Buxglteriya hisobi va audit


Lorents  egri  chizig’idan



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet477/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Lorents  egri  chizig’idan  foydalaniladi  (1-chizma).  CHizmaning  yotiq  chizig’ida 
aholi  guruhlarining  foizdagi  ulushi,  tik  chizig’ida  esa  bu  guruhlar  tomonidan 
olinadigan  daromadning  foizdagi  ulushi  joylashtirilgan.  Nazariy  jihatdan 
daromadlarning  mutlaq  teng  taqsimlanishi  imkoniyati  (burchakni  teng  ikkiga 
bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi 
daromadlarning  mos  keluvchi  foizini  olishini  ko’rsatadi.  YA’ni  aholining  20% 
barcha  daromadlarning  20%ni,  aholining  40%  daromadlarning  40%ni,  aholining 
60%  daromadlarning  60%ni  olishini  bildiradi  va  h.k.  Demak,  0E  chizig’i 
daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. 
SHuningdek,  nazariy  jihatdan  mutlaq  tengsizlikni  ham  ajratib  ko’rsatish 
mumkin.  Bunda  aholining  ma’lum  guruhlari  (20%,  40  yoki  60%  va  h.k.)  hech 
qanday  daromadga  ega  bo’lmay,  faqat  bir  foizi  barcha  100%  daromadga  ega 
bo’ladi. CHizmadagi 0FE siniq chizig’i mutloq tengsizlikni ifodalaydi. 
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. 
Balki  aholining  ma’lum  guruhlari  o’rtasida  daromadlarning  taqsimlanishi  notekis 
ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorents egri chizig’i deb nomlanuvchi 0E 
egri  chizig’i  orqali  kuzatish  mumkin. Aholi  guruhlari  ulushi  va  daromad  ulushini 
birlashtiruvchi 
egri 
chiziqdan 
ko’rinadiki,  aholining  dastlabki  20%ga 
daromadlarning  juda  oz  (taxminan  3-4%gacha)  qismi  to’g’ri  keladi.  Keyingi 
guruhlarga  to’g’ri  keluvchi  daromad  ulushi  ortib  boradi.  Daromadning  eng  katta 
qismi  (deyarli  60%)  aholining  so’nggi  20%ga  to’g’ri  keladi.  Bu  guruh  chegarasi 
ichida  ham  daromadlar  notekis  taqsimlangan,  ya’ni  dastlabki  10%  taxminan  20% 
daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g’ri keladi va 
h.k.  
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig’i o’rtasidagi tafovut 
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni 
Lorents  egri  chizig’i  0E  chizig’idan  qanchalik  uzoqda  joylashsa,  daromadlar 
tengsizligi  darajasi  ham  shunchalik  katta  bo’ladi.  Agar  daromadlarning  haqiqiy 
taqsimlanishi  mutloq  teng  bo’lsa,  bunda  Lorents  egri  chizig’i  va  bissektrisa  o’qi 
bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi. 
 
                 
                
           Daromad, % 
                          100                                            ye    
                    
                           80 
                    
                           60 
                     


 
220 
                           40 
 
                           20 
                                                    F  
                            0                               
                                        20    40    60    80    100  Aholi, %     

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish