«Buxorcha pashmak» halvo badiiy bezatilgan qutichalarga qadoqlanadi



Download 6,91 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi6,91 Kb.
#924534
Bog'liq
orif aka 2





Karamel massasini tayyorlash uchun ochiq qaynatish qozo- niga shakar massasiga nisbatan 25% suv solinadi. Suv qizdiri- ladi, ustiga shakar solinib, qaynatiladi va keyin limon kislotasining eritmasi qo‘shiladi. Qiyom quruq moddalar miqdori 98% bo‘lguncha qaynatiladi, bu 158—160 °C haroratga mos keladi. Tayyor karamel massasi yuzasiga o'simlik yog‘i surtilgan sovutish stoliga quyiladi. 80—85°C haroratgacha sovitilgan karamel mas­sasi 5—7 minut mobaynidaoq rang va ipaksimon tusgakirgun- cha cho‘ziladi. Yog‘-un aralashmasini tayyorlash uchun alohida qozonga eritilgan mol yog‘i (sariyog1) solinadi va 60—65°C gacha qizdiriladi. Unga un va vanilin qo‘shib, aralashmaning tarkibi bir tekis bo‘lguncha yaxshilab qoriladi.
Halvoni qorish doira shaklidagi stollarda «Teri» va «Buxorcha teri» halvolarini tayyorlashday amalga oshiriladi. Ammo doira stol issiq suv bilan 55—65°C haroratgacha qizdiriladi.
Tayyor halvo halqasi 8—12 g betlaklarda kesiladi va yuma- loq-to‘rtburchak shakl beriladi. 1 kilogrammida kamida 100 dona mahsulot bo'lishi kerak.
«Buxorcha pashmak» halvo badiiy bezatilgan qutichalarga qadoqlanadi.
Sirlangan «Bodomi» halvo — yumaloq yoki turli shakldagi mahsulotdir. Tuxum oqi va shakarni kuvlab, bodom- ning butun mag'zini qo‘shib, kuvlangan massani pishirib, «Sharqona siri» bilan sirlash yo‘li bilan tayyorlanadi. 1 kilogrammi kamida 100 donadan iborat. Namligi 3,0±l,0%.
Sirlangan “Bodomi” halvo ishlab chiqarish texnolo- giyasining asosi yarim tayyor mahsulot va “Sharqona sirini” tayyorlash, yarim tayyor mahsulotni sirlash va halvoni joylash bosqichlaridan iborat. Yarim tayyor mahsulotni tayyorlash kuvlovchi mashinada amalga oshiriladi. Mashina idishiga sovitilgan tuxum oqidan barqaror ko'pik hosil qilinadi. Unga shakar va vanilin qo‘shiladi hamda oq ko‘pchigan massa hosil bo'lguncha kuvlash davom ettiriladi.
Massa hosil bo‘lgach, uning usti temir, taxta, qog'oz bilan yopiladi va uning yuzasiga bodomning mag‘zi (o‘rik danagining mag‘zi) yoyiladi. Har bir mag'zni ustiga qandolatchilik xalta- chasi yordamida kuvlangan massa qu‘yiladi va turli shakl beriladi. Temir taxta shakl berilgan mahsulot bilan quritish uchun qan- dolatpazlik pechiga o‘rnatiladi va 110—130°C haroratda 20—30 minut davomida quritiladi. Sovitilgandan keyin mahsulot yengillik bilan qog‘ozdan ajraladi.
“Sharqona” sirini tayyorlash uchun haroratni barqaror saq- lovchi idishga eritilgan mol yoki va qo‘y yog‘i solinadi va 50—55°C




haroratgacha qizdiriladi. Keyin shakar va vanilin solinib aralashma
konsistensiyasi bir tekis bo'lguncha yaxshilab qoriladi.
Tayyorlangan sir 36°C haroratgacha sovitiladi va ushbu harorat
2,5°C og‘ishi bilan saqlanadi.

♦/Asosiy yarim tayyor mahsulotni sirlash jarayoni sirlash
mashinasida yoki qo'l yordamida amaida oshiriladi. Sirlangan
mahsulot xona haroratigacha sovitiladi va joyiashga yuboriladi.^

«Obinovvot» halvosi ko'piklovchi moddalarni qo'llab,
karamel massasini kuvlash va unga o'simlik yog'i qo'shib
tayyorlanadi. Namligi 10±2,0%.

«Obinovvot» halvosini ishlab chiqarish texnologiyasi
qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: karamel massasi va
ko'piksimon massani tayyorlash; ko'piksimon massa asosida
kuvlangan karamel massasi-/
a
г к a t yarim tayyor mahsulotini
tayyorlash; farkatni dastlabki dog
1 qilingan, tozalangan paxta moyi
bilanaralashtirib
ravg‘ante yarimtayyormahsulotinitayyorlash;
karamel qiyomini va ko'piksimon massa asosida kuvlangan karamel
qiyomini — yengil kuvlangan massani tayyorlash; halvoni qorish
va joylash.

Karamel massasini tayyorlash uchun ochiq qaynatish qozo-
niga shakar va shakar massasiga nisbatan 25% suv solinadi.
Aralashma qaynaguncha qizdiriladi va limon kislotasi eritmasi
qo'shiladi.

Qiyom quruq moddalar massasining qismi 95% bo'lguncha
qaynatiladi, bu 142—145°C haroratga mos keladi. Tayyor karamel
massasi 100—110°C haroratgacha sovitiladi.

Ko'piksimon massa tuxum oqini va bix qaynatmasini kuvlash
yo'li bilan tayyorlanadi. Bix qaynatmasini tayyorlash VII bobda
keltirilgan usulda amalga oshiriladi. Nisbiy 1,05 bo'lgan qaynatmada
quruq moddalarning miqdori 16 % ni tashkil etadi. 1 kilogramm
shunday qaynatmani tayyorlash uchun 0,42—0,45 kg quruq bix
sarflanadi.

Ko'piksimon massa tayyorlash uchun quruq moddasi 8%
bo'lgan qaynatma ishlatiladi. Buning uchun zichligi 1,05 kg/m
3
bo'lgan qaynatmaning bir qismi bir qism toza suv bilan ara-
lashtiriladi.

Tayyorlangan 8% li sovunak ildizi qaynatmasi kuvlovchi
mashina idishiga solinadi va 20—25 minut davomida kuvlanadi.
Keyin qozonga sovitilgan tuxum oqi solinadi va kuvlash to
barqaror ko'pik hosil bo'lguncha davom ettiriladi.

i Farkat yarim tayyor mahsulotini tayyorlash uchun qozonga
tayyor karamel massasi solinadi va aralashtirib, 108—110°C
haroratgacha sovitiladi. Unga sekinlik bilan ko'piksimon massa

14—K-103


209


Download 6,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish