Buxoro amirligida rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi)ning o'rnatilishi va ijtimoiy-siyosiy tuzumi Reja


Ijtimoiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar



Download 52,5 Kb.
bet2/4
Sana29.09.2021
Hajmi52,5 Kb.
#189249
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro amirligida rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi)ning

Ijtimoiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar

Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilgandan keyin u amalda Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgan edi. Uning ijtimoiy tuzumida yuz bergan o'zgarishlar asosan mamlakatni xom ashy0 bazasiga aylantirish, amirlikda rus sanoati tovarlarini imtiyozli va erkin sotish, mahalliy aholiga nisbatan qullarcha munosabatda bo'lish va hokazolar bilan tavsiflanadi. vaqtda Buxoro amirligining hududi 20G ming kv. km.ni tashkil

Buxoro amirligi hududi juda katta bo'lishiga qaramay, Rossiyaga araln davlatga aylantirilishiga qadar markazlashgan davlat emasdi. U mayda bekliklarga bo'linib ketgandi. Ularning orasida Shahrisabz, Kitob, Hisor, Qorategin va Darvoz bekliklari yarim davlat shaklida bo'lib, Buxoro amiriga nomigagina bo'ysunardilar. Buxoro ustidan Rossiya protektorati o'rnatilgandan keyin ular amir hokimiyatiga batamom bo'ysundirildi.

Buxoro amirligida o'zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar va boshqa xalqlar yashagan. O'zbeklar boshqa xalqlarga qaraganda ko'pchilikni -xonlik aholisining yarmidan ko'pini tashkil etgan. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Tojiklar aholining 30 % ini tashkil etib, Sharqiy Buxoro deb yuritilgan tog'li rayonlarda - Kulob, Darvoz, Qo'rg'ontepa, Qorategin, Baljuan, Goshan, Shugnan va Vohanda yashaganlar. Ular ham o'zbeklar singari asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganlar.

Amir hokimiyati ostidagi Amudaryoning o'ng qirg'oq rayonlari -Chorjo'y va Kerkida turkmanlar yashagan. Ular xonlik aholisining 10 % ini tashkil etganlar va ko'proq chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Buxoro amirligining Karmana va Nurota rayonlarida qozoqlar yashagan. Ular xonlikning kam sonli aholisini tashkil etgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan buxorolik dehqonlar ikkiyoqlama ekspluatatsiya qilina boshladilar. Ularni bir tomondan, mahalliy yer egalari va sudxo'rlar, ikkinchi tomondan rus kapitalistlari va xom ashyo sotib oluvchilar ekspluatatsiya qilganlar.

Dehqonlarning ahvoli juda og'ir bo'lgan. Ular yo boy yer egalariga arzimagan haq (yiliga 10-20 so'm) evaziga yollanib ishlaganlar yoki chorikorlar bo'lib qolganlar. Chorikorlar o'z yer uchastkalarida yoki davlat yerlarida ishlovchi dehqonlardan farq qilib, yer egalaridan ijaraga yer olib lshlaganlar va ularga shaxsiy qaramlikka tushganlar.

Chorikor xo'jayindan agar yer, pul ssudasi, jonli va jonsiz inventarlar °lgan bo'lsa - hosilning 3/5 qismini, agar yer va inventarlar olgan bo'lsa -hosilning Vg qismidan V4 qismigacha xo'jayinga berishi lozim edi.

Mulki xiroj yerlariga egalik qilgan dehqonlarning va amlok yerlarni lshlovchi dehqonlarning ahvoli ham yuqoridagi dehqonlarniki singari bir x'l darajada og'ir bo'lgan. Ular davlatga turli xil soliqlar to'lashlari lozim ec''- Bularning ichida asosiysi xiroj hisoblangan. Xiroj shariat bo'yicha lQsilning 7|0 qismi miqdorida olinishi lozim edi. Lekin Sharqiy Buxoroda, ya'ni rus poseleniyelarida uning miqdori rasman hosilning yh qismidan '/7 qismigacha qilib belgilangan edi. Amalda esa dehqonlardan hosilnifl yarmi tortib olinardi.

Shunday qilib, Buxoro amirligida soliqlar yig'ish xalqni kuppa-kundu> kuni talashdan iborat bo'lgan. Soliqlar yig'ishda amaldorlar biron-bjr choralar bilan cheklanib qolmaganlar. Agar dehqonning soliq to'lashga puli bo'lmasa, uning mulki tortib olingan yoki qizini zo'rlab erga berganlj va qalin evaziga olingan pul soliq uchun ketgan. Agar bu ham yetmas] dehqonning o'g'lini boy savdogar-sudxo'rga uzoq yilga tutqinlikka berilga| va bundan olingan pullar amir xazinasiga chinovniklarni boqish uchuf ketgan.

Dehqonlardan xirojdan tashqari yana ko'pdan-ko'p quyidagi turli] tuman soliqlar: «mirobona» - miroblar (sug'orish ishlarini kuzatib turuvch shaxslar) foydasiga olinadigan soliq, «tavoji» - beklaming turli topshiriqlarini bajaruvchi shaxslar foydasiga olinadigan soliq, «somon puli», «qo'sK puli» yoki «tanoban» - tomorqa va bog'dan olinadigan soliq, «yak-sara» - ikki xo'kiz uchun, «nim-sara» - bir xo'kiz uchun olinadigan soliqlar va hokazolar undirib olingan.

Dehqonlar soliqlardan tashqari xilma-xil majburiyatlar ham o'tashlari lozim edi. Jumladan, «qora qo'noq», «qo'narg'a», «uloq» va boshqalar dehqonlar zimmasiga og'ir yuk boiib tushgan majburiyatlardan bo'lgan. «Qora qo'noq» majburiyati shundan iborat ediki, agar amir o'zining ko'p sonli qo'shini bilan bir yerga borib to'xtasa, o'sha yerning aholisi ularni yaxshi kutib olishi, mehmon qilishi, boqishi lozim edi. «Qo'narg'a»ga binoan esa amaldor biror qishloqdan o'tib keta turib, xohlagan uyga kirib o'zini mehmondek tutishi, nima xohlasa shuni talab qilishi mumkin bo'lgan. Amaldorlarni dehqonlar o'zlariga tegishli ot-ulovlari bilan bir manzildan boshqasiga tekinga yetkazib qo'yishlari lozim edi. Bu dehqonlarning «uloq» majburiyati hisoblangan.

Shaharlarning asosiy aholisi hunarmand kosiblardan va savdogar-lardan iborat edi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi mamlakal ekonomikasida, ayniqsa asosiy madaniy markazlardan va temir yo'ldan uzoqdagi Sharqiy Buxoroda hanuz muhim o'rin olib turar edi. Hunarmand kosiblar va savdogarlar ham huquqsiz edilar, katta-katta soliqlar va o'lponlar to'lab turar edilar. Lekin ayni vaqtda savdogarlar turli maqsadlar uchun pul berib foiz olish, ya'ni sudxo'rlik qilish bilan shug'ullanar va mehnatkashlar ommasini - dehqonlarni va kosiblarni ekspluatatsiya qilishda qatnashar edilar.

Buxoro amirligi Rossiyaning protektoratiga aylantirilganligi, og'if mustamlakachilik asoratiga solib qo'yilganligi natijasida tovar-p"1 munosabatlari, ayniqsa, xo'jalikning asosiy tarmog'i bo'lgan paxtachilik sohasida tez rivojlana boshladi.



Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish