kreditor
sifatida
maydonga
tushadigan
barcha
moliyaviy-iqtisodiy
munosabatlar yig’indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh
turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
O’zbekistonda tashqi qarzni me’yor darajasida ushlab turish borasida qat’iy
chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Prezidentimizning quyidagi
so’zlaridan ham ko’rish mumkin. «Bugungi kunda jahondagi aksariyat
mamlakatlarda moliyaviy qarzdorlik hajmlarining oshib borayotgani va bank
aktivlarining yetishmasligi eng jiddiy va tashvishli muammolardan biriga
aylangani hech kimga sir emas. SHuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki,
bizning tashqi qarzimiz hajmi va uni qoplash uchun ajratiladigan yillik mablag’lar
darajasi xalqaro mezonlar bo’yicha eng past parametrlarni tashkil etadi. YAlpi
ichki mahsulotga nisbatan tashqi qarz 2007 yilning oxirida atigi 17 foizni,
eksportimizning yillik hajmiga nisbatan esa 44 foizni tashkil etdi. Bu esa
O’zbekistonning o’z majburiyatlari bo’yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini
beradigan eng ishonchli, to’lovga qodir hamkorlar qatoridan munosib joy olishini
ta’minlaydi»
59
.
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga
pulning tovar hajmining ko’payishi bilan bog’liq bo’lmagan qo’shimcha miqdorini
chiqaradi. Davlat qarzlarining to’xtovsiz ko’payib borishi, milliy daromadni foiz
to’lovlari shaklida, tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari
o’sish sharoitida, davlat qarzlarini to’lash vaqtini imkon darajada cho’zishga
harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan
davlat o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o’rta va uzoq muddatli zayomlarga
almashtiradi. U o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz
bo’yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha
davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o’sishi bilan bog’liq.
Xo’jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o’sishi, xalqaro
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o’ziga zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun bo’sh pul mablag’larining milliy chegaradan
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |