Elektromagnit to’lqinlarning ba’zi turlari.
Nurlanish
|
To’lqin uzunligi m
|
To’lqin chastotasi
|
Nurlanish manbai
|
Radioto’lqinlar
|
103-10-4
|
3*105-3*1012
|
Tebranish konturi
Gers vibratori
Massali nur tarqatuvchi
Lampali generator
|
Yoruғlik to’lqinlari.
-
Infrakizil nurlanish
|
5*10-4-810-7
|
6*1011-3,75*1014
|
Lampalar, lazerlar
|
|
8*10-7-4*10-7
|
3,75*1014-7,5*1014
|
|
Ultrabinafsha
|
4*10-7-10-9
|
7,5*1014-3*1017
|
|
Rentgen nurlari
|
2*10-9-6*10-12
|
1,5*1017-5*1019
|
|
g-nurlar
|
<6*10-12
|
>5*1019
|
Radioaktiv parchalanish Yadro jarayonlari Kosmik jarayonlar
|
Elektromagnit to’lqinlar shlakasi
105 1012 1014 1017 1019Chastota (Gst)
Radioto’lqinlar, optik diapazon, rengent nurlari, g-nurlanish
Tebranish konturi. O’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin, chunki elektro magnit to’lkinlari uyғonish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya. Lekin nurlanish sezilari bo’lishi uchun esa elektromagnit maydoni hosil qilinadigan hajmni ortirish taqozo qilinadi. Shuning uchun ham yopiq tebranish konturlari elektromagnit to’lqinlari hosil qilish uchun yaroqsizdir. Chunki bunday konturda elektr maydon kondensator qoplamlari orasida, magnit maydon esa induktiv ғaltak ichida mujassamlashgan bo’ladi.
Ochik tebranish konturi. Demak, elektromagnit maydonnining fazoni orttirishimiz kerak . Bunga qanday erishish mumkin. Buning yagona yo’li – kandensator qoplamalari orasidagi masofani orttirishdir. Nemis fizigi G. Gers aynan shunday yo’l tutdi. U ғaltakdagi o’ramlar sonini va kondensator plastinkalarini yuzasini kamaytirdi va kondensator qoplamalarini bir – biridan uzoqlashtirib uchqun hosil qiluvchi bo’shliq bilan ajratilgan ikkita tayoqchadan iborat sistema holiga keltirildi. Natijada yopiq tebranish konturidan ochiq tebranish konturini ( Gers vibratorini) hosil qildi. Ochiq tebranish konturida elektromagnit maydon konturini o’rab turgan bo’shliqda mujasamlashgan bo’ladi va shuning uchn ham elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Bunday sistemada tebranish, kondensator qoplamalariga ulangan EYuK mambai hisobidan quvatlab turiladi. Uchqunlik bo’shliq esa kondensator qoplamalari orasidagi potenstialar farqini dastlab zaryadlangan potenstiallar farqigacha orttirish uchun ishlatiladi.
V=1/T va T = 2 π √ L*C
bo’lganligidan L va S ning kamayishi blan tebranish chastotasi ortadi . Bu vibratorda endi elektr maydon kandensator ichida mujamsamlashgan bo’lmay, balki vibratorni tashki tomondan o’rab turadi. Natijada elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Gers 1 – ochiq vibrator tarqatadigan elektromagnit to’lqinlarni shu to’lqinlar chastotasiga moslangan 2- vibrator (rezonator) yordamida qayd etdi.
Elektromagnit to’lqinlar 2- vibratorga yotgan unda elektromagnit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oraliqda uchqun chaqnashi ro’y beradi. Elektromagnit to’lqinlarning qayd qilinishi va chaqnash heq berishi elektromagnit to’lqinlar energiya tashishini ko’rsatadi. Gers vibrator va rezanatordan foydalanib, elektromagnit to’lqinlar boshqa to’lqinlarga xos bo’lgan xususiyatlarga ham ega ekanligini ko’rsatadi.
Gers vibratori yordamida 0,6 dan 10 m gacha to’lqin uzunligni yassi to’lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi ko’rsatildi. Gers turғun elektromagnit to’lqinlarning hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to’lqinlarning tezligini aniqlab, uning yoruғlik tezligini mos kelishini ko’rsatdi. Tebranishlarning muhitida tarqalishi jarayoniga to’lqin deyiladi .
Odamda tovush sezishni uyғotuvchi elastik to’lqinlarga tovush to’lqinlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |