qilgafl Ular devonbegi taqdimiga ko'ra ishga tayinlangan va o'z vazifasidan ozod qilingan.
3. Din va sud ishlari boshqarmasiga amir tomonidan taiyinlangj qozikalon rahbarlik qilgan. Qozikalonga sud va notarial idoralar, riihoniyj va o'q-uv yurtlarini boshqarish yuklatilgan bo'lib, unga mirzolar, i$j yurituvchilar, qozilar, mulla azimlar - tergov ishlari bo'yicha qozilarninf vakillari, miroxurbosh - saroy otboqarlari boshlig'i, mahramlar - shaxsiy xizmatchilar va boshqalar bo'ysunardi. Bu boshqarma xizmatchilari qozikalon tomonidan lavozimiga tayinlangan va ozod qilingan.
4. Nazorat-qidiruv boshqarmasiga bosh rais rahbarlik qilgan. U bevosita qozikalonga bo'ysungan. Boshqarma qonunlarning bajarilishini, axloqiy soflikni, dinning muhofaza qilinishini, bozorlarda torozilarni va boshqa o'lchovlarni nazorat qilgan. Bosh rais huzurida mirzolar - ish yurituvchilar, raislar, mahramlar - shaxsiy xizmatchilardan iborat mahkama bo'lgan, Barcha mansabdorlar bosh rais tomonidan vazifasiga tayinlangan va ozod qilingan. Bu haqida qozikalon va amir xabardor qilingan.
Amirlik ma'muriy-hududiy jihatdan 28 ta beklik, bekliklar esa amlokdorlarga bo'lingan. Ularni qushbegi taqdimiga ko'ra tayinlangan beklar va amlokdorlar boshqargan. Ular o'z hududida soliqlarni undirish, jinoyatchilarni qidirish, tartib-intizom va osoyishtalikni saqlash ishlariga rahbarlik qilgan.
Ularning huzurida amaldorlar va xizmatchilar ham bo'lgan. Amlokdorlar qishloqlarga bo'linib, ular oqsoqollar tomonidan boshqarilgan.
Buxoro amirligida oliy sud hokimiyati amir qo'lida to'plangan bo'lib, amir o'lim jazosi bilan bog'liq ishlarni, mansabdorlarning ishlarini o'g'irlik, bosqinchilik bilan shug'ullanuvchi guruh boshliqlarining qushbegi, devonbegi, zakotchi, beklar, doimiy qo'shin boshliqlari ishlarini ko'rgan.
Sudlov sohasida amirdan keyin qozikalon turgan. Qozikalon qozilarg'1 tegishli bo'lmagan jinoyat va fuqarolik ishlarini, amirlik aholisi bila" Turkiston o'lkasi aholisi o'rtasidagi merosni taqsimlash, da'voni qondiris'1 bilan bog'liq ishlarni, Buxoro shahrida sodir etilgan jinoyat ishlari111 ko'rib hal qilgan. Qozikalon huzurida katta mufti va 12 ta muftida" iborat devon bo'lib, u alohida masalalar yuzasidan shariat qonunlarig8 asoslanib rivoyatlar chiqarish bilan shug'ullangan. mahalliy qozilar 3 turga: qozilar, bosh yoki katta qozi va qozi o'lingan. Qozilar 500 tillodan yuqori bo'lmagan fuqarolik er, meros masalalari bo'yicha notariuslik vazifasini bajargan. amaldorlar tomonidan o'tkazilayotgan tergov ishlarida o'z
valcillari yoki o'zlari ishtirok etishgan. Mulkning qiymatini aniqlash, telcshirish o'tkazish mulla aziralar tomonidan amalga oshirilgan. Bosh yO|ci katta qozi qozilar tomonidan ko'rilgan ishlar ustidan tushgan shikoyatni ko'rib hal qilgan.
Qozi askar esa harbiylar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar va fuqarolik ishlari bo'yicha da'volarini ko'rib hal qilgan.
Ruhoniy tabaqalarning ishlarini esa shayxulislom ko'rib hal qilgan. Buxoro shahrini boshqarish mirshablarga yuklatilgan. Buxoro shahri 2 qjsmga bo'lingan bo'lib, har biri 6 tadan mirshablik hududlariga ajratilgan, ularga o'nboshilar rahbarlik qilgan. Uning huzurida esa 100 tacha shabgardi bo'lgan. Mirshablar jamoat tartibini saqlash, osoyishtalikni ta'minlash, qamoqlarda tartib-intizom o'rnatish va mahkumlarni itoatda saqlashni amalga oshirganlar.
Beklik va amaldorliklarda bu vakolatlar yasovulboshiga yuklatilgan. Yasovulboshi huzurida 10-20 tagacha navkar xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |