o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar
bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friktsion
ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko’proq ma’lum xarajatlarni
taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko’proq) davom etishi yangi
kasb turini o’zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi
esa, eski kasb turi bilan shug’ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash
joylarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’ladi.
Friktsion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanish har qanday holatidan
qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo’ladi. SHunga
ko’ra, friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini
Do'stlaringiz bilan baham: |