mulki xiroji va mulki ushr formalarini ko’rsatgan. M. N. Rostislavo esa mulk yerlarining ikki
shakli borligini qayd qilib, ular mulki xurr yoxud xurri xolis va mulki xirojdan iborat deydi.
O’z navbatida mulki xirojni u ushr va daxyaklarga bo’ladi. L. N. Sobolev esa Zarafshon
voxasida „amlok, vaqf, mulki xiroji, mulki ushr va mulki xolis‖ kabi yer kategoriyalari
bor deb ko’rsatadi.
40
Mutaxassislar ilgari surgan fikrlar taxlili shundan dalolat beradiki, Buxoro
amirligida yer solig’idan ozod hisoblangan mulki xurr yoki xurri xolisdan tashqari
soliq tulashga taalluqli bo’lgan mulklar, ya’ni mulki xiroj va mulki ushr (daxyak) ham
mavjud bo’lgan.
Mulki xurr yoxud mulki xolis ayrim olingan yirik yer egalariga taalluqli
bo’lgan yer egaligi hisoblangan. U yer solig’idan ozod hisoblangan. Mulki xurr
egasi doimo amaldagi amir tomonidan berilgan yorlikda ega bo’lishi shart
bo’lgan va aynan shu yorliq tufayli u yer solig’idan ozod qilingan.
Mulki xiroj esa dehqon ahli foydalanayotgan yerlarga nisbatan ishlatilgan
atama hisoblangan. Ushbu yer egaligiga ega bo’lgan yer egalari bemalol, erkin
holatda o’z yerlarini sotish, uni meros qoldirish va sovg’a qilish huquqiga ega
bo’lishgan. Ushbu yer egalaridan yer solig’i
esa yerdan olingan hosilning uchdan bir (1/3)
qismiga qadar olinishi belgilangan. Ammo amirlikning turli xududlarida olinadigan yer
solig’i
miqdori bir xil bo’lmagan (har bir hududda o’rnatilgan va belgilangan urf-
odat va tartibga ko’ra yer solig’i miqdori hosilning 1/3 dan to 1/5 kismiga qadar
bo’lgan va u tarixda taamuli qadim deb yuritilgan).
Mulki ushr yerlari va daxyak yerlardan hosilning o’ndan biri (10/1)
xisobida ulamo va ruhoniylar foydasiga soliq olingan. Daxyakdan olingan soliq,
40
Холиқова Р.Россия-Бухоро: тарих чораҳасида. T.: ―O’qituvci‖. 2005.97-бет.
- 42 -
asosan, madrasa talabalari uchun nafaqaga, amir saroyida qur’on o’quvchini
ta’minlash va boshqa xayriya tadbirlariga sarflangan.
Vaqf yerlari, asosan, ayrim diniy muassasalar— machitlar, mozorlar,
xonaqoh madrasalarga yer uchastkalarini meros qoldirish va xayr-ehson qilish
natijasida vujudga kelgan bo’lib, u yer egaligining alohida bir kategoriyasini tashkil
etgan.
Ushbu yerlardan kelgan foyda mutavalli ixtiyoriga kelib tushgan. Mutavalli,
asosan, vaqf egalari avlodlaridan tayinlangan. U vaqf xujjatlariga asoslangan
holda foydani taqsimlab chiqishi lozim bo’lgan.
Rasmiy ravishda vaqf yerlarini sotish taqiqlangan, ammo manbalar va
xujjatlarning guvohlik berishicha amirlik tarixida vaqf yerlar ham sotilgan, ham
sotib olingan. Vaqf yerlardan davlat foydasiga soliqlar undirilgan.
Taxlillar shuni ko’rsatadiki, savdo-sotiq ishlari aylanmasidagi katta ulush Buxoro
amirligi hissasiga to’g’ri kelgan. Bu davrda ham Buxorodan Rossiyaga, asosan paxta va
undan tayyorlangan mollar olib borilgan. Amirlikning Buxoro, Samarkand, Qarshi,
Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, Denov kabi yirik shaharlari asosiy savdo markazlari
hisoblangan. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Buxoro amirligida hokimiyatni
markazlashtirish yanada kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |