Buxoro amirligining bayrog‘i (1920-yil 1-sentabrgacha)
1919-yildan 1920-yil 20-sentabrgacha
1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha
1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha (boshqa ko‘rinishi)
1922-yil 6-apreldan 1923-yil 15-iyulga qadar cho‘zilgan xalq qo‘zg‘olonining bayrog‘i
1923-yil 11-oktabrdan 1924-yil 19-sentyabrgacha
1924-yil 19-sentyabrdan 1925-yilgacha
Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.
1917-yilgacha Xiva xonligining bayrog‘i
1917-yildan 1920-yil yanvargacha
1920-yil yanvardan 1920-yil 30-aprelgacha
1920-yil 30-apreldan 1921-yil maygacha
1921-yil maydan 1922-yil iyulgacha
1922-yil iyuldan 1923-yil 23-oktabrgacha
1923-yil 23-oktabrdan 1924-yil 2-oktabrgacha (boshqa ma'lumotlarda 1925-yilgacha)
Turkiston muxtoriyati (Qo‘qon muxtoriyati)
Sobiq Qo‘qon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Cho‘qay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti e'lon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrog‘i Turkiya bayrog‘idan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.
Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyatining bayrog‘i 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi
1925-yil 22-iyuldan 1926-yil 9-yanvargacha
1926-yil 9-yanvardan 1931-yilgacha
1931-yildan 1935-yil yanvargacha
1935-yil yanvardan 1937-yilgacha
1937-yildan 1941-yil 16-yanvargacha
1941-yil 16-yanvardan 1952-yil 29-avgustgacha
1952-yil 29-avgustdan 1991-yil 18-noyabrgacha
1991-yil 18-noyabrdan hozirgacha
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi.
Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e'tibor Vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida "Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.
BILASIZMI?
Savol: Amir Temur va Mirzo Bobur davlatlari bayrog‘i qanday ko‘rinishga ega edi?
Javob: Tarixiy manbalarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Amir Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan. Amir Temur jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, u mamlakat bayrog‘ini baland tutsin, deb farmon bergan. Bayroqning egilishi mag‘lubiyat belgisi deb qabul qilingan.
Amir Temur davlatining bayrog‘i singari gerbi ham bo‘lgan. Jumladan, Amir Temur yaratgan markazlashgan davlat o‘zining gerbi – uch xalqa shaklidagi tamg‘asi bilan tanilgan. Sohibqironning yurishlarida lashkar oldida uning tug‘i – bayrog‘i olib yurilgan.
Amir Temur davlati bayrog‘ining ham rangi moviy rangda bo‘lgan.
Amir Temur hukmronlik qilgan yillari uning davlatiga qarashli o’lkalar to’rt qismga bo’lingan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) — Shohruxga, G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (Markazi Tabriz) — Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) — Umarshayxga, Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G’azna, keyinchalik Balx) — Pirmuhammadga suyurg’ol qilib berilgan edi.
Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqargan. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |