroliklar muallifi.Bozorova Dilovar “Navoiy lirikasidagi asosiy obrazlar” maqolalari, “Oliygohdagi ilk haftam”, “Daraxt”, “So‘z sehri”, “Qalam” nomli she’rlar muallifi.
Dilovar Bozorova jonkuyar, mehribon, mas'uliyatni his etadigan, intizomli, tengdoshlaridan yordamini ayamaydigan talaba. U xalqaro, respublika, viloyat va shahar miqyosida jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Hozirga qadar Dilovar Bozorova bir qancha tashkilotlar tomonidan tashabbuskorlik harakatlari, liderlik qobiliyati va o'z mutaxassisligiga oid ko‘plab diplom,sertifikat, faxriy yorliqlarga ega bo'lgan. 2021- yildan hozirga qadar “Innowomenweek forumi”, “Resublika Volontyorlar forumi”, “Hokim, yoshlar va U-Report” uchrashuvi, “Turkiy davlatlarga a'zo tashkilotlarning IV Yosh liderlar forumi”, “REPORTYOR” realiti shousi, “Soyabon” ijtimoiy loyihasi kabi ko‘plab respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov, konferensiyalar va forumlarda qatnashib kelmoqda.
2021-yilning 30-sentabr Buxoro davlat Pedagogika instituti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va Bozorova Dilovar Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan qimmatbaho sovg‘a planshet bilan taqdirlandi.
U o‘zbek, turk,ingliz tillarini bilganligi sababli muloqot doirasi va izlanish darajasi keng.Dilovar Bozorova– o‘z iqtidori va yuksak salohiyati bilan boshqa talabalardan ajralib turuvchi va o‘rnak bo‘la oluvchi talabadir.
Talabaning pedagogika sohasidagi ilmiy-ijodiy ishlari uning yuqori darajadagi salohiyat va iqtidoridan darak beradi. Kelajakda jahon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh, o‘z kasbining mutaxassisi va jonkuyari bo‘lishiga, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.
BuxDPI Tillar fakulteti dekani: D.A.Tosheva
Do'stlaringiz bilan baham: |