Buxglteriya hisobi va audit



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Absolyut  renta.  Ko’pgina  mamlakatlarda  qishloq  xo’jaligida  yerga  xususiy 
mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. 
Hozirgi  davrda  yerga  xususiy  mulkchilik  bilan  bir  qatorda  boshqa  mulkchilik 
shakllari ham  mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va 
boshkalar. yerga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi 
ijaraga  beriladigan  barcha  yer  uchastkalarining  sifatidan  qat’i  nazar,  yer 
egalariga  absolyut  renta  deb  atalgan  rentani  olishga  imkon  beradi. Absolyut 
yer  rentasining  vujudga  kelish  mexanizmi  shundan  iboratki,  yer  egalari  yerni 
ishlovchi  ijarachilarga  foydalanish  uchun  ijaraga  beradilar  va  ulardan  yerdan 
foydalanganlik uchun  to’lovlar  oladilar.  Mana shu  to’lov  absolyut  yer  rentasi  deb 
nom  olgan.  Agar  yer  ijaraga  berilganda  shu  yerda  turli  xil  inshootlar,  binolar 
qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. 
Agrar  munosabatlarni  tadkiq  qilar  ekanmiz,  nima  uchun  qishloq  xo’jalik 
ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari 
o’rtasida  qayta  taqsimlanmaydi,  nima  uchun  qishloq  xo’jaligida  olinadigan 
daromad  o’rtacha  foydadan  yuqori  bo’ladi,  bu  hodisaning  sababi  nimada,  degan 
savollar tug’iladi.  


 
118 
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning 
mamlakatimizda 
ham 
qishloq 
xo’jaligidagi  kapitalning  uzviy  tuzilishi 
sanoatdagidan  pastdir.  SHuning  uchun  qishloq  xo’jaligida  yaratilgan  tovarlarning 
bozor  qiymati  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  qiymatidagi  qo’shimcha  qiymat 
miqdori  jamiyatda  shakllangan  o’rtacha  foydadan  ortiq  bo’ladi.  Qishloq  xo’jalik 
tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi bu tafovut 
absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi.   
Renta  nazariyasiga  ko’ra  qishloq  xo’jaligida  rentaning  yana  bir  turi  – 
monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, 
ba’zan  noyob  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  (uzumning  alohida  navlarini,  tsitrus 
ekinlari,  choy  va  hokazolarning  alohida  turlarini)  yetishtirish  uchun  imkoniyat 
yaratadi.  Bunday  tovarlar  monopol  narxlar  bilan  sotiladi.  Bu  narxlarning  yuqori 
bo’lishi  ko’pincha  to’lovga  qodir  talab  darajasi  bilan  belgilanadi.  Natijada 
monopol  narxlar  shunday  mahsulotlarning  individual  qiymatidan  ancha  yuqori 
bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat  qishloq  xo’jaligida  emas,  balki  undirma  sanoatda  ham  qo’shimcha 
daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash 
uchun  qulayligi)  jihatidan  ham,  konning  boyligi  jihatidan  ham  bir-biridan  farq 
qiladi.  Xuddi  qishloq  xo’jaligidagi  singari,  o’rta  va  yaxshi  konlardagi  korxonalar 
qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi. 
Ijara  haqi.  Renta  munosabatlarini  qarab  chiqishda  rentaning  ijara  haqidan 
farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot 
va  shu  kabilar  qurish  bilan  bog’liq  ravishda  kapital  qo’yilmalar  sarflanmagan 
bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi 
yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik 
uchun  to’lanadigan  renta  (R),  yerga  ilgari  sarflangan  kapital  uchun  foiz  (r);  yer 
uchastkasini  ijaraga  bergunga  qadar  unga  qurilgan  inshootlar  amortizatsiyasi  (A). 
Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:  
A
r
R
ИХ




Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-
sotdi  ob’ekti  hamdir.  yer  ham  qishloq  xo’jalik  mahsuloti  yetishtirish  va  tabiiy 
qazilma  boyliklar  qazib  olish  uchun,  har  xil  ishlab  chiqarish  va  turar  joy  binolari, 
inshootlar,  yo’llar,  aeroportlar  va  hokazolar  qurish  uchun  sotib  olinadi.  Bunday 
hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?  
Ma’lumki,  yer  inson  mehnati  mahsuli  bo’lmaganligi  sababli  almashuv 
qiymatga  ega  emas.  SHunga  ko’ra,  nazariyotchilar  yer  va  boshqa  tabiat  in’omlari 
narxini  irratsional  narxlar  deb  ataydilar.  yer  uchastkasining  egasi  uni  sotishda 
olingan  summani  bankka  qo’yilganda,  u  keltiradigan  foiz  tarzidagi  daromad  shu 
yer  uchastkasidan  olinadigan  rentadan  kam  bo’lmagan  taqdirdagina  yerni  sotadi. 
Boshqacha  aytganda,  yerning  narxi  kapitallashtirilgan  rentadir.  Boshqa  sharoitlar 
teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga 
to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. SHunday qilib, yerning narxi 
ikkita miqdorga bog’liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi 
miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga. 
SHundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:  


 
119 
%
100



r
R
Б

bunda B - yer narxi;  
         R- renta;  
         r

 - ssuda foizi me’yori. 
Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., r

 = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng 
bo’ladi.  yer  egasi  faqat  shu  narxdagina  yerini  sotishi  mumkin,  chunki  muayyan 
miqdordagi  kapitaldan  olinadigan  foiz  unga  bankdan  shunday  yillik  daromad 
olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. 
Renta  miqdori  o’sib,  ssuda  foizi  me’yori  pasayib  borgan  taqdirda  yerning 
narxi o’sib boradi. 
Er  narxini  aniqlashning  bu  usuli  nazariy  ahamiyatga  ega. Amalda  yer  narxi, 
yer  uchastkasiga  talab  va  taklifga  ta’sir  ko’rsatuvchi  ko’plab  omillarga  bog’liq. 
Jumladan,  yerga  narxning  o’sishini,  unga  noqishloq  xo’jalik  maqsadlari  uchun 
foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan 
giperinflyatsiya  sharoitida  yerga  talab  keskin  o’sadi,  bu  tegishli  ravishda  yer 
narxining  o’sishiga  olib  keladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  g’arb 
mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o’sish 
tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. 
 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish