Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil
ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan
talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan
razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif
koeffitsiyentlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi
razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi
razryadning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |