Buxoro amirligi (avvali va oxiri) Buxoro amirligi bayrog‘i


Hunarmandchilik va savdo-sotiq



Download 401,98 Kb.
bet6/9
Sana26.04.2022
Hajmi401,98 Kb.
#584134
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro amirligi

Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Buxoro amirligida asosiy hunarmandchilik markazlari sifatida shaharlar katta ahammiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da,ko‘pgina yirik qishloqlarda ham hunarmandchilikning kundalik ehtiyoj uchun zarur sohalari rivojlangan edi. Butun o‘rta asrlarda mavjud bo‘lganidek,amirlik davrida ham hunarmandlar uyushmalari (kasaba, sexga ega bo‘lganlar).Uning tashkil topishi mahsulot ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatishga,mahsulot ishlab chiqarish huquqini saqlash va raqobatbardoshlikka intilish bilan bog‘liq edi. Amirlikdagi hunarmandchilikning barcha sohalarida bunday uyushmalar mavjud bo‘lib,uni saylab qo‘yiladigan shaxs-rais yoki oqsoqol boshqargan. Hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilashda, turli soliq va to‘lovlar yig‘imida, usta va shogird munosabatlarida, xo‘jalik ishlarini yuritishda uyushma raisining xizmati katta bo‘lgan.
Ilgarigi davrlarda bo‘lganidek, amirlikning hunarmandchiligi sohasida to‘qimachilik uning asosiy tarmog‘i hisoblangan. Ushbu tarmoqning rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan soha uchun mahalliy xom ashyo manbalari – paxta, jun, ipak yetarli darajada bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan, ichki va tashqi bozorda, kundalik hayotda to‘qimachilik mahsulotlariga talab katta edi. Amirlikda ayniqsa bo‘z, chit,olacha ko‘p miqdorda tayyorlangan. Qarshi, Hissor, Baljuvon, Dehnov, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va ularning atroflarida ipak matolar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Boshqa shahar va qishloqlarda ham ip yigirish, mato to‘qish, tayyor kiyim tikish, gilam to‘qish va boshqa to‘qimachilik sohalari ancha rivojlangan. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoroning zarbof to‘nlari, Shahrisabzning iroqi do‘ppilari,Termizning harir matolari, Samarqand va Boysun hunarmandlarining ipak matolari amirlikdan tashqarida ham juda mashhur bo‘lgan
Amirlik hunarmandchiligidagi muhim tarmoqlardan yana biri bu – kulolchilik edi. Xo‘jlik tarqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kulolchilik amirlikning deyarli barcha hududlarida rivojlangan edi. Kulolchilik eng taraqqiy etgan markazlar Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisab, Urgut, Dehnov, G‘ijduvon kabilar bo‘lib, ularning mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan. Amirlik kulolchiligida O‘rta Osiyoning ko‘pgina kulolchilik maktablariga xos bo‘lgan manzaralar(turli gullar va o‘simliklar tasviri), turli hayvonlar,qushlar, hashoratlar yoki ular tanasining bir qismini shartli ravishda tasvirlash kulol ustalar tomonidan keng qo‘llanilgan.
Amirlik iqtisodiyotining metallga ishlov berish sohasi ham yaxshi rivojlangan. Shahrisabz, Urgut, Nurota, Bosun, Sherobod kabi tog‘li tumanlardan ma’danlar qazib olingan bo‘lib, ulardagi konlardan foydalanish ba’zi tanaffuslar bilan XX asr boshlariga qadar davom etgan edi.
Bu davrda amirlikdagi metallga ishlov berish taraqqiy etgan quyidagi to‘rtta asosiy tarmog‘i-temirchilik, misgarlik, cho‘yan quyish va rixtagarlikni alohida ko‘rsatish mumkin. Temirchilik sohasida ustalar qishloq xo‘jaligida va kundalik turmushda ishlatadigan mehnat qurollari, harbiylar uchun jangovar qurollar yasaganlar. Amirlikning ko‘pgina shaharlarida Temirchi, Guzari, Chilangaron kami chilnagar-temirchilarning maxsus mahalla guzarlarining mavjudligi ushbu hunarmandchilik turining ancha tarqqiy etganligini ko‘rsatadi. Amirlikning asosan yirik shaharlarida misgarlik ham rivojlangan. Mis xos ashyosi asosan Rossiyadan keltirilgan bo‘lib undan chilim idishlari, barkash, lagan, ko‘zacha, tog‘oracha kabi ko‘plab idishlar yasalgan hamda ular turli naqshlar bilan mohirona bezatilgan.
Buxoro amirligining metallga ishlov berish sanoatida degrezlik-cho‘yan quyishning alohida o‘rni bor edi. Bu soha ustalari asosan shaharlardagi maxsus guzarlarda yashaganlar. Ular cho‘yandan qozon, chiroq, manqaldon kabi buyumlar yasaganlar. Bronzadan buyumlar yasash –rixtagarlik ham amirlikning ko‘pgina shaharlarida taraqqiy etgan edi. Ushbu kasb sohiblari turli buyumlar va taqinchoqlar yasaganlar.
Undan tashqari amirlikda hunarmandchilikning boshqa ko‘pgina turlari ham rivojlangan. Xusuan Buxoro, Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi zargar ustalar tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar, metal va turli xil shishalardan yasalgan taqinchoqlar amirlik va undan tashqari hududlarda ham mashhur bo‘lgan. Ko‘nchilik ham yaxshi rivojlangan tarmoq hisoblangan. Charmgar ustalar tomonidan yaxshi ishlov berilgan terilardan turli xil oyoq kiyimlari, bosh kiyimlar, po‘stin va nim po‘stin, turli xil meshlar (sut,suv, qimiz va b. uchun) tayyorlangan.
Amirlikning deyarli barcha hududlarida yog‘och o‘ymakorligi yaxshi rivojlangan. Shaharlarda mohir duradgorlar ko‘p bo‘lgan. Amirlikning shahar va qishloqlarida tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ichki bozor extiyojlarini ta’inlabgina qolmasdan ko‘p hollarda tashqi bozorga ham chiqarilgan.
Buxoro amirligi hukumdorlari va aholisi savdo-sotiq ishlariga katta e’tibor qaratishgan. Amirlikda hunarmandchilik va undagi ishlab chiqarishning tarqqiy etishi doimiy savdo-sotiq munosabatlarining yanada kengayishiga asos bo‘lgan edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining ko‘pgina shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e’tibor qaratilib, bu holat savdo munosabatlari rivojini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan edi.
Amirlikning yirik shaharlari – Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisab, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Dehnov, Nurota va boshqalar asosiy savdo markazlari edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asr boshlariga kelib yirik karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Qarshi shahrining ahamiyati oshib ketadi. Ichki bozorlarda avvalo kundalik ehtiyoj mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar, paxta matolari, jun va ipak matolariga talab katta bo‘lgan. Ichki savdoning taraqqiyotida yirik shaharlarning atroflardagi qishloqlar bilan iqtisodiy munosabatlari hamda shaharlararo savdo-sotiq aloqalarining rivojlanganligi muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, amirlikdagi bozorlar nafaqat shaharlar, balki ularning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini qondirishda ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Amirlikdagi barcha shaharlarda, yirik qishloqlarda ixtisoslashgan bozorlarning mavjudligi ichki savdoning davlat iqtisodiyotidagi muhim ahamiyatidan dalolat beradi.
Ichki savdoning taraqqiy etishida amirlikda mavjud bo‘lgan pul muomalasining o‘rni katta edi. Xususan, mang‘itlar hukmronligi davrida bu sohada birmuncha barqarorlik o‘rnatilgan bo‘lib, muomalada asosan uch turdagi – tillo, tanga (kumush) va pul (mis) mavjud edi. Shahar hamda qishloqlardagi savdo-sotiq va to‘lovlarda asosan tanga va pul ishlatilgan.
Buxoro amirligida qo‘shni davlatlar va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdo aloqalarida Xiva va Qo‘qon xonlari, qozoq va turkman dashtlari, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Qashg‘ar va ayniqsa Rossiya bilan bo‘lgan savdo munosabatlari ayniqsa muhim o‘rin tutgan edi.
Ko‘chmanchi qozoqlar amirlik bozorlariga palaslar, namatlar, jun, teri, go‘sht va sut mahsulotlari keltirgan bo‘lsalar, dehqonlar va hunarmandlar qozoq dashtarini oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar, kundalik ehtiyoj mollari, kiyim-kechaklar, paxta matoolari bilan ta’minlaganlar. Amirlikda turkman gilamlari va otlariga talab katta bo‘lgan. Turkmanlar amirlik bozorlaridan boshqa mahsulotlar bilan birga ko‘proq har xil matolar xarid qilganlar.
XVIII asr oxiri- XIX asr boshlaridan boshlab Buxoro amirligining tashqi savdo aloqalarida Rossiyaning savdo shaharlari (asosan Orenburg va Astraxon) muhim o‘rin tuta boshladi. Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlari – teri, qorako‘l teri, jun, paxta, ipak tolalar, turli matolar olib chiqilgan. Rossiyadan esa turli fabrika mahsulotlari,cho‘yan,mis, qo‘rg‘oshin keltrilgan.
Buxoro savdogarlari Balx va Badaxshonga savdo karvonlari bilan qatnab turganlar. Bu hududlarga amirlikdan qozonlar Buxoro matolari, Rossiyadan keltirilgan igna, oyna, qaychi kabilar olib kelingan hamda Buxoroga kumush, oltin olib qaytilgan.
Savdo karvonlari Qobul va Hindistonga ham borib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Hindistondan qimmatbaho toshlar,dori-darmonlar, xushbo‘y giyohlar, kashmir matolari keltirilgan. O‘z navbatida hind savdogarlari Buxoro bozorlaridan Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar, mahalliy matolar,zarbof to‘nlar, qorabayir otlarni xarid qilganlar. Amirlik savdogarlari Xitoy, Sharqiy Turkiston bilan ham savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Xitoy bilan savdo aloqalari Qo‘qon xonligi orqali olib borilgan bo‘lib, Xitoyga paxta, qorako‘l teri, turli xil hunarmandchilik mahsulotlari yetkazib berilgan. O‘z navbatida Xitoydan ko‘plab ipak matolari va chinni buyumlar keltirilgan.
XIX asr boshlarida boshlangan va uning 40-50 yillaridan boshlab jiddiy ravishda kuchaygan Rossiya va Angliyaning O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoroga nisbatan qiziqishi, amirlik iqtisodiy hayotiga ularning kirib kelishi, o‘z navbatida Buxoro amirligida ishlab chiqarish munosabatlarining jadal sur’atlar bilan o‘sishi hamda ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keldi. Mahalliy hunarmandlar, savdogarlar, umuman ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha tarmoq egalari ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirdilar. Manbalar tili bilan aytganda, “O‘rta Osiyo xom ashyosi va uning ba’zi bir mahsulotlariga talab kuchaya boshladi. Bundan rag‘batlangan mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlari imkoniyatlari boricha o‘z jamoalarida ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurishga harakat qildilar”.
Buning natijasi o‘laroq, XIX asr o‘rtalariga kelib, talabdan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishi tufayli buxorlik savdogarlar tashqi savdo aloqalarini kuchaytirdilar. Xususan, buxorolik savdogarlar Rossiyaga ko‘proq paxta va ipak gazlama mahsulotlarini olib borib, Rossiyadan temir va mis keltira boshladilar. Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘plab Hindiston, Eron va Xitoyga chiqarilib, bu hududlardan asosan qimmatbaho metallar keltirilgan.

Download 401,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish