19-MAVZU. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING
IJTIMOIY SIYOSATI
Reja:
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning
ko’rsatkichlari.
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
3. Davlatning ijtimoiy siyosati
Mavzu aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda
uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan
boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy
sabablari ko’rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil
qilinib, tengsizlik va samaradorlik o’rtasidagi nisbat ko’rsatib beriladi. Mavzu
kambag’allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash
bo’yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |