4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat
ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. YUzaki qaraganda
hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq
namoyon bo’lmaydi. Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va
boshqa hududiy birliklar)ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liqligi,
ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan
qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |